Qishloq turizmining rivojlanishi.
Qishloq turizmi – farm tour, riral tour. Dam olish vaqti har
qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki dala xovlidami juda ham
maroqlidir. Bu xayot talabi bo‘lib, doimo dala xovlilarini yoki
boshqa joylarni ko‘p yillar davomida sinalgan va tekshirilgan
joylarda dam olish uchun ijaraga olinadi. Qishloq turizmining o‘ziga
xos tomonlari shundaki, masalan, Sitsiliyaning agrar viloyatlarida
ishchi kuchi yetishmasligi tufayli kambag‘al turistlar yoki
studentlarni ish haqi to‘lamasdan, boshpana va ovqat uchun ishga
yollashi mumkin. Bunday «dam oluvchi» usha yerga borib qaytishi
uchun mablag‘ topsa bo‘lgani. Yo‘l-yo‘lakay bir-ikki kun plyajlarda
cho‘milishi, muzeylarni, yodgorliklarni va boshqalarni ko‘rishi
mumkin.
Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur
hisoblanib, dunyo turizm xizmat bozorida alohida o‘rin tutadi.
Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan
raqobatlasha olmasa ham, shunga qaramay turizm ishlarida alohida
o‘rin tutib, uni o‘rganib rivojlantirish alohida e’tiborga loyiq.
Respublikamizda qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqlardagi
aholinig samimiyligi, tabiatning tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi
tufayli uning kelajagi bor. Lekin, shunga qaramay, xorijiy
turoperatorlarning fidoyiligi, turistlarni o‘z qishloqlariga tortishi,
turistlarni o‘z xalqining va davlatining rivojlanishi uchun olib kelishi,
ish joylarini tashkil etishlari, o‘z yurtining turistlik resurslarini
mustahkamlab,
davlatga
valyuta
olib
kirishlari
va
shu
daromadlaridan soliqlar to‘lab xazinani to‘ldirishlari taxsinga loyiq.
Umuman qishloqlarda turist bo‘lib turish, sanatoriy-kurort zonalarida
yoki mashhur turistlik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma
ham qimmatbaho turistlik markazlarda dam olaolmaydi, shu jihatdan
qishloq turizmini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
– qishloq joylarda alohida kategoriya odamlar uchun ularning pul
mablag‘lari miqdoriga qaramay, oilasining an’analariga qarab
amalga oshiriladi;
– shifokor maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida
sog‘lomlashtirishni olib borishga qarab;
– tabiat bilan yaqinlik, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish
maqsadida;
– ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan ovqatlanishi
mumkinligi uchun;
– qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishi, ishlash uchun real
imkoniyatlar borligi uchun;
– boshqa ijtimoiy toifadagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishi,
ularning madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish, bayramlari va
o‘yinlarida qatnashish imkoniyatining mavjudligi uchun.
Qishloqda dam olish – bu tabiat qo‘ynida bo‘lish, yillar davomida
shahar sharoitida yig‘ilib qolgan charchoqlarni chiqarish, toza havo,
ekologik toza bo‘lgan oziq-ovqatlar, iqlim sharoitlarini o‘zgartirish,
aholi sonining kamligi, boshqa tartib-qoida va yashash madaniyati,
qishloq xo‘jalik ishlarida ishtirok etish, bog‘dorchilik, chorvachilik,
tabiat bergan in’omlarni to‘plash va qolaversa, dam olishning
arzonligidan iborat. Shulardan kelib chiqib, bu turizm turi o‘z
harakteriga ko‘ra ekologik turizmning bir ko‘rinishiga kiradi.
Shahar aholisining yozgi issiq kunlardagi va qishki qorli
kunlardagi xordiq olishlarini to‘g‘ri tashkil etish imkoniyati
mavjudligini e’tiborga olib, qishloq turizmini respublikamiz
hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi: katta
bo‘lmagan uylarni, qishloqlardagi katta bo‘lmagan xonalarni,
kottejlarni, tabiat manzaralari chiroyli bo‘lgan joylarni ijaraga olish
yo‘li bilan.
Turistlar qishloqdagi fermerning uyida oilasini joylashtirishi
maqsadga muvofiqdir, bu – turistlarni qishloq hayoti va u yerdagi
yangi insonlar bilan yaqindan tanishtirishga, ularning urf-odatlari va
qishloq xo‘jalik ishlari bilan kuchi yetgan darajada ishlashga imkon
beradi. Shubhasiz, bu uy egalari uchun noqulayliklar yaratadi, lekin
fermerlar uchun qo‘shimcha pul va yangilik olib keladi. Bunda
turistlar uchun maxsus bir yoki bir necha xona ajratilib, barcha
zaruriy narsalar yetkazib beriladi. Bunday turizmdan davlat ham,
fermerlar ham daromad ko‘radi. Shu jihatdan qishloq turizmini qulay
va kamharajat turizm turi deyish mumkin.
Go‘zal tog‘li
mavzelarga sayohat, tog‘larda sayr qilish, guzal joylarni tomosha
qilish va h.k. Turistlar e’tiborini quyidagi ajoyib joylar lol qoldiradi.
Grand Kanon, Tosh barmoqlar vodiysi (Avstraliya). Ulkan
sharsharalar (Niagara, Viktoriya). Turistlar uchun ularni tomosha
qiladigan maydonchalar, moslamalar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda
bunday go‘zal joylar asosan, Surxandaryonning Saraosiyo tog‘li
hududlari, Jizzaxning Zomin tog‘ manzaralari, Toshkent viloyatidagi
Chotqol tog‘ tizmalari, hamda Qashqadaryodagi Kitob xalqaro
geografik kengliklarida joylashgan.
Safari Safary tour –
qo‘riqxonaga hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq
ovi maqsadidagi sayohat, fotoovchilik, Keniya yoki JAR
qo‘riqxonalariga sayr, tabiatda ajoyib hayvonlarni erkin holda
ko‘rish maqsadidagi sayrlar.
Tabiat qo‘yniga yoki qo‘riqxonadagi e’tiborga loyiq yerlarga jip
mashinalarida (Jip-Safary) sayohat. Sayohat davomida turistlar
o‘tirgan jiplardan tashqari kuzatuvchi mashinalar kalonnasi bo‘lib,
ular oziq – ovqat, palatkalar, yoqilg‘i va shu kabilar bilan yuklanadi.
Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylarni ko‘rish, balki tog‘li
hududda avtomobil boshqarish, tusiqlarni yengib o‘tish, lager
hayotiga o‘rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish
kabilarni o‘rgatadi.
Urushlar va tarixiy janglar bo‘lgan joylarga urush ishtirokchilari
va ularning avlodlari uchun uyushtirilgan turizm. Ular o‘z ichiga
kuyidaglarni oladi: harbiy ob’yekt va poligonlar, harbiy texnikada
sayr, tanklar, kiruvchi samolyotlar, harbiy qurollardan foydalanish,
harbiy o‘quv mashqlari, kosmik kemalar uchirishni tomosha qilish
kabilar. Bularni- military tour,-deb ataladi. Shuningdek bu
sayohatlarga yana konslagerlar va qamoqxonalarga tashriflar kiradi.
Qumsash turizmi – bu asosan qarindosh yoki do‘stlarini ziyorat
qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z mamlkatlaridan ayrim sabablarga
ko‘ra ko‘chib ketgan kishilar bilan bog‘liq. Ko‘chib ketganlar shartli
ravishda ikki turga bo‘linadi:
– majburiy ko‘chganlar, o‘zlarining tarixiy yerlarini diniy, harbiy
yoki siyosiy sabablariga ko‘ra tashlab ketganlar.
– o‘z xohishlari bo‘yicha ko‘chganlar – o‘z yurtlarini yaxshi
hayot izlab tashlab ketganlar.
