Nazorat uchun savollar:
1.Kasb tanlashning psixologik muammolari
2.Kasb tanlashning tarkbiy qismlari
3.Kasb tanlashga yo`naltirish mеtod va formalari
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1 .Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003
yil
2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil
3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik.
4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik.
5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil
6.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010
7.Kondakov I.M. “Diagnostika profеssionalno`x ustanovokpodrostkov” 1997y.
4-Mavzu: SHAXS PSIXOLOGIYASI VA KASBIY SHAKLLANISH.
R e j a :
1. Shaxsning biogenetic na sotsiogenetik nazariyalari.
2. Shaxsning tuzilishi.
3. Shaxs faolligi va yo'naltirilganligi.
4. Kasbiy shakllanish tarixi.
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Shaxs, individ, individuallik, faollik, faoliyat, motiv, qiziqishlar, shaxsning
shakllanishida ta'sir qiluvchi omillar, shaxs sifatlari.
«Shaxs» tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo‘nalishda bir
qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya
o‘rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o‘laroq, shaxsning ichki
dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy
holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Psixologiya fanida shaxs muammosini o‘rganish bo‘yicha turli nazariyalar
mavjud bo‘lib, ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik,
psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar kiradi.
Biogenetik nazariya negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil sifatida
qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb
etadi, ular bilan o‘zaro aloqalar tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan,
taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlarga (aniqlovchilariga) qaratiladi
va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Taraqqiyot jarayonining o‘zi avval biologik rivojlanishning universal bosqichi
sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi.
Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan
bo‘lib, ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq,
inson organizmining individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda
qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko‘ra, shaxs
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya
yotadi.
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko‘rinishi Z. Freydning shaxs
talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning barcha
xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan,
ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bog‘liqdir. Bunga o‘xshash
biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan- bir mezon yoki betakror
turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi
sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan, shaxsda ro‘y
beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari,
uni qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan
holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra, inson biologik tur sifatida
tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga
aylanadi.
Kognitivistik yo‘nalish. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje,
Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intellekt
funksiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning
asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko‘nikish)dan
iborat bo‘lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi:
sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha);
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha);
muayyan operatsiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha);
formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
J. Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini
kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo‘nalishning namoyandalari
qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar
kiradi.
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o‘rganishga Rossiyalik atoqli
olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontyev, B. G.
Ananyev, A. G. Kovalev, L.I.Bojovichlar o‘zlarining salmoqli hisslarini qo‘shganlar.
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
A. G. Kovalevning fikricha, shaxs - ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti,
ham subyekti. A. N. Leontyevning tushuntirishicha, shaxs faoliyat subyektidir. K. K.
Platonov jamiyatda o‘z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs
deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L.
Rubinshteynning ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, ichki
shart-sharoitlar mahsulidir.
A. V. Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixologik ta’rifi sifatida
qabul qilish mumkin: «O‘z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan,
jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi
odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o‘zgartiruvchi subyektga aylanadi».
Ko‘rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib,
unga har xil ta’rif berishgan.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
«Shaxs o ‘z menligini anglagan, o ‘zgalar bilan o ‘zaro munosabatlarga kirisha
oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan har qanday individ».
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib
chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushunish bo‘yicha quyidagi xulosalarga
kelish mumkin.
jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir individ shaxsdir;
shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan murakkab individual
sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa
shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq- avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari,
mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi;
odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs
sifatida shakllanadi.
shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo‘lgan
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o‘rganish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |