Shaxsning faolligi va uning xayotiy pozitsiyasi. Kishining tevarak-atrofda
munosabat, birgalikda faoliyat va ijodiy ish jarayonida namoyon buladigan ijtimoiy
axamiyatga molik uzgarishlar kilish layokati shaxsning faolligi sifatida tushuniladi.
Shaxs faolligini ancha umumiy tarzdagi, birikma xolidagi ta'rifi uning goyaviy
prinsipialligida, uz nuktai nazarini izchil ximoya kila borishida, suzi bilan ishining
birligida ifodalanadigan faol xayotiy pozisiyasining bildiradi. Jamiyatda faol xayotiy
pozisiya ijtimoiy burchga nisbatan ongli munosabatda bulishni, grajdanlikni,
jamoachilikni, faoliyatga nisbatan ijodiy munosabatda bulishni, ilmiy dunyokarashga
tayanadigan e'tikodni, ijtimoiy-axlokiy koidalarning buzilishiga murosasizlikni takozo
etadi.
Ijtimoiy foydali faoliyatda me'yoridan ortikcha deb atalmish faollik
kishilarga xos faol xayotiy pozisiya turishning eng muxim kurinishlaridan biri
xisoblanadi. Me'yoridan ortikcha faollik-shaxs faolligining xali birinchi kommunistik
shanbalik uchun va keyinchalik mexnat zarbdorlari uchun, staxanovchilik xarakati,
kommunistik mexnat brigadalari va shu kabilarga xos xolda namoyon bulishining
sosialistik jamiyatda ruy beradigan turidar. Me'yoridan ortikcha faolik muayyan shaxs
uchun kat'iyan majburiy bulmagan, lekin sosialistik jamiyatning oliy maksadlariga va
kadriyatlariga mos keladigan faoliyat kursatilishini takozo etadi. Xech kim ishchiga
mexnat xukuki tartib-koidalariga binoan uzining kunlik topshirigidan oshirib
yuborish, kelgusi yil xisobiga ishlash,fakat uz normasini emas, balki sexda uzi bilan birga ishlagan
va Vatani ximoya kilish chogida mardlarcha xalok bulgan urtogining normasining xam bajarish, uz
jamgarmalarining Tinchlik fondiga, yodgorlik urnatish uchun xadya kilish kabi talablarni kuymaydi.
Bularning xammasi me'yoridan ortikcha faollik tufayli yuz beradi. Shaxs me'yoridan ortikcha faollik
kursatgan xolda uzining ijtimoiy orzu-istaklari sari olga kadam tashlaydi. Shu asnoda pedagog
me'yoridan ortikcha faollikni uning xujakursin uchun namoyish kilinadigan turidan farklay bilishi kerak.
Uzi uchun majburiy bulgan, ya'ni koida tarzidagi faollik ukishda, mexnat tayyorgarligi va xokazo
yetarli darajada faollik kursatmasdan, ba'zi xollarda xammaning kuz ungida "me'yoridan ortikcha"
faolligi xakida tasavvur xosil kilish uchun urinadi. Jumladan, u devoriy gazeta chikarishni uz zimmasiga
olayotib, extimol, bu bilan uzining butun kollektivga ma'lum bulib kolayotgan faoliyatsizligini
yashirishga uringan bulishi xam mumkin. Me'yoridan ortikcha faollik me'yoridagi (normativ) faollikdan
xoli va undan tashkarida yuz berishi mumkin emas.
Shaxsning moslashuvchanlikka xam, xulk atvorning salbiy (nokonformliligi)
turiga xam zid bulgan jamoa tarzida uzini-uzi belgilashi xam uning faol xayotini
pozisiyasidan dalolat beradi.
Yosh yigit va kizlarda faol xayotiy pozisiyaning shakllantirish axlokiy
tarbiyaning eng muxim vazifalaridan biridir.
Shaxs va uning faolligi tugrisidagi garb nazariyalarining tankidiy taxlili.
Xozirgi paytda garb psixologiyasida shaxsni tadkik kilish va tushunish borasida
"insonparvarlik psixologiyasi" deb atalmish psixologiya vakillarining psixoanalitik
nazariyalari va karashlari (shaxsning ekzistensialist nazariyalari) eng nufuzli
yunalishlar bulib xisoblanadi.
Asrimiz boshlaridayok venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd kishi shaxsi faolligi
manbai va xarakterining uzicha talkinini tavsiya kilgan edi. Uning kupchilik
izdoshlari tomonidan ma'kullangan nuktai nazariga kura, kishi unda xayvonot
dunyosiga mansub ajdodlaridan meros kilib olgan instinktiv mayllar va, eng avvalo,
jinsiy instinkt va uzini ximoya kilish instinkti mavjud bulganligi tufayli faoldir. Uzini
xayvonot olamida bulgani kabi namoyon kila olmaydi, negaki, jamiyat kishini kuplab
cheklashlar turiga urab tashlaydi, uning instinktlari va mayillari "senzura"ga rubaru
kiladi, bu esa kishini ularni cheklashga, tayilishga majbur etadi. Instinktiv mayillar
shu tarika shaxsning anglanilgan xayotidan sharmandali bulgan, man etilgan va
obru-e'tiborga putur yetkazadigan xodisalar sifatida chikarib tashlanadi va
anglanilgan soxasiga aylanadi, "yashirin yashay boshlaydi", lekin yukolib ketmaydi.
Ular uzining xarakatlanuvchi kuchini, uz faolilgini saklab kolgan xolda anglanilganlik
soxasida sekin-asta kishilik madaniyatining turli shakllari va inson faoilyati maxsuli
tusiga kirib (kismlarga ajratgan xolda) shaxsning xulk-atvorini yunaltirishni davom
ettiraveradi. Anglanilganlik soxasida instinktiv mayllar uzining kelib chikishiga
boglik xolda turlicha "kosplekslar"ga birlashadi, bu esa, Freydning va
freydchilarning ta'kidlashlaricha, shaxs faolligining xakikiy sababi bulib xisoblanadi.
Freydning shaxs faolligi xakidagi konsepsiyasi (barcha xatolariga karamay,
uning yutugi anglanilmaganlik va moyilliklar jabxasiga e'tiborni jalb etganligida
edi)ni xatto bolaning shavoniy istaklari va kurkinchlari xakida xech narsaga
asoslanmagan xayoli uydirmalarini bir chekkaga surib kuygan xolda dikkat bilan
karab chikilishi bu yerda faollikning uzi xam biologik tabiiy kuch deb
tushunilayotganini paykab olish imkonini beradi. U xayvonlar instinktiga uxshash,
ya'ni uzining barcha ulchovlariga, "sublimasiya"lari ("kismlarga ajratilishi") va unga
karama-karshi kuyilgan jamiyat bilan mojarolari bulgani xolda usha xayvonlar istinkti
singari anglanilmagan buladi. Bunda jamiyatning vazifasi mayllarni seklashda va
"senzura" ostiga olishdan iborat bulib koladi. Shaxs va uning faolligini bunday tarzda
talkin kilish shaxsning ijtimoiy mavjudot emas, balki biologik jonzot ekanligi
xakidagi baxoni keltirib chikaradi. Bunda inson va jamiyat bir-birlariga prinsipial
jixatdan yotdirr va ularning "uygun tarzda" munosabat urnatishlari fakat birinchi
ikkinchisining kuchi bilan bostirilgan takdirdagina, birining ikkinchisi ustidan abadiy
zurligi bulgandagina, anglanilgan jabxaning isyon kutarishi, tajovuzga yuz tutishi,
ichki a'zolarning kasallanishi va xokazolar doimiy xavf solayotgan takdirdagina
mumkin deb faraz kilinadi.
Freydning shaxs faolligini butunlayicha fakat shaxvoniy xirsga boglik kilib
kuyishga intilishi markscha yunalishda bulmagan psixologiyaning xam kupchiligida
e'tiroz tugdirdi. Bu xol klassik freydizmning va undan muayyan chekinishlarnin
birikuvidan iborat xususiyatga ega bulgan neofreydizm (A.Kardiner, E.From,
K.Xorni va boshkalar)ning kelib chikish sabablaridan biri bulgan edi.
Neofreydchilar shaxsning faolligini tushunish borasida shaxvoniy mayllarning
ustunligi fikridan voz kechishadi va insonning biologik mavjudotligidan chetga
chikishadi. Shaxsning muxitga boglikligi birinchi uringa kuyiladi. Bunda shaxs guyo
uni beixtiyor belgilaydigan ijtimoiy muxitning shunchaki oddiy tasviri sifatida
namoyon buladi. Muxit shaxsga uzining eng muxim xususiyatlari aksini singdiradi.
Ular ana shu shaxs faolilginin kurinishlariga aylanadi. Masalan, kanday bulmasin
mexr kuyishlariga va ma'kullashlariga muvaffak bulish uchun intilish, xokimiyatning,
obru-e'tiborning va soxiblikning orkasidan kuvish, obru-e'tiborli odamlar guruxining
fikriga buysunishga va kabul kilishga intilish, jamiyatdan uzini olib kochish ana
shunday kurinishlardir. Bu konsepsiyalarda xam shaxsning faolligi xakikatga tugri
kelmaydigan fikriligicha koladi.
Shaxsni va uning faolligini tushunish borasida garb psixologiyasi (asosan
amerikaparast psixologiya)ning boshka bir nazariy yunalishi "insonparvarlik
psixologiyasi" birinchi karashda psixoanalitik yunalishga nimasi bilandir zid bulib
kurinadi. Lekin keyinchalik ular uzlarining asosiy ta'riflariga kura bir-birlariga
yakinlashib ketgani anik-ravshan bulib koladi. Faollikning manbaini kashf etishga
urinarkan, utmishga bolaning "anglanilmagan xolatga surib chikarilgan" taassurotlari
va kechinmalariga murojat kiladigan psixanalitiklardan farkli ularok rivojlanishi
K.Rodjers, A.Maslou, G.Olport va boshkalarning ilmiy ishlari bilag boglik bulgan
"insonparvarlik psixologiyasi" kelajakka, uzligini eng kup darajada namoyon
kilishga (uzini faollishtirishga) intilishni shaxs faolligining asosiy omili deb
xisoblaydi.
Maslou, Rodjers va "insonparvarlik psixologiyasi"ning boshka vakillari uzini
faollashtirishni uz moxiyati e'tibori bilan egosentrik (uzini xammadan ustun kuyish)
jarayonga aylantirib yuborishadi. Uzligini faollashtirish, A.Maslouning fikricha, uzini
va fakat uzini ruyobga chikarish uchun intilishdirki, bu ijodiy faollik va "xususiy
Men"ini tulakonli namoyon kilish uchun intilish kabi fazilatlarga ega bulgan "uzini
faollashtiruvchi shaxslar"ning (A.Maslouning fikricha, ularning soni unchalik kup
emas-1 prosent atrofida buladi) uta individualligi xakida dalolat beradi. Xakikatda esa
agar uzligini faollashtiruvchi shaxsni uz xatti-xarakatlari va ishlari bilan uzini ijtimoiy
jixatdan shart kilib kuyilgan alokalar orkali boglangan boshka odamlarning xissiy va
akliy jixatlaridagi uzgarishlarni ta'minlovchi sifatida personajlashuvini amalga
oshiradigan faoliyat va munosabat sub'yekti tarzida tushuniladigan bulsa, u xolda
A.Maslou va boshkalar tomonidan e'lon kilingan uzini faollashtirish uydirmaligidan
nari
utmaydi.
Xaykalni
yasayotgan
xaykaltarosh
marmarda
uz
rejasini
mujassamlashtirishdek ijodiy intilishini ruyobga chikaradi va avvalom bor usha
intilishning uzini anglab yetgan buladi. Shaxsning A Maslou konsepsiyasiga
uxshash tarzda "uzligini namoyon etishi" va "uzini faollashtirish" kabi xar xil
nazariyalar aynan ana shu momentni ushlab oladi va shu bilan uralashib koladi. Bu
xolda san'atkor nima uchun uz ijodining maxsulini loji boricha kuprok odamlarga va,
ayniksa, uzicha "kadriga yetmaganlar" deb xisoblaydiganlarga, ya'ni uzining referent
guruxiga namoyish kilishga intiladiq Shunchaki uzligini namoyon kilish, buyumda
ruyobga chikarish, nixoyat buning uchun pul olish bilan uzining faollashtirish xam
tugallaganday
bulib
tuyuladi.
Shubxasiz,
ijodiy
faoliyat
sub'yekt-ob'yekt
(rassom-kartina) ishi bilan tugallanmaydi va maksad rassomning uzi "boshkalar"
xisoblaydiganlar uchun axamiyatli bulgan mukarrar personajlashuvini amalga oshirish
imkonini
beradigan
sub'yekt-ob'yekt-sub'yektga
oid
boglani
(rassom-kartina-tomoshabin)ning navbatdagi bugini xosil kilinmagunga kadar
ruyobga chikmagan bulib koladi.
Dunyoni odamlarning uzlari uzgartirishadi, lekin buni ongli ravishda amalga
oshirish uchun dastavval uni uzgartirishda, uni kurishda ishtirok etishga
yunaltirishgan bulish kerakka, bu ish jarayonida shaxsning uzi xam uzgaradi.
Yukoridakursatib utilganidek, sovet psixologiyasi markscha-lenincha nazariyaga
tayangan xolda kishi uz faolligini faoliyat jarayonida va, eng avvalo, birgalikda
faoliyat jarayonida namoyon kilishi tugrisidagi koidani kabul kiladi.
Dostları ilə paylaş: |