O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi o-fayllar.org
Partiyaning ushbu mustabidlik yo`nalishi Turkiston xalqi hayotigasalbiy ta'sir qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o’z manfaatlarini himoya qilishga bolgan urinishlar esa "millatchilik" deb baholanib, qatag`ongacha olib kelingan. XX asrning 20-yillaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol mana shunday edi.
1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bо`lgan qishloq xo’jaligini tiklash vazifasi ko`ndalang bolib turdi. Buning asosiy sababi esa dehqonlarning ko’plab ko`tarilishlari boldi. Bu esa siyosatni qaytadan ko`rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’rtasida ta'sirchan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo`yish zaruratini keltirib chiqardi.
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi respublika millty daromadining asosty qismini berganligi, dehqonlar esa aholining 80 foizini tashkil etganligi tufayli sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala markaziy o`rinni egallardi.
Markazdan farqli o’laroq, O’rta Osiyo respublikalarining 20-yillardagi agrar siyosatida nisbatan keskin choralar ko’rilgan. 1920-1921 yillardagi yer-suv islohotining amalga oshirilishi Yangi Iqtisodiy Siyosat (NEP) bilan birga olib borildi. Yangi iqtisodiy siyosatdan ko’zlangan maqsad - mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlarning manfaatini oshirish, uning yerga egalik qilishini ta'minlash, imtiyozli soliq olish va bozor iqtisodiyoti, tovar-pul munosabatlariga o`tish edi. Uning asosiy bo`g`inlarini oziq-ovqat razvyortkasining oziq-ovqat solig`i bilan almashtirilishi, erkin savdo, sanoatda xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlikning joriy qilinishi tashkil etdi.
Oziq-ovqat razvyortkasining soliq bilan almashtirilishi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni ko’paytirishning iqtisodiy rag`batlarini vujudga keltirdi hamda dehqon hosilning qafiy belgilangan qismini topshirgach, unga o’z mehnati mahsulini o’zi istaganicha tasarruf etish huquqi berildi. Yangi iqtisodiy siyosat yo’lining o’ziga xos xususiyati - tovar-pul munosabatlarining jonlanishi, savdo va ayirboshlashda cheklashlardan ozod bo’lish edi. Erkin savdoning sog`lomlashuviga 1922-1924 yillarda o’tkazilgan pul islohoti ma'lum darajada yordam berdi. Muomalaga kursi oltinga tenglashtirilgan valyuta-chervonestning chiqarilishi bozor rolining tiklanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Yer-suv islohotini amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad-mahalliy hamda Turkistondagi boy rus dehqonlarining er va suvga bo’lgan huquqlarini tenglashtirish edi. Chunki o'z vaqtida mustamlakachi ma'murlari tomonidan rus dehqonlariga eng yaxshi va hosildor yerlar ajratilgan edi.
Yer-suv islohotining xarakteri 1920 yil sentabrda bo’lib o`tgan Xurkiston Sovetlari IX - qurultoyining qarorlarida aks etdi. Ushbu dasturning asosida mehnat bilan shug`ullanmaydigan boy-quloq ho'jaliklarini tugatish va ko`chmanchilarni o`troq hayotga o`tkazish, yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta’minlash va eng asosiysi rus kelgindilarining ortiqcha yerlarini musodara qiiish orqali Rossiya irnperiyasi mustamlakachilik sarqitlarini yengish yotar edi. Lekin vaqt o`tishi bilan ko`chirib keltirilgan ruslardan yerlarni musodara qilish bilan bir qatorda vaqt yerlari tortib olindi. boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy xizmatchilar va qishloq hamda ovullarning mehnat bilan shug`ullanmaydigan yuqori tabaqalari degan boshqa vakillarining yerlari kamaytiriidi.
Yer va suvni taqsimlash jarayoni bir tomondan yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta'minlagan bo`lsa, ikkinchi tomondan qishloqdagi siyosiy vaziyatni o`ta keskinlashtirib, sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirdi. Shuningdek, islohot davomida Yettisuv va Jalolobod tumanlarining ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi aholisini o`troq hayotga o`tkazish siyosati salbiy oqibatlarga olib keldi. Zero, ko`chmanchilikdan o`troqchilikka o`tish, nafaqat xo’jalik faoliyat shakllarini o’zgartiribgina qolmay, balki asrlar davoraida shakllanib kelgan ushbu ijtimoiy guruhning turmash tarzi hamda kasb-hunarining tarnomila o’zgartirib yuborishi muqarrar edi. Islohotni o`tkazishning inqilobiy-zo`ravonlik usullari Turkiston qishloqlarida ijtimoiy va millatlararo tanglikni vujudga keltirdi. Yer-suv islohoti 1922 yil kuzida o’z poyoniga yetdi. Uni amalga oshirish davomida hamma joylarda, qishloq va ovullarning yersiz va kam yerli mahalliy dehqonlarini birlashtirgan "Qo`shchi" uyushmalari tashkil etila boshladi. Lekin shuni ta'kidlash joizki, "Qo`shchi" Turkiston dehqonlari uyushgan birinchi tashkilot emas edi. 1918 yildayoq Toshkent "Dehqon" ittifoqi vujudga kelgan edi. O`shanda Toshkent va shahar atrofidagi tumanlar dehqonlari hamda savdo doiralarining turli qatlamlari yangi hokimiyatning muayyan keskin choralariga qarshilik ko’rsatishiga hamda o’z mulklarini saqlab qolishga harakat qilgan edi. Tashkilot dehqonlar ommasining ozchilik qisraini qararab olgan bo`lib, mahalliy xarakterga ega edi. 1919 yili Turkiston respublika va Yer ishlari Xalq Komissarligining ko`magi bilan kambag`allar qo`mitalari tuzildi. "Qo`shchi" uyushmasi kambag`allarning qo`mitalari va ittifoqlari o`rnida vujudga kelgan edi. Ushbu uyushma qishloq va ovullarda sovet hokimiyatining tayanchi, "mehnatkash dehqonlarni" sinfiy tarbiyalashning o’ziga xos maktabi sifatida yer-suv islohoti davoraida "mehnat bilan shug`ullanmaydigan xo’jaliklar" va ularning mol-mulkini aniqlashda, sovetlar siyosatidan norozi bо`lgan dehqonlar chiqishini bostirishda va ularning oldini olishda ham qatnashdi. Uyushma kooperatsiya ishiga o’z hissasini qo`shgan bo`lsa ham, uning faoliyatidagi asosiy e'tibor qishloqning boy qatlamlari bilan kurash olib borish va qishloqni "sotsialistik asosdan qayta qurish"ga qaratilgan edi.
Markaz Turkiston o`lkasiga asosiy xom-ashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois, o`lka qishloq xo’jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e'tiborini qaratgan. Xususan, RKP (b) M.K.ning 1922 yil 11 yanvaridagi "Turkiston Kompartiyasiga" deb nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo’jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o`ringa sug`oriladigan yerlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug`orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta'kidlangan edi. Paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga rahbarlik qilish uchun 1920 yilda Bosh Paxtachilik qo`mitasi va paxta yetishtiruvchi respublikalarda unga" bo`ysunuvchi paxtachilik qo`mitalari tuzildi. Turkiston respublikasidagi barcha haydaladigan maydonlar, seleksiya stansiyalari, irrigatsiya inshootlari, Paxtachilik qo`mitasi ixtiyoriga o`tkazildi. Bosh Paxtachilik qo`mitasi katta vakolatlarga, ya'ni boshqa qishlpq xo’jalik ekinlari hisobiga chigit ekiladigan maydonlarni kengaytirish, paxta xarid narxlarini belgilash, markaziy davlat organlarining ruxsatisiz maxsus qabul qilish huquqlariga ega edi. Paxtaning narxi xukumat tomonidan belgilanishi uning bu masalada yakka hokimligidan dalolat berar edi. Turkistonlik ko’pgina arboblar paxtachilikda davlat monopoliyasini tugatish zarurligini bir necha marotaba ko`tarib chiqqan edilar. Xususan, yer ishlari Xalq komissari S.Asfandiyorov va hukumatning boshqa a'zolari davlatning paxtaga bo`Igan yakkaxokimligiga qarshi chiqib, bosh Paxtachilik qo`mitasini tugatish masalasini o`rtaga tashlagan edi. Biroq, Turkiston respublikasi va RSFSR partiya-davlat apparatining aksariyat xodimlari paxta monopoliyasi tarafdori edilar. 1922 yilning 1 yanvarida RSFSR Oliy Xalq Xo’jaligi Kengashi (OXXK) tomonidan qabul qilingan qarorda esa, "paxtaga davlat monopoliyasini saqlash" masalasi qafiyan ko`tarilgan edi.
Paxtachilikni tiklash ishlari hamda respublikaga don olib keltirishni jadallashtirish maqsadida, OXXK Yettisuv temir yo`lini tezroq tugatishga qaror qildi.
1923 yilning yanvarida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi qabul qilgan qarorda "Respublika ichida paxtani xarid qilish davlat monopoliyasi bekor qilinsin" deyilgan edi. Shu bilan bir vaqtda paxtaning qafiy narxi bekor qilindi.
Turkiston respublikasida paxtachilikni rivojlantirish ishlarini sug`orish inshootlarini tiklarnasdan amalga oshirib bo`lmasdi. Sug`orish ishlarini tiklashni tezroq amalga oshirish, dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni suv bilan ta'minlash va qishloq xo’jaligini, birinchi navbatda esa paxtachilikni rivojlantirish uchun suvdan to’g’ri foydalanishni yo`lga qo`yish maqsadida, 1921 yilning fevralida TASSRdagi barcha suvlarni respublika mulki deb e'lon qilgan suv to’g’risida qonun qabul qilindi.
Qonunda, suvni taqsimlash odat (boy va ruhoniylarga beriladigan imtiyozlar) bo`yicha emas, balki, birinchi navbatda dehqonlar manfaatini ko’zlagan holda berilishi kerak deb aytilgan edi. 1921 yilning noyabrida, aholining daromadlarini sug`orish ishlarini tiklashga safarbar qilish maqsadida suv solig`i joriy qilindi.
Shu yilda TASSRning sug`orma yer maydoni 1920 yildagi ko’rsatkichga qaraganda 300 ming desyatinaga ko’paygan edi. Paxta ekin maydonlari esa deyarli 100 ming desyatinaga ortdi.
Ittifoq hukumati avval boshdanoq yosh O’zbekiston respublikasi rahbariyati oldiga "Sovet O’zbekiston"ini SSSRning asosiy paxta bazasiga ayiantirish strategik vazifasini qo`ydi. "Oq oltin"ning aksariyat qismi, ya'ni 90 % dan ko’prog`i "Sovetlar mamlakati"ning to`qimachilik
markazlariga yuborildi. Masalan, 1922 yilning boshlarida Turkistondan markazga Krasnovodsk yo`nalishi bo`yicha 1150 vagon (63470 ta toy paxta), Orenburg yo`nalishi bo`yicha 1547 vagon (85030 ta toy paxta), hammasi bo`lib, 2724 vagon (14850 ta toy paxta) paxta tolasi jo`natilgan edi. Sovet hukumatining paxta mustaqilligiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlari zoye ketmadi. O’zbekistonda paxta yetishtirishni ko’paytirish sovet hukumatiga har yili chetdan paxta sotib olinishga sarflanadigan 100 mln rubl oltinni tejash imkonini bergan edi. 1928 yilda esa, O’zbekiston paxtakorlarining davlatga topshirgan 543,7 ming tonna "oq oltini evaziga SSSR paxta yetishtirish bo`yicha 4-chi o`ringa chiqdi va bu bilan paxta mustaqilligiga erishish yo`lida qo`yilgan dastlabki qadamlardan biri bo’ldi. "Sovetlar mamlakatfga paxta yetkazib berishda respublikaning salmog`i 1940 yilda 63 % ga yetdi. Bularning hammasi, o`sha yillardagi hukumal hujjatlarida rasman e'tirof qilinishicha, "...Sovet Ittifoqining chetdan paxta keltirishdan ozod bo’lishida va SSSR to`qimachilik sanoatining paxta xom ashyosi bilan to`la-to`kis ta'minlanishida hal qiluvchi rol o`ynaydi" haqiqatan ham, agar 1925 yilda SSSRga chetdan 03,l ming tonna, 1930 yilda-57,9 ming tonna paxta keltirilgan bo`lsa, 1933 yilda bor yo`g`i 24,3 ming tonna paxta keltirildi. O’zbek paxtakorlarining mashaqqatli mehnati evaziga esa sovet davlati paxtani chetdan sotib olmay, paxta yetishtirish bo`yicha jahonda ikkinchi o`ringachiqdi. Mana shu tariqa sobiq SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.
Paxta yakkahokimligini ta'minlash maqsadini amalga oshirish oqibatida qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlari xususan, chorvachilik inqirozga uchradi, g`alla tayyorlash keskin kamayib ketdi. Hosildor yerlar miqdori kamaydi. Don, poliz ekinlarining hosildorligi qisqardi.
Yangi iqtisodiy siyosat tufayli qishloq xo’jaligida kooperativ va shirkatchilik harakati avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq xo’jaligi va kredit kooperatsiyalar tizimi tashkiliy jihatdan tugal ravishda shakllandi deyish mumkin. Davlatning kooperativ qurilish siyosati ikki yo`nalishda olib boriidi. Bir tomondan, kooperatsiya mayda tovar xo’jaligini sotsializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va jaraoa manfaatlarining kelishuv shakli sifatida baholansa, ikkinchi tomondan kooperatsiyaga xususiy sektorni siqib chiqaruvchi ijtimoiy qurol deb qaraldi.
Markaz qishloq xo’jalik krediti- qishloq xo’jaligining asosiy sarmoyasini (mol-mulki, urug` fondi, qurilishlani) tiklash uchun foylanish, bu resurslarni chorvachilikni, paxtachilikni, irrigatsiyani, bog`dorchilikni va uzumchilikni rivojlantirishga yordam ko’rsatishga yo`naltirdi. 1923 yilda Turkistonda 1169 ta kredit-kooperativ shirkati bo`lib, kreditdan foydalanadigan xo’jaliklar soni 28 mingta edi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sanoatga kontraktatsiya (shartnoma) asosida yetkazib berishda qishloq xo’jalik kooperativlari vositachilik qildi. Mayda tovar dehqon xo’jaligi rivojlana boshladi.
Biroq, har kimni ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy tanlov mavjud edi. Kambag`allarga ustvorlik berilardi. Aholining o’ziga to`q qatlamlariga nisbatan qafiy talablar belgilangan edi. Masalan, "boy", "quloqlar toifasidagi shaxslar birinchi to`lov sifatida o’rtahollar to`laydigan to`lov miqdoridan ikki barobar, kambag`allarnikidan esa o`n ikki barobar ko’p haq to`lashlari kerak bо`lgan kooperativlarga qabul qilishdagi bunday sinfiy yondashuv o’z navbatida, aksariyat qishloq ahli fuqarolik huqularining poymol etilishiga, ishbilarmon dehqonlarning iqtisodiy rivojlatigan jamiyat qurish ishidan sun'iy begonalashtirilishiga olib keldi.
1927 yildan kooperativ uyushmalarini "davlatlashtirish" siyosati boshlanib, uning xo’jalik hisobi asosidagi negizlari tobora ko’proq qo`porildi. Dehqon xo’jaligini yuksaltirishga doir masalalarning hammasi davlatga kelib taqaladigan bo`lib qoldi (soliq siyosati, kredit, narxlar va boshqalar).
20-yillar boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotining alohida xususiyati-bu o`lka mahalliy aholisining milliy o’z-o’zini anglashining o`sganligi deyish mumkin. Mahalliy aholining keskin noroziligiga birinchi navbatda Markazning uning milliy manfaatlarini hisobga olmaslik siyosati sabab bo’ldi. Turkiston tub aholisining kuchayib borayotgan noroziligi turli shakllarda namoyon bo’ldi. Shunday norozilik shakllaridan yana biri hokimiyat pog`onalaridagi milliy rahbar kadrlardan iborat milliy muxolifat bo’ldi. Ular mustabid tuzumga uning siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi fikr bildirib mahalliy aholining manfaatlarini himoya qildilar, markazning shovinistik va imperiyacha siyosatiga qarshi faoi kurash olib bordilar. Mana shunday milliy rahbarlardan davlat va siyosat arbobi, olim va diplomat Nazir To`raquIov (1892-1939) bо`lgan. Nazir To`raqulov sovet hokimiyatining turli lavozimlarida ishlab keldi.
Markazning siyosiy rahbariyati o’zining siyosiy mavqeini saqlab qolish maqsadida o`lkadagi vakillariga Turkiston Kompartiyasining VI (1921 yil 11-20 avgust) qurultoyida milliy muammolarga e'tiborni kuchaytirishni, Turkiston partiya-davlat organlari tarkibida milliy kadrlarni ko’paytirishni tavsiya etgan edi. Ushbu ko’rsatmalar asosida qurultoyda Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasining a'zolari etib bir qancha mahalliy rahbarlar bilan bir qatorda Nazir To`raqulov ham saylangan edi. Shu bilan birga Nazir To`raqulov va Abdulla Rahimboyevlar RKP(b) M.K.ning Turkiston byurosi tarkibiga kiritildilar. Milliy rahbarlar Markazning buyuk davlatchilik shovinizmiga qarshi chiqib, Turkkomissiyani yo’q qilish talabini bir necha marotaba o`rtaga tashlagan edilar. Bu davrda TKPga boshchilik qilib turgan Nazir To`raqulov ham Turkkomissiya va Turkbyuroning xatti-harakatlariga norozilik belgisi sifatida ular safidan chiqish to’g’risida ariza beradi.
Lekin milliy rahbarlarning vatanparvarlik chiqishlari Markazning keskin noroziligiga sabab bo’ldi. Markaz ularga qarshi siyosiy quvg`inni avj oldiradi. Q.Otaboyev va A.Rahimboyevlar "qo`pol xatolari" uchun o’z lavozimlaridan bo`shatildi. Lekin sovet hukumati bir oz vaqt o`tgandan so`ng, ularga "o’z xatolarini tuzatish" imkoniyatini berib, rahbarlik lavozimlarida ishlashga ruxsat bergan edi. Biroq, milliy rahbarlar o`lkaning taraqqiyotini uning mustaqilligida ko`rdilar va o’z qarashlarida mustahkam turishda davom etdilar.
Nazir To`raqulov nafaqat siyosiy arbob, balki tilshunos olim sifatida ham taniqlidir. U turk, fors, arab, rus, nemis va fransuz tillarini yaxshi bilgan. Respublika va viloyat gazetalarida maqolalari bilan qatnashib turgan. Uning noshirlik va elchilik faoliyati hayotining keyingi davriga to’g’ri kelgan.
Ko’pgina milliy rahbarlar qatori Nazir To`raqulov ham qatag`onlik to`lqinidan qutulib qolmadi va 1939 yilda otib tashlandi.
Yuqorida aytib o`tilganidek, 20-yillarning boshlarida o`lka partiya-davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga milliy kadrlar jaib qilingan edi. Ular orasida taniqli davlat va jamoat arbobi Qayg`usiz Otaboyev (1887-1937) ham bor edi. O’z siyosiy faoliyati davomida Q.Otaboyev Markazning ayirmachilik, shovinistik siyosatiga qarshi bir necha bor o’zining dadil fikrlari bilan chiqdi. U Markaz tomonidan yuborilgan emissarlarning mahalliy xalqlarga nisbatan qo’llayolgan usullarini tanqid qilib, Rossiyadan kelgan xodimlar tub aholining o`lkani mustaqil boshqara olish qobiliyatiga ishonmayotganliklari, o’zlari esa Turkistonning turmush-sharoitlarini yaxshi bilmasdan turib, hokimiyatning ma'sul lavozimlariga da'vogarlik qilishlari haqida TKP Sovetlarining X qurultoyi minbaridan turib gapirgan edi.
Q.Otaboyev milliy rahbarlardan birinchilar qatorida qarshilikchilik harakatiga to’g’ri baho bergan. Uning 1922 yil 18 iyulda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo`mitasining VI plenumida qilgan ma'ruzasi keskin tanqidiy va ochiqdan-ochiq qarshilik ruhida edi. Otaboyev qarshilik harakatiga "harbiy yo'l bilan yo’q qilib bo`lmaydigan xalq qo’zg`oloni" deb baho beradi va ushbu harakat ishtirokchilari bilan siyosiy va iqtisodiy usullarni qo`llab, tinch muzokaralar olib borish taklifmi kiritadi. Shundan so`ng, 1922 yilning sentabrida Samarqand viloyatida bolsheviklar tuzumiga qarshi kurashayotgan Bahrombek qo`rboshi bilan teng asoslarda tinchlik shartnomasini imzolagani uchun Q. Otaboyev, A. Rahimboyev, A. Serg` oziyevlar lavozimlaridan bo’shatildi.
Qayg`usiz Otaboyevning qismati ham o`sha yillardagi millatparvarlar singari ayanchli tugadi, u 1937 yilda mustabid tuzum tomonidan nohaq qatag`onga uchrab, otib tashlanadi.
Yana bir millatparvar rahbarlardan biri, yetuk davlat arbobi Inomjon Xidiraliyevdir (1891-1928). Inomjon Xidiraliyev ham mahalliy aholining manfaatlarini himoya qilgan milliy rahbarlardandir. U 1922 yilning oxirida butun Rossiya MIQga maxsus xat bilan murojaat qilib, "Mahalliy -aholining barcha qatlamlarini sovet ishlariga jalb qilishga, bu ishlarni aholining milliy turmush tarziga moslashtirgan holda amalga oshirishga, Turkistonda ish yuritishni mahalliy aholi tiliga o`tkazishga" e'tiborini qaratgan edi. L.Xidiraliyev fikricha, oktabr to`ntarishidan so`ng deyarli 5 yii o`tgan bo`lsa ham, quyidan yuqorigacha boshqaruv apparatlarida asosan yevropalik kishilar o`tirganligi mahalliy aholida chorizm mustamlakachilik siyosati sovetlar davrida ham davom etmoqda degan xulosani keltirib chiqarmoqda. Boshqaruv idoralarida o`tirgan yevropaliklar asosan Rossiya sharoitidan kelib chiqqan kishilar bo`lib, mahalliy aholi tili, urf-odatini bilmaydigan, dehqonchilik va chorvachilikda mashg`ul bо`lgan ko’plab aholi xususiyatiga mos mafkuraviy qarashlarni tushunmaydigan shaxslardir. Bu esa o’z navbatida chorizm davridagi byurokratik davlat apparatiga o`xshab qolgan boshqaruv apparatini tez orada mahalliy xalqlar ruhiyati va turmushiga moslashtirishni taqozo qiladi. Xidiraliyevning ushbu takliflari bilan Markaz qisman bo`lsa ham hisoblashishga majbur bo’ldi. 1923 yildan boshlab ish yuritish tub millatlar tillarida olib boriladigan bo’ldi.
Sovet tuzumi davridagi milliy rahbarlar ustida so’z borar ekan, davlat va siyosat arbobi Akmal Ikromov (1898-1938) faoliyati haqida to`xtalib o`tish muhimdir. A.Ikromov sovet hokimiyatiga sodiqlik bilan xizmat qildi. Uning yer-suv islohoti va jamoalashtirish xususida bildirgan fikrlari buning yorqin dalilidir. Yer-suv islohotini o’tkazishdan maqsad nima degan savolga Akmal Ikromov: "yer bir guruh boylar tolasi qolida to’planib qoldi,...boy xo’jaliklarni tugatmasdan turib, paxtachilikni rivojlantirib bo’lmaydi" degan edi. Shuningdek, u 18 1ar guruhi", "inog`omovchilikka qarshi chiqishlar qilib, ularni millatchilikda ayblaydi va ularga qarshi kurash olib borishga chaqiradi. Afsuski, 20-yillarning oxiri-30 yillarning o’rtalaridagi bir qator qatag`onlar uchun Akmal Ikromov hara javobgardir. Lekin mustabid tuzumning sodiq xizmatchisi bolgan Akmal Ikromov ham, 1938 yilda "xalq dushmani" sifatida otib tashlanadi.
Tadqiq qilinayotgan davrdagi davlat arboblaridan yana biri Yo`ldosh Oxunboboyevdir (1885-1943). U 1926-27 yillarda O’zbekistonda yer-suv islohotini o`tkazish markaziy komissiyasi raisi sifatida ish olib borgan, Farg`ona viloyati hamda respublika qishloq xo’jaligini tiklashda ishtirok etgan. Yo`ldosh Oxunboboyev 1943 yilda Toshkentda vafot etgan.
Tariximizda o’zining o`chmas izini qoldirgan buyuk siymo bu-Fayzulla Xo’jayevdir (1896-1938). 1920 yili inqilobchi yosh buxoroliklar Turkiston markaziy byurosi rayisi, 1920-24 yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Kengashining rayisi (shuningdek, Tashqi ishlar, Harbiy ishlar noziri) bo`lib ishlagan.
Fayzulla Xo’jayevning faoliyati nihoyatda murakkab siyosiy vaziyatda o`tgan. O’zbekistonda yuz berayotgan o’zgarishlardan qoniqmaganligini u o’zining bir qancha tanqidiy chiqishlarida bildiradi. Masalan, 1924 yildagi bolsheviklarning milliy-hududiy chegaralanishiga qarshi o’z fikrlarini ilgari surgan, "Buxoro inqilobi tarixiga doir" asarida Fayzulla Xo’jayev jadidchilikka xolis baho berishga harakat qilgan. Ushbu asardagi jadidchilikning ijtimoiy mohiyatiga ijobiy munosabati va jadidchilikni ijtimoiy-inqilobiy harakat sifatidagi qarashlari xato deb baholandi.
Fayzulla Xo’jayev ham mustabid tuzumning qatag`on qurbonlaridandir. U 1937 yil Moskvada "xalq dushmani" sifatida qamoqqa olinib, 1938 yilda otib tashlangan.
20-30 yillarda ko’zga ko’ringan milliy yetakchi - Abdulla Rahimboyevdir (1896-1938). Abdulla Rahimboyevning siyosiy faoliyati nihoyatda serqirra bo`lib, mustabid tuzum siyosatiga qarshi dadil chiqishlari buning yorqin ifodasidir. Masalan, u 1921 yilning dekabrida bo`lib -o`tgan RSFSR Sovetlarining IX qurultoyi minbaridan turib, Rossiya hukumatiga ochiqdan-ochiq "Turkistondagi sovetlarning jazolash siyosati har qanday chegaralardan o`tib tushdi. Farg`ona viloyatidagi jazo otryadlari esa mutlaqo muxtor holatda, hech kim bilan, partiya organlari bilan ham, sovet organlari bilan ham hisoblashmasdan, turli shubhali shaxslarni xizmatga olib harakat qilmoqdalar" degan bayonot bilan chiqdi, Lekin bunday tarzda sovetlar siyosatini tanqid qilish kechirilmas edi va 1922 yilda ishda yo'1 qo`yilgan "qo`pol xatolari" uchun TASSR MIQ raisi A.Rahimboyev lavozimidan chetlashtirildi. Biroq vaqt o`tishi bilan Markaz unga "o’z xatolarini tuzatish" imkonini beradi va yana rahbarlik ishiga jalb qiladi.
A.Rahimboyev RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosining a'zosi hamda TKP MQning ma'sul kotibi sifatida milliy-hududiy chegaralanishni o`tkazishning tepasida turdi. 1924 yilning fevralida u Buxoroga yuboriladi va bu yerdagi BXSR rahbar xodimlarining kengashida milliy-hududiy chegaralanishi to’g’risida ma'ruza qildi. 1924 yilning 10 martida Turkiston Kompartiyasi MQsi va Turkiston MIQ rahbar xodimlarining kengashida ham ma'ruza qilib, Rahimboyev milliy-hududiy chegaralanishni " nisbatan ma'qul tarzda, og`riqsiz usullar" bilan o`tkazish kerakligini uqtirdi.
Abdulla Rahimboyevning qismati ham milliy yetakchilarniki kabi qatag`on to`lqinlari avj olgan paytda hal qilindi. U 1938 yilda qurbon bo’ldi.
L.Xidiraliyevning hayoti 1928 yilda fojeali tugaydi.
"Turkiston xalqlarining ildizi bir",- degan g`oya avloddan-avlodga o`tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatlarida o’z aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o`rniga yangi tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va o`lkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi bo’ldi. 1920 yil boshidayoq, Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo`lib tashlab, milliy til belgisiga qarab muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo`ygan edi. Bu o`sha yili iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o’z aksini topdi. Lenin Turkistonning "O’zbekiya, Qirg`iziya, Turkmaniya" ga bo`lingan xaritasini tuzish kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga oshishi qarshilik harakati tufayli bir oz kechikdi. Turkistonni milliy jihatdan qayta chegaralash markaz va RKP(b) O’rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qafiylik bilan amalga oshirildi.
1924-yilning 31 yanvarida RKP(b) MKning Tashkiliy byurosi Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi masalasini ko`rib chiqdi va Y.A.E. Rudzutakka mazkur respublikalarning ma'sul xodimlari bilan birgalikda bu g`oyani amalda qanday ro`yobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilishni topshirdi. 1924 yilning fevralida esa Fayzulla Xo’jayevning milliy chegaralanish raasalasi bo`yicha tezislarida markazning turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga olmayotganligi, chegaralash g`oyalari o`tinish istilochilari siyosatidan farq qilmayotganligi aytilgan edi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida tashkiliy va tashviqot ishlari olib borilgandan so`ng, 1924 yilning 11 oktyabrida RKP(b) Siyosiy byurosi O’rta Osiyoni qaytadan bo`lib chegaralash haqida o’zining so`nggi qarorini qabul qiladi va 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR BMIQ II sessiyasi milliy chegaralanish haqidagi Turk MIQ qarorini tasdiqladi. Milliy chegaralanish natijalariga ko`ra, O’rta Osiyoda O’zbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari, o’z SSR tarkibida bо`lgan Tojikiston Avtonom respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqirg`iz (Qirg`iziston) va Qoraqalpog`iston Avtonom viloyatlari tashkil topdi. Sobiq Turkiston ASSRning qozoq viloyatlari esa, Qirg`iziston (Qozog`iston) ASSR tarkibiga kiritildi.
Shu tariqa, 1924 yilning kuzida milliy-hududiy chegaralanish hukumat qarorlari bilan qonuniy tarzda rasmiylashtirildi.
1925 yilning 13 fevralida o’z SSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan I-Umum o’zbek qumltoyida "O’zbekiston SSR tuzilgani to’g’risida deklaratsiya" qabul qilindi. O’zbekiston SSR sovetlari MIQ ning raisi etib Yo`ldosh Oxunboboyev saylandi. O’zbekiston XKS raisi etib - Fayzulla Xo’jayevni tasdiqladi. Tuzilgan O’zbekiston SSRga tugatilgan Turkiston ASSRdan Sirdaryo, Farg`ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, Buxoro respublikasidan uning markaziy va g`arbiy qismi (Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan Xorazm vohasi kirdi.
Milliy-chegaralanishdan so`ng, O’zbekiston sovetlarining I-qurultoyi (1925 yil 13-17 fevral) "O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi Deklaratsiya"ni tasdiqlagach, Ittifoq soyetlarining 3-qurultoyida (1925 yil,13 may) esa, O’zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, O’zbekiston SSRning qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi.
O’zbekiston SSR aholisining soni respublika tashkil etilishining dastlabki yillarida 3.963.285 kishini, ya'ni, O’rta Osiyo aholisining deyarli yarmini-48,7 foizini tashkil etar edi. 1926 yilda O`tkazilgan aholini ro`yxatga olish bo`yicha respublikada istiqomat qiluvchi aholining tarkibi quyidagicha edi: O’zbeklar -74,2%, tojiklar -7,8%, ruslar-5,6%, qozoqlar-2,4%, qirg`izlar-2,04%.
Turkiston o`lkasini bo`lib tashlash bilan sho`rolar milliy davlatchiligimizning ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazdilar. Millatning bir qismi o’z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta'rifga ko`ra, o’z sonli millafga aylanib qolgan edi. Bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O’rta Osiyo xalqlari o`rtasidagi bo`lajak millatlaro munosabatlarni keskinlashtirib turishi, favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolarga sabab bo’lishi muqarrar edi. Yangi sovet respublikalarini "milliy davlatchilikning tashkil etilganligi", deb bahqlash xato bo`lsa kerak. Zero, SSSRtarkibidagi ushbu tuzilmalar Markaz ixtiyorida bo`lib, ilgarigidek unga arzon xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo`lib qolaverdi.
1924-yilda milliy-hududiy chegaralanishi natijasida O’rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar harn paydo bo’ldi. Shular orasida Qoraqalpog`iston muxtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg`iziston (Qozog`iston) ASSR tarkibida bo`lib, unga volostlardan iborat To'rtko'1, Chimboy, Xo’jayli va Qo`ng`irot okraglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To'rtko'1 shahrida "bo`lib o`tgan Qoraqalpog`iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi "Qoraqalpog`iston avtonom viloyati tashkil topganligt to’g’risida Deklaratsiya" qabul qildi va "qoraqalpoq milliv davlatchiligi" tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog`iston avtonom viloyati Ijroiya qo`mitasining raisi etib A. Qudaboyev saylandi. Qoraqalpog`istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqalpoqlar-38,5%, o’zbeklar-28,7%, qozoqlar-28,6%dan iborat edi.
Qoraqalpog`iston Muxtor viloyati tashkil etilgandan so`ng, sovetlar bu yerda ham sotsialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan ovul va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Sovetlarga batrak va kambag`allar saylanib, ularning asosiylarini kommunist va komsomollar tashkil qildi. Mamlakatda vayron bо`lgan sanoatning turli sohalari, qishloq xo’jaligi va sug`orish ishlarini tiklash amalga oshirildi. Qoraqalpog`iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega bo`lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgan edi. Masalan, 1933 yilning 3 oktyabrida SSSR Yer ishlari Xalq Komissariigi Qoraqalpog`istonni mamlakatni beda urug`i yetkazib beruvchi asosiy baza deb tan olgan edi. Buning asosiy sababi mamlakat xalq xo’jaligida ittifoqdosh respublikalar o`rtasidagi mehnat taqsimotida Qoraqalpog`istonga oliy sifatli paxta, beda hamda baliq bilan ta'minlab turish yuklatilganligida edi.
Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta tozalash va baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir qatorda qishloq xo’jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e'tibor qaratildi va bu yerga ko’p miqdorda qishloq xo’jalik anjomlari keltirila boshlanib, boy va ruhoniylardan tortib olingan yerlar hisobiga yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan ta'minlandi.
1930-yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi.1932 yiining 20-martida esa, SSSR MIQ Rayosati "Qoraqalpog`iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to’g’risida" qaror qabul qildi. O`sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining ta'sis qurultoyi xukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIQ raisi etib, Koptleu Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi raisi etib esa Qosim Avezovlar saylandilar.1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va unga ko`ra QQASSRning O’zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko’zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi, hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bо`lganligi deb e'tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda o’z SSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O`sha yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi Konstitutsiyasi e'lon qilinadi. Qoraqalpog`iston O’zbekiston tarkibida bо`lganida, o’zbek va qoraqalpoq xalqlari o`rtasidagi do`stlik yanada mustahkamlandi.