O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

qo‘mitasi bo‘lib, u bevosita Oliy Majlis Senatiga bo‘ysunadi. 
Qo‘mitaning vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
● vazirliklar, idoralar, korxonalar va fuqarolar, tabiatni muhofaza 
qilish haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat 
nazoratini amalga oshiradi; 
● tabiatni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqadi; 


182 
● davlat ekologiya ekspertizasini o‘tkazadi; 
● atrof-muhit sifati me’yorlarini tasdiqlaydi;
● ifloslantiruvchi moddalarni havoga chiqarib tashlash va suvga 
oqizish, shuningdek, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar beradi 
va ularni bekor qiladi; 
● tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni 
qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; 
● tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash borasida 
yagona siyosatni ishlab chiqaradi hamda amalga oshiradi; 
● atrof-muhit ekologik holatining qulay bo‘lishini ta’minlaydi va 
ekologik muhitni sog‘lomlashtiradi. 
Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lanadigan haq yoki 
javobgarlik jarimalari respublika hududida barcha jamoat tashkilotlari 
va yakka shaxslar uchun ham amal qiladi. Tashlanadigan katta 
miqdordagi chiqindining avval joyi va uning ekologik xavfsizligi 
aniqlanmas ekan, buning uchun katta miqdordagi jarima to‘lanadi. 
17.3. Ekologik nazorat va ekologik ekspertiza 
 
Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanishda davlat 
boshqaruvining eng asosiy vazifalaridan biri ekologik nazorat 
hisoblanadi. Tabiiy muhit doimo nazoratda bo‘lishi kerak. Inson o‘zi 
yashaydigan ona tabiatni asrashi va saqlashi lozim. Chunki bu joyda 
bizning ajdodlarimiz yashagan, kelajakda shu joyda bizning 
avlodlarimiz hayotni davom ettirishini doimo esda tutmoq kerak. 
Ekologik nazorat tushunchasi – tabiatni muhofaza qilish, tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash 
qoidalari va talablarini vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korxonalar, 
tashkilotlar, muassasalar, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan 
bajarilishini tekshirish, tabiiy muhitni o‘rganish va kuzatish kabi jara-
yonlar bilan bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-
ma’rifiy chora-tadbirlar faoliyati yig‘indisini o‘z ichiga oladi. 
Ekologik nazorat tizimi davlat nazorati, idoraviy nazorat, ishlab 
chiqarish va jamoat nazoratidan iboratdir. 
Ekologik davlat nazorati – barcha zarur vakolatlarni o‘zida 
jamlagan holda ma’muriy-boshqaruv faoliyatining turlaridan biridir. 
Shuning uchun, ishlab chiqarish obyektining ishlari, hujjatlari bilan 
tanishtirish, ekologik ekspertiza tayinlash, zararli faoliyatlar yuz 


183 
berganida uni to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish, huquqbuzarliklar 
uchun javobgarlikka tortish kabi ishlar umumiy va maxsus vakolatga 
ega xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Hozirgi kunda har bir quriladigan bino inshooti, tashkilotlarning 
qurilish loyihasi maxsus komissiya tomonidan (yer kadastri xodimlari, 
geologlar, arxitektorlar, muhandislar) ko‘rib chiqiladi, shuningdek, 
avtotransportlarning atmosfera havosini ifloslantirishining nazoratini 
Ichki ishlar vazirligining Avtotransport ekologik nazorat xizmati 
amalga oshiradi. 
Ekologik nazoratni uzluksiz amalga oshirishda uning muhim 
usullaridan biri ekologik ekspertiza alohida ajralib turadi. 
Ekologik ekspertiza – olib borilayotgan ekologik va boshqa ishlarni 
bajarilishida ekologik talablarga rioya etilishi va ekologik 
ekspertizaning obyektini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga 
chiqarishning boshqa oqibatlarini oldini olish maqsadida belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda “Ekologik ekspertiza 
to‘g‘risidagi” Qonuni qabul qilingan. 
Ekspertiza haqidagi qonunlar har doim tabiatni asrash va saqlash 
talablariga mos keladi va uni qo‘llab-quvvatlaydi. 
Ekologik ekspertiza xo‘jalik faoliyati talablarga mos kelishini 
birinchi tekshirishdayoq aniqlab oladi, lozim bo‘lsa zararli 
oqibatlarning oldini oladi. Ekologik ekspertiza tashkil etilishi va 
o‘tkazilishiga qarab 4 turga bo‘linadi: davlat, jamoat, idoraviy va ilmiy 
asosda olib boriladi. 
Ekologik ekspertizaning o‘ziga xos prinsiplari quyidagilar: 
• Ekologik ekspertizani uning obyekti ro‘yobga chiqquniga qadar 
o‘tkazishning majburiyligi. 
• Atrof tabiiy muhitga xo‘jalik faoliyati ta’sirini baholashning 
majmuiyligi. 
• Ekologik ekspertiza o‘tkazishda ekologik xavfsizlik talablariga 
amal qilish zarurligi. 
• Ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi. 
• Ekspertlarning mustaqilligi. 
• Ekspertlarning xulosalari ilmiy asoslanganligi, obyektivligi va 
qonuniyligi. 
• Oshkoralik, jamoat fikrini inobatga olish, jamoat tashkilot-
larining ishtiroki. 


184 
• Ekologik ekspertiza ishtirokchilarining ekspertizani haqqoniy 
o‘tkazilgani va sifati uchun javobgarligi. 
Shu holatda bir qator tartib va qoidalarga amal qilib ish olib 
boriladi. 
Hujjatlar ekspertiza obyektining atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini 
aniqlash maqsadida ekspertizadan o‘tkazilar ekan, unda to‘rt toifaga 
asosan ish olib boriladi:
1 toifa – o‘ta xavfli; 
2 toifa – o‘ta darajada xavfli; 
3 toifa – past darajada xavfli; 
4 toifa – mahalliy (lokal) ta’sir ko‘rsatuvchi. 
Ijobiy xulosalar odatda ekspertiza obyektini amalga oshirish va 
moliyalashning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi. Salbiy xulosalar 
ushbu hududda olib borilyotgan ishlarni to‘xtatadi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin