O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi o-fayllar.org
Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar Qadimgi aholi Yangi ma'lumotlarga ko`ra, O`rta Osiyo hudularidan topilgan piktografik belgi-yozuvlar bronza davriga oid bo`lsa-da, ular hozircha kam sonli bo`lib, qadimgi jamiyat haqida to`liq ma'lumotlar bera olmaydi. Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid ayrim kam sonli topilmalar hanv (Xorazm, sak yozuvlari) to`liq emas. O`rta Osiyo hududlaridan milloddan avval III-II asriarga oid ko`plab tanga pullar topilganki, ular qadimgi tarixni o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari to o`rta asrlarga qadar yetib kelgan ko`p sonli yozma manbalar ma'lumot!ari hara muhimdir.
O`rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar - zardo`shtiylarning rnuqaddas diniy kitobi "Avesio", ahmoniylar dayri raixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisobianib, ularning barchasi yurtimizdan chetda bitilgan. Shuning uch ham ularda ba'zi hollarda chalkashliklar va noaniqliklar, bir-birini inko. etish hollari uchrab turadiki, bu o`rinda mavjud yozma manbal arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish va tahlil etish nihoyatd muhimdir. Arxeologik ma'lumotlar yozma manbalar ma'luraotlari kengaytiradi, ularga aniqlik kiritadi, tarixiy taraqqiyotning yo`nalishlarini ko`rsatib, ma'lum davr haqidagi tasavvurlarimizni yan boyitadi.
Vatanimiz tarixini o`rganishidagi dastlabki yozma manba sifati "Avesto" katta .ahamiyat kasb etadi. "Avesto" qachon va qayerda ,pay bо`lganligi tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo`lmoqi "Avesto" kitobi va zardo`shtiylik dinining asoschisi Zaratus (Zardo`sht, yunoncha Zoroastr) paydo bо`lgan va faoliyat ko`rsatgan hudud haqida "Avesto"da keltirilgan geografik bududlarni o`rganib xulosa cbiqargan ko`pchilik hozirgi tadqiqotchilar O`rta Osiyo yoki hech bo`lmaganda bu bududga qo`shni bо`lgan shimoli-sharqiy Eron degan fikr bildiradilar. Umuman olganda, "Avesto"ning vatani Xorazm yoki Baqtriya deb hisoblovchi olimlar ko`pchilikni tashkil etadi.
"Avesto"ni fransuz olimi Anketil dyu Perron birinchi bo`lib tadqiq etgan. 1755-1761 yillarda dyu Perron Hindistonning Gujarat viloyatida eron zardo`shtiylarining avlodlari-parslarning urf-odatlari va diniy marosimlari bilan tanishib chiqadi hamda 1771-yilda "Avesto"ni fransuz tiliga tarjima qiladi. Dastlabki "Avesto" 2!ta kitobdan iborat bо`lgan. Bizgacha "Avesto"ning Yasna - "qurbonlik keltirish", Visprat - "Hamma hukraronlar", Yasht - "qadrlash", Videvdat - "devlarga qarshi qonun" qismlari saqlanib qolgan. Bu qismlar Sosoniylar davrida (III-VI asrlar) tahrir qilingan.
"Avesto"da ahmoniylargacha bо`lgan geografik, hududiy nomlar. atamalar, ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlar, siyosiy tarix, diniy falsafa va turli ma'lumotlar saqlangan, Unda jumladan shunday deyiladi: "O, Spitama Zaratushtra, yashaydigan joylarga, bu yerlarga baxtlik qancha kam bo`lsada, tinchlik tortiq qildim. Birinchidan, odamlar yashashi uchtin eng yaxshi mamlakatni, Vanxvi Datyo daryosidagi Aryonam Vayjoga (Eron tekisligi yoki ariylar o`lkasi) asos soldim.
Ikkinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o`lkalardan bd'lgan Gava So`g`da (So`g`diyona) makoniga asos soldim.
Uchinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o`lkalardan bо`lgan qudratli Mouruga (Marg`iyona) asos soldim.
To`rtinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va o`lkalardan bо`lgan, baland bayroqlari bо`lgan go`zal Bahdiga (Baqtriya) asos soldim".
"Avesto"da tilga olingan juda ko`plab mamlakatlar - O`rta Osiyo va O`rta Sharq, Afg`oniston, Eronning shimoli-sharqiy hududlari bilan bog`liqdir. Yasht qismlari ariylarning yerlari haqida quyidagicha e'lon qiladi: "U mamlakatning jasur sardorlari ko`pdan ko`p harbiy yurishlar qiladi, uning keng yaylovlarga ega, suvga serob tog`larida chorva tinch o`tlov va yemish bilan ta'minlangan, bu yerdagi sersuv chuqur ko`llar to`lqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolarning oqimi Pourutadagi Iskta, Xaravaydagi Mouri, So`g`ddagi Gava va Xvarizam tomoniga toshib intiladi".
"Avesto" ma'lumotlariga ko`ra, eroniy sulolalaridan bo`lgan Kayoniylar sulolasining so`nggi vakiliaridan biri Kavi Vishtasp payg`ambar Zaratushtraga homiylik qiladi. Zaratushtra yashab faoliyat ko`rsatgan davr haqida aniq fikr yo`q. Tadqiqotchilar bu davrni mil.avv. II ming yillik o`rtalaridan milodiy I ming yillik o`rtalarigacha belgilaydilar. Ko`pchilik tadqiqotchilar fikrlaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Zaratushtra mil. avv. I ming yillikning birinchi choragida yashab faoliyat ko`rsatgan bo`lishi mumkin.
Ko`pchilik tadqiqotchilar Kavi Vishtaspni Baqtriyada hukmronlik qilganini e'tirof etadilar. Avesto ma'lumotlariga ko`ra, Kavi Vishtasp davrida davlat uyushmasi mavjud bо`lgan. Misol uchun, Gataiarda Zaratushtra kichik hukmdorlarni urushlarni to`xtatishga, kuchli va odilj podsho qo'1 ostida birlashishga da'vat etadi. Aftidan, o`sha paytdayoqj kichik mulklarning yagona podsho hukmronligi ostidagi nisbatan yirikj siyosiy uyushmalarga birlashuvi boshlanadi. Payg`ambar Zaratushtra vaj shoh Vishtasp fikrimizcha, bu birlashuvning tashabbuskorlari edilar.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko`ra, mil.avv. II ming yillikkaj kelib, O`rta Osiyoning janubida Qadimgi Baqtriya va Marg`iyona hamdal unga qo`shni bо`lgan hududlarda Baqtriya - Marg`iyona arxeologik' majmuiga kiruvchi yuqori darajada rivojlangan madaniy yodgorliklar guruhi mavjud edi. To`g`aloq, Gonur, Dashli, Oltintepa, Sopolli, Jarqo`ton, Tillatepa kabilar shular jumlasidandir. Ularning ko`pchiligij dastlabki shahar markazlari bo`lib, ularda arki a'lo, shahriston, diniy markazlar hamda shahar oldi hududlari mavjud edi. Ya'ni ular o`sha davij nuqtai nazaridan yetarli darajada rivojlangan shaharlar edi. Ko`pchilik tadqiqotlardan bizga ma'lumki, ilk shaharlar davlatchilik paydo bo`lishining muhim va asosiy belgisi hisoblanadi. Ushbu ma'lumotlar| mil.avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlari qadimgi Baqtriyaj hududlarida davlatchilik ko`rinishlari paydo bo'la boshlaganidan dalolatj beradi. Ktesiy bergan ma']umotlarga ko`ra, mil. avv. II ming yilliknin dastlabki asrlarida Baqtriya kuchli podsholik bo`lib, mintaqa hukmronlik mavqeini qo`lga kiritish maqsadida Midiya va Ossuri o`rtasidagi urushlarda ishtirok etadi.
Davlatchilik paydo bo`lishining muhim belgilaridan biri jamiyatni ijtimoiy tabaqalarga bo`linishi hisoblanadi. Ko`pchilik manbalardan bi ma'lumki, Avesto jamiyati quyidagi to`rtta tabaqaga bo`linadi: 1) qohi (atravanlar); 2) harbiylar (ratayistralar); 3) dehqon-chorvadorlar (vastrya-fshuyant); 4) hunarmandlar (xutlar). Jamiyatning bunday tabaqalashuvi qadimgi, ya'ni zardushtiylikkacha bо`lgan an'analarni o`zida aks ettiradi. Bu arranalar ayrim o`zgarishlar bilan ko`p asrlar, Avestodan keyingi davrlarda ham saqlanib qoladi.
Dastlabki ikkita tabaqa ancha imtiyozlarga ega bo`lib, jamiyatni boshqargan. Aynksa, qohinlar juda yuqori mavqeda turganlar. .Zaratushtra o`z g`oyalarini targ`ib etish jarayonida podsho Vishtaspning eng yaqin odami va maslahtcbisiga aylanadi. o`sha davrdagi jamiyatning har bir bo`lagi (yacheykasi) - uy, qishloq, voha va viloyat - o`lka ma'lum unvoni bo`lgan o`z diniy yo`lboshchisiga ega bo`lgan. Manbalarga ko`ra, davlatning bosh qohini «zaratushtrotem» unvoniga ega bо`lgan. Undan tashqari «zautara» (diniy qo`shiqlar ijrochisi), «aturpat» (olov bosh qohini), «xirpat» (ibodatxona va diniy tadbirlar boshlig`i) kabi diniy uvonlar ham mavjud bо`lgan.
Podsho va uning yaqinlari kelib chiqqan harbiylar tabaqasining ham mavqei baland bо`lgan. Jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchilari va moddiy yaratuvchilari debqonlar, chorvadoriar va hunarmandlar edilar. Avestoda qullar ham bir necha bor eslatib o`tiladi. Ular tabaqalarga kirmagan va aftidan, jamiyat hayotida unchalik katta rol o`ynamagan.
Jamiyatning boshqaruv tartibi haqida Avestoda ma'lumotlar saqlangan. Manbada keltirilishicha, oriylar o`lkasi quyidagi to`rtta ma'muriy hududiy birlikka bo`linadi: 1-patriarxal oilaga tegishii bо`lgan turar-joylar (nmana); 2-qishloqIar (vis); 3- tumanlar (zantu); 4-viloyat -o`lka (daxyu). Ushbu birliklarning har biri o`z yo`lboshchisiga ega bо`lgan: I-nmanopati (uy boshlig`i); 2-vispati (qishioq boshlig`i); 3-zantupati (tuman oqsoqoli); 4-daxyupati (viloyat-o`lka o`lboshchisi).
Eng yirik uyushma «daxyusasti» (viloyatlar ustidan hukmronlik yoki viloyatlar uyushmasi) edi. Bunday uyushmaning hukmdori «butun daxyular daxyupatisi» deb atalgan. Qiyosiy tahlillar asosida ahmoniylar davridagi «shoblar shohi» unvoni ushbu Avesto unvoniga borib taqalasbini taxmin qilish mumkin. Avestoda shuningdek, «kavi», «sastar» «atra» kabi boshqaruv bilan bog`liq bо`lgan unvonlar ham uchraydi. “Kavi” (forschada «kay») unvoni Avestoda ko`p uchraydi. Bu unvon faqat katta o`lkalar podsholari, balki kichik mulklar hukmdorlariga ham berilgan. Qal`alar, tumanlar va viloyatlar hukmdorlari «Sastar» unvoni bilan atalgan. «Hokimiyat», «qudrat» ma'nolarini beruvchi «xshatra» tumandan tortib o`lkalar hukmdorlarigacha berilgan. Misol uchun, un yozuvlarida podsho Doro I ushbu unvon bilan tilga olinadi.
Avestoda yig`in yoki yig`ilish ma'nosidagi «xanjmana» (yangi fors tilida «anjuman») so`zi uchraydi. Aftidan, dastlabki paytlarda podsho hokimiyati saylab qo`yilgan. Chunki, «Shohnoma» ma'lumot)ariga ko`ra kayoniylar (kavilar) sulolasining asoschisi Kayqubod kavilar umumiy anjumanida Eron podshosi qilib saylanadi. Avesto ma'lumotlariga ko`ra, podsho (daxyupati) bir vaqtning o`zida bosh harbiy va bosh qozi (sudya) hisoblanga. Podsho o`zining harbiy drujinasiga ega bо`lgan. Viloyat va harbiy holatlarda bu drujinalar shoh ixtiyorida bо`lgan.
Mil avv. VI asrning o`rtalariga kelib Erondagi Ahmoniylar sulolasi hukmdorlari Qadimgi Sharqdagi ko`pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, O`rta Osiyodagi Parfiya, Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona, Xorazm, "Saklar o`lkasi" ustidan o`z hokimiyatini o`rnatdilar. Ahmoniylar davrida bitilgan mixxat manbalarda O`rta Osiyo xalqlari va viloyatlari haqida turli malumotlarni. uchratishimiz mumkin.
Bu yozuvlar mil avv. VI -IV asrlarga oid bo`lib, Eron hududlarida, xususan, Behistun va Naqshi Rustam qoyalarida, Suza, Persepol va Hamadon shaharlaridan topib o`rganilgan. Bular orasida eng rauhimi Behistun yozuvlari bo`lib, u Doro I davrida yozilgan. Bu yozuvlarda Doro 1 bosib olgan o`lkalar sanab o`tiladi. Shuningdek, bosib olingan hududlarda forslarga qarshi qo`zg`olonlar haqida ma'lumotlar beriladi.
Suza shahridan topilgan yozuvlarda Doro I bunday e'lon qiladi: "Suzadagi saroyni men bino qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog`ochi Gadxaradan, oltin - Sard va Baqtriyadan, ; yaltiroq toshlar va lojuvard So`g`diyonadan, feruza-Xorazmdan, kumush va bronza Araxoziyadan, tosh ustunlar - Elamdan yetkazib kelingan."
Persepol shahridagi saroy devorlarida baqtriyaliklar, xorazmliklar, so`g`dlar va saklarning o`yib ishlangan rasmlari topilgan. Bu rasmlarda So`g`diyona, Baqtriya, Xorazm va saklar o`lkasidan bо`lgan soliq to`lovchilarning ahmoniylarga turli xil buyumlar (hunarmandchilik, j tikuvchilik, zargarlik, harbiy qurollar) hamda qadimgi Sharqda mashhur bо`lgan otlar va tuyalarni soliq sifatida olib kelayotgani tasvirlangan. Xullas, ahmoniylar davri yozuvlarida o`lkamiz xalqlarining qadimgi tarixiga oid quyidagi ma'lumotlar saqlangan: viloyatlar va xalqlarning , nomlari, ayrim siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat ma'lumotlari.
Yunon-rim tarixchilaridan birinchi bo`lib "tarixning otasi" Gerodot (mil.avv. V asr) O`rta Osiyo xalqlari haqida ma'lumotlar beradi. Gerodot o`zining mashhur "Tarix" kitobini mil. avv. 455-445 yillarda yozgan. Bu o`rinda shuni ta'kidlash joizki, Gerodot O`rta Osiyo viloyatlarining birortasida ham bo`lmagan. Shuning uchun ham O`rta Osiyodagi xalqlar, viloyatlar joylashuvidagi nafaqat aniq, balki umumiy chegaralaridan ham bexabar bо`lgan. O`rta Osiyo viloyatlari haqida esa, o`zi eshitgan hikoyalari, surishtirib bilganlari asosida yozgan.
Tadqiqotchilarning hisobiga qaraganda, Gerodot "Tarix" kitobida Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 13 marta, so`g`dlarni 2 marta, xorazmliklami 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini vatarixi haqida hikoya qilgan.
Gerodotning O`rta Osiyo to`g`risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To`maris o`rtasidagi siyosiy munosabatlar, ahamoniylar harbiy qo`shinlari safida yurtimiz xalqlari jangchilarining ishtiroki, ularning yarog`-aslahalari, yo`lboshchilari, fors-yunon urushlarida ularning jasorat ko`rsatganligi, xalqlarnirig ahmoniylar davlatiga bo`ysunishi va soliq tartibi, sak-massagetlarning turmush tarzi va diniy e'tiqodi va boshqa ayrim ma'lumotlardan iborat.
Misol uchun Gerodot massagetlar haqida shunday xabar qiladi: "Bug`doyni massagetlar ekmaydilar, chorvachilik va baliqchilik bilan (Araks daryosida baliq serob) shug`ullanadilar hamda sut ichadilar. Massagetlar ichida ulug`langan yagona xudo - bu Ouyoshdir, Quyoshga ular otlarni qurbon qiladilar, chunki xudoga dunyodagi eng chaqqon -tezchopar jonliqni qurbon qilish lozim deb o`ylaydilar".
Asli Kichik Osiyodagi Knid shahrilik bо`lgan yunon tarixchisi Ktesiy ahmoniylar podshosi Artakserks (miLavv. 404-359 yy.) saroyida tabiblik qilgan. Ktesiy qalamiga mansub "Persika" asarining katta bir qismi baqtriyaliklar tarixiga bag`ishlangan.
Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan yurishlari, Baqtriyaning poytaxti va ko`p sonli mustahkam istehkom va shaharlar haqida ma'lumotlar berib jumladan shunday yozadi: "Baqtriyadagi ko`pdan ko`p shaharlar orasida Baqtra norali mashhur bir shahar bо`lgan. Bu shahar mamlakatning markazi bo`lib, ko`p shaharlar o`rtasida, baland ya mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralgan, unda podsho qal'asi joylashgan".
Yana bir yunon muallifi Ksenofont "Kiropediya" nomli asarida esiy xabarlariga o`xshash, Baqtra shaharlarining ossuriyaliklar omonidan qamal qilinishi to`g`risida ma`lumot beradi. Shuningdek, enofont Kir II va Baqtriya urushlari haqida ham yozadi.
Mil. avv. IV asrning Ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandarning irqqa qilgan yurishlari natijasida O`rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar haqida ko`plab yangi tarixiy-geografik ma'lumotlar paydo bo`ldi. Keyingi antik davr mualliflari (Arrian, Kursiy Ruf, Strabon va b.) asarlaridagl ma'lumotlar ilk antik davr mualliflarinikiga nisbatan kengroq berilgan. Makedoniyalik Iskadar yurishlari haqida yozgan tarixchilar asarlarida qadimgi O`zbekiston viloyatlari, sbaharlar, qal'alar, manzