4-mavzu. O`zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki
taraqqiyot bosqichlari
Ilk davlatchilikning asosiy omillari. Dastlabki shaharsozlik madaniyati
Yangi tosh asriga kelib, O`rta Osiyo hududlarida dehqonchilikning paydo bo`lishi jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jafayonlarini yanada tezlashtirdi. Bronza davriga kelib dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, ixtisoslashgan hunarmandchilik xo`jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi ko`payib, inehnat qurollari yanada takomillashib bordi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi xo`jalikning paydo bo`lishi va jadallik bilan rivojlanishi o`z navbatida ijtimoiy hayotdagi o`zgarishlarga sabab bo`ldi.
Malumki, O`rta Osiyo, umuman O`zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo`lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo`lib kelmoqda. Bu o`rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo`lib, yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir. Bronza davridayoq sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik O`rta Osiyo xo`jaligining asosini tashkil etgan. Sug`orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o`zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo`shimcha mahsulot va xususiy mulk ko`rinishlari paydo bo`ldi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik O`rta Osiyo xo`jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg`ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. O`rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari surf iy sug`orish birmuncha qulay bо`lgan Amudaryo (yuqori, O`rta, quyi) oqimlari bo`ylarida, Murg`ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar -Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi ham dastlabki davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, O`rta Osiyoning juda ko`plab bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo`ton, Qiziltepa, Anov, Ko`zaliqir, Afrosjyob, Daratepa, Chust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo`jalik bilan bevosita bog`liq bо`lgan metall qurollar topib o`rganilgan. Mehnat qurollarining metaldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
So`nggi bronza davriga kelib, kulolchilik charxining keng ishlatila boshlanishi natijasida turli shakldagi yuqori sifatli sopol idishlar ishlab chiqarila boshlanadi. Kulolchilikning rivojlanishi natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarqo`ton, Afrosiyob kabilarda kulolchilik mahallalari aydo bo`ladi. Shuningdek, hunarmandchilikning toshga, metalga, 'g`ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng tarqaladi. hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo`jalik tarmog`i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, davlatchilik paydo bo`lishi uchun muhim bо`lgan qo`shimcha mahsulot ko`payishiga turtki bo`ldi.
Ilk davlatlarning paydo bo`lishida o`zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bо`lgan. Dastavval shuni aytish joizki, O`rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davriardan boshlab o`zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi ko`chmanchi chorvador qabilaiar va janubdagi o`troq dehqonchilik aholisi o`rtasida o`zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu o`rinda o`sha davrda shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo`llarning ahamiyati beqiyos bo`ldi. O`rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo`shni davlatlar bilan ham o`zaro aloqalarni rivojlantirganlar. Bu o`rinda shuni ta'kidlash joizki, qimmatbaho Badaxshon (Tojikiston) lojuvard toshlari mil avv. III ming yillikdayoq, Mesopotamiya va Misr shaharlarida nihoyatda, qadrlangan va bu hududlar bilan o`zaro mo) ayirboshlash munosabatlari o`rnatilgan. Undan tashqari, Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, O`rta Osiyo yodgorliklaridagi so`nggi bronza va ilk temir davri topilmalaridagi juda ko`pgina o`xshashliklar, bu hududlar o`rtasidagi o`zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan dalolat beradiki, bu jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mil avv. III - II ming yillliklarga kelib O`rta Osiyo jamiyatida sodir bо`lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu hududlarda ilk shaharlarning paydo bo`lishiga imkon yaratdi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlar paydo bo`lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo`lib, bu ikkala jarayon uzviy bog`liq holda kechgan.
Ma'lumki, mil.avv. II ming yillikka kelib qadimgi O`zbekistonning dehqonchilik vohalarida o`troq qabilalar rivojlanib aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar - o`troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o`zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O`zbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bo`lishida asosiy omillardan hisoblanadi.
O`lkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bо`lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo`li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko`ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib o`tgan. O`zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Ko`p sonli arxeologik topihnalarning dalolat berishicha bu ko`hna shaharlar ba`zilarining yoshi 2 700-3000 yildan kam etnas. Ularga Afrosiyob, Ko`ktepa (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Yerqo`rg`on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu ko`hna shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob-Maraqanda), Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Yerqo`rg`on) hududlarida davom etdi.
O`lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari quyidagilardan iborat:
aholining o`troq dehqonchilikka o`tishi va keng vohalar bo`ylab yoyilishi;
hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda madariiy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi;
tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda shahar madaniyati dastavval Shimoliy Baqtriyaga (Surxon vohasi) keyin esa So`g`diyona (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro vohasi), Xorazm va Farg`ona hududlariga tarqaladi. Qadimgi shaharlar -tarixiy rivojianishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bо`lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini o`rganish jarayonida dastavval eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar yoki viloyatiardagi tarixiy-madaniy shart-sharoitning ta'siri, ekologik, geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va ta'sir doirasi, shahariarning vazifasi, qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi o`rni va ahamiyati masalalariga keng e'tibor qaratish lozim.
Ko`pchilik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, shunday xulosaga kelish mumkinki, O`rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil avv. II ming yillikdayoq, ya'ni, bronza davridayoq shakllana boshlaydi, Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi natijasida mehnat unumdorligi ortib boradi. Natijada turli tarixiy viloyatlarda joyiashgan yirik mustahkam manzilgohlar o`rni va atroflarida (Sopolli, Jarqo`ton, Namozgoh, Qiziltepa, Yerqo`rg`on, Bandixon, Uzunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi.
Xullas, O`rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonining xronologiyasi va shakliari nisbatan turlicha bo`lib, bu jarayon faqat ichki tabiiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar hamda qo`shni jamoalardagi raadaniy ta'sir bilan bog`liq bo`lmasdan, dastavval, Yaqin va O`rta Sharqdagi (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Eron) jahon urbanistik markazlari bilan ham charabarchas bog`liq edi.
O`lkamiz hududlaridagi ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy mavqesi bilan ajralib turgan. Bu shaharlar asosan aholisi sug`orma dehqonchilik bilan shug`ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo`llari bo`ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bо`lgan. Bunday shaharlar o`zlari joylashgan vohalarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo`lishi shubhasizdir.
Dostları ilə paylaş: |