Majburiy ko‘chganlar – sayyoramizda ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Aholi migratsiyasi iqtisodiy, siyosiy va diniy omillar ta’sirida
bo‘ladi. Ming yillar oldin Norvegiyaliklar va Irlandiyaliklar,
Islandiya va Grilandiyaga ko‘chgan edilar. Tarixda Angliyadan
Amerika qit’asiga diniy qarashlari tufayli ko‘chganlar haqida ham
ma’lumotlar bor. Jahon urushlari sanoqsiz kulfatlar va yangi
qochoqlar tulqinini vujudga keltirdi, ularga urushdan qochganlar va
asrlar kirib, o‘z vatanlariga qaytishdan xavfsirab boshqa yerlarga
ko‘chganlar.
Keyingi turdagi ko‘chganlarga Volga buyi nemislarini kiritish
mumkin. Bu yerda ular rus shohlari tomonidan yashashga taklif
qilingan, 200 yildan keyin esa kommunistlar ularni vatan xoini deb
Qozog‘istonga ko‘chirishgan, qayta ko‘rish va ittifoqning birligini
yo‘qolishi, ular hayotini yanada qiyinlashtirdi, faqatgina 300 yil o‘tib
ular o‘zlarining vatani – Germaniyaga (minglab aholi) qaytib
kelishmoqda.
Qo‘msash turizmga yaqqol misol bo‘lib, O‘zbekistonda Sobiq
ittifoq davrida yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh
urug‘lari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib
kelayotgan qrim-tatar, zakavkaz xalqlari, turklar, nemislar va boshqa
millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin.
Diniy ziyorat – (religious or piligrim tour) diniy maqsaddagi
sayohat va sayrlardan iborat. Diniy maqsaddagi ziyorat tarixiy
sayohat bo‘lib, uning ildizlari tarixga boradi. Bu kabi turistlarning
birinchilari o‘rta asr ibodatchilaridir. Bu xildagi sayr diniy ishonch,
o‘z va o‘zga dinlarga qiziqish asosida vujudga keladi.
Dunyodagi ko‘p odamlar Makkai Mukarramaga, muqaddas yer
bo‘lgan Vatikan ibodatxonalariga va boshqa joylarni ziyorat qilish
uchun sayohat qilishadi. O‘zbekistonda bunday muqaddas ziyorat
qiladigan joylarga Samarqanddagi, Buxorodagi, Xorazmdagi va
boshqa viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la
oladi. Ayniqsa, musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan Imom
al-Buxoriy ziyoratgohi diniy turizmni rivojlantirishda muhim o‘ringa
egadir.
Turizm bozorida Rojdestvo va boshqa bayramlarni nishonlash
uchun, Finlyandiya va boshqa Skandinaviya, G‘arbiy Yevropa
davlatlariga sayr qilishadigan xizmatlar mavjud. Turistlar ichida
ayniqsa Finlyandiyaning qutb chegarasida joylashgan Rovaniymiga,
Santa Klaus vataniga sayohat mashhur bo‘lib bormoqda. Bu yerda
bolalar va kattalar uchun tantanalar o‘tkaziladi. Laplandiyada
zamonaviy aeroport qurilib, u yerga xatto samolyotlar ham qatnaydi.
Mehmonlar uchun Santa Klaus va gnomlar ishtirokida tomoshalar
uyushtiriladi, Santa Klaus qishlog‘ida supermarket, g‘orlarda bolalar
tomoshagohlari qurilgan.
Marosim turizmi (ritual tour), odatda, qarindoshlarning qabrlari
yoki janglarda vafot etganlar dafin etilgan joylarga uyushtiriladi.
Qarindoshlar yoki yaqinlar qabrlari va maqbaralarini ziyorat qilish
marosim turizmining asosini tashkil etadi. Ko‘pgina turistlar tarixiy
yurtlarga aynan qarindoshlarini kabrlarini ziyorat qilishga boradilar.
Yana bir marosim turizmi – bu yaqin orada janglar bo‘lib o‘tib, shu
janglarda halok bo‘lgan askar va zobitlar qabrini ziyorat qilish uchun
uyushtiriladigan sayohatdir. Respublikamizda bu turdagi turizm bilan
«Nuroniy», «Shaxidlar xotirasi», «Oltin meros» jamg‘armalari
shunday ezgu ishlar bilan shug‘ullanadilar.
Dostları ilə paylaş: |