O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Ekologik xavfsizlikni ta’minlash choralari



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash choralari. O‘zbekiston hudu-
dining talay qismida asosan o‘rtacha ekologik vaziyat xukm suradi
faqat muayyan kichik areallarda keskin va tang falokatli darajadagi 
ekologik vaziyatlar mavjud. 
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida bir qator bir-biri bilan 
bog‘liq jumboqli masalalarni hal qilish lozim bo‘ladi. Ularning 
asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz. 


189 
1. Ekologik (bioekologik,, geosistemali monitoringni amalga 
oshirish ustivor ahamiyatga ega. O‘zbekistonda bu ish amalga 
oshirilmoqda, lekin ularni ko‘lami talabga mutlaqo javob bermaydi, bu 
borada monitoring kam. 
2. Yangi quriladigan sanoat korxonalari va boshqa injenerlik va 
gidrotexnik qurilmalar uchun muntazam ekologik ekspertiza va 
atmosferani ifloslantirish monitoringini o‘tkazish maksadga muvofiq. 
3. Ekovaziyatni boshqarish va tegishli tadbirlar majmuasini 
qo‘llash uchun negiz sifatida turli masshtablarda ehologik va tabiatni 
muhofaza xaritalarini yaratish shart. Ularni har yili yangi ma’lumotlar 
bilan yangilarini boyitib borilishi, yangilarini tuzib borish amaliy 
ahamiyatga ega. 
O‘zbekistonda tabiat va uning resurslaridan foydalanishning 
monitoringini ishlab chiqish borasida talay ishlar qilingan, ularning 
aksariyati amaliyotga yo‘naltirilgan. 
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar mamlakatimizda bir necha xil 
bo‘lib, ular quyidagilar: 
1. Geologik tabiiy xavfli holatlar: 
To‘g‘ridan to‘g‘ri odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish 
binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti, 
transport kommunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy 
yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzi-
lishiga, ishlab chiqarish va hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib 
kelgan kutilmagan zilzilalar bo‘lganda; 
Insonlarni xavfli holatlarga yoki o‘limga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirish yoki 
doimiy ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va 
boshqa tezlikda sodir bo‘ladigan xavfli tabiiy holatlar. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin