O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə29/83
tarix19.12.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#185855
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi o-fayllar.org

G’aznaviylar va Saljuqiylar
G’azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. G’aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo’lib, bu davlat uning o’g’li Mahmud g’aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud g’aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli shimoliy va shimoliy-g’arbiy Hindistondan Chag’aniyon va Xorazmgacha cho’zilgan bo’lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi. Mahmud g’aznaviy Movaraunnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta’sir ko`rsatar edi. O’z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo’1 hukmdori bо’lgan Mahmud g’aznaviy 1030-yilda vafot etadi. Shundan so`ng taxtni uning o’g’li Ma’sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma’sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololraadi.
Mahmud g’aznaviyga rasman tobe bо`lgan, lekin amalda mustaqil boshqariladigan Xorazm shohi Xorun ibn Oltintosh 1034-yilda Xorazmni butunlay mustaqil deb e'lon qildi va katta qo’shin bilan Xurosonga yurish qildi. Lekin Sulton Ma’sud tomonidan sotib olingan kishilar Xorazm shohi Xorunni o’ldiradilar. Uni qo’llab-quvvatlagan qoraxoniylar qo’shini yana Samarqandga qaytib ketadi. Sbundan so’ng Sulton Ma’sud qoraxoniylar bilan rauzokaralar olib boradi va shu yo’1 bilan g’aznaviylar hokimiyatiga bо’lgan xavfni bir oz kamaytiradi.
G’aznaviylar sultoni Ma’sud Xurosonga yurish qilgan turkiy-saljuqiylar bilan ko’p bor jang olib borishga majbur bo’ldi. Mahmud g’aznaviyning ruxsati bilan shimoliy Xurosonga joylashib olgan saljuqiylar bu davrga kelib, g’aznaviylar uchun katta xavf tug’dira boshladi. 1035-yilda saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Nishopurdan Niso shahriga yetib kelgan g’aznaviylar qo’shini saljuqiylarga zarba bergan bo’lsa-da, Saljuqiyning nevarasi Tog’rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar kechasi g’aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g’alaba qozonadi. 1037 yil aprel oyida turkmanlar Mari viloyatini uzil-kesil egallashga erishdilar va Bag’dodda xalifaga hokimiyat uchun yorliq berishni so’rab elchi jo’natadilar. Shu tariqa Xurosondagi yangi davlatga-Saljuqiylar davlatiga asos solindi.
Keyingi yillar turkmanlar Tog’rul boshchiligida bir qancha zarbalar berib, Xurosonning katta qismini bosib oldilar. Shundan so’ng Ma’sud katta qo’shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040-yilda Mari yaqinidagi Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo’lib, bunda Ma’sud armiyasi qattiq mag’lubiyatga uchradi. Jangdan zo’rg’a qochib qutulgan Ma’sud tez orada (1040-y.) vafot etdi. Uning vorislari g’aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo’la olmadilar.

G’aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin saljuqiylar qo’liga o’tdi. Saljuqiylar davlatining bosh sultoni bo’lib, Tog’rulbek (1038-1063-y.) saylandi. U katta istilochilik yurishlari olib borib, Balxni, Iroqning shirnoli, Ozarbayjonni, Kurdistonni va Qo`histonni ham bosib olishga erishdi. 1055-yilda u katta qo`shin bilan Bag`dodga kirib keldi va xalifadan o`z nomiga xutba o`qitishni talab etdi. Shundan so`ng xalifa diniy hokimiyatni o`z qo`lida saqlab qolib dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tog`rulbekka topshirdi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib Tog’rulbfek Ray shahrini tanladi. Uning hukmronligi davrida saljuqiylar Kavkazda Vizantiya qo’shinlariga ham katta zarba berdilar. U Movaraunnahrda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do’stona munosabatlar o’rnatdi. Lekin uning vorisi Alp Arslon (1063-1072) Amudaryoning o`ng sohilidagi yerlarga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo’shinlarini mag’lub etdi. Undan keyin taxtga o`tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089-yilda qoraxoniylar o’rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o’lja bilan orqaga qaytdi. Lekin Qoraxoniylar Saljuqiylarning yarim vassaliga aylandilar. Malikshohning o’limidan keyin Saljuqiylar davlatida taxt uchun o’zaro kurashlar qizib ketadi va 1118 yilda hokimiyat buyuk saljuqiylar sulolasining so’nggi yirik vakili Sulton Sanjar (1118-1147) qo’liga o’tadi. Uning davrida Saljuqiylar davlatining poytaxti Marv shahriga ko’chirildi. U Movarounnahrdagi qoraxoniylaming ichki ishlariga, siyosatiga katta ta’sir o’tkaza olishga erishgan saljuqiylardan edi. 1141-yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar va uning vassali, ittifoqdosh qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo’shinlari o`rtasida, Samarqand yaqinidagi qatvon cho’lida bo’lib o’tgan jangda qoraxitoylarning g’alaba qilishi Saljuqiylar davlatini ancha zayiflashtirdi. Saljuqiylarning mag`lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141-yilning qishida saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi, 1142-yilda esa Nishopurga yurish qildi. Lekin Sulton Sanjar Xorazm qo`shinlarini Xurosondan quvib chiqardi va Xorazmshoh Otsizni yana o`ziga bo`ysundirishga erishdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramasdan saljuqiylar davlati o`zining avvalgi qudratini yo’qota bordi. saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko’chmanchi Guz qabilalar berdilar. Ular Sulton Sanjar qo’shinlarini tor-mor etib, uni asir oldilar. Guziar himoyasiz qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, o`t qo`ydilar. Sulton Sanjar 1156-yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo`lsa ham saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin