O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik xavfsizlikni



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

17.5. Favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik xavfsizlikni 
ta’minlash 
 Ekologik ahvol va vaziyat. O‘zbekistondagi favqulodda ekologik 
vaziyatlar va ekologik xavfsizlik tushunchasi bugungi kundagi bosh 
masalalardan biri bo‘lib, har bir xudud uchun o‘ziga xos barqaror 
xususiyatlarni shakllantiradi. Ekologik vaziyatlar har bir hududda uzoq 
yoki ma’lum bir muddat davomida deyarli o‘zgarmasligi ba’zan tabiiy 
ta’sirlar yordamida birdek davom etishi mumkin. Tabiiy texnogen 
vaziyatlar kutilmaganda kuzatiladi vaqt, fasl tanlamaydi.
Respublikadagi ekologik vaziyatlar tabiiy, antropogen, texnogen va 
kimyoviy ta’sirlar natijasida, ulardan to‘g‘ri foydalanilmagan vaqtlarda, 
ekologik tushunchalari va savodxonlik yetarli bo‘lmaganda turli xil 
faqvulodda holatlarda kelib chiqishi mumkin bo‘ladi. Bu hol ishlab 
chiqarishga bog‘liq, uni atrof muhitga ta’siri tezlashsa ahvol og‘irlashadi 
va aksincha, ekologik ahvolni turli darajada sodir bo‘lishi hududda har 
xil vaziyatlarni shakllantiradi. Bugun, butun dunyodagi kabi respub-
likaninig ko‘pgina hududlarida aholi yashaydigan punktlarda sanoatning 
rivojlanishi tufayli antropogen omillar natijasida turli xil holatdagi 


187 
ekologik vaziyatlar vujudga kelmoqda. Favqulodda ekologik holatlar 
ko‘pincha tabiiy ta’sirlar oqibatida vujudga kelishi kutiladi. 
Umuman olganda aholi yashaydigan punktlardagi ekologik vazi-
yatlar ekologik ahvolni ma’lum bir vaqtdagi holati, binobarin, u bar-
qaror bo‘lib, ma’lum makonda yoki hududda ma’lum vaqt mobaynida 
bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga tez orada o‘zgarishi mumkin. Demak, 
ekologik vaziyat makonda ma’lum bir vaqt mobaynida to‘satdan sodir 
bo‘ladi va faqat o‘sha joyninig ahvolini aniq aks ettiradi. Bugungi 
kunda favquloddagi ekologik vaziyatlar tabiatda ham aholi yashay-
digan joylarda ham tez-tez kuzatilmoqda, bunga sabab XX va XXI 
asrda ekologik buhronlarning kuchayib ketganligidir. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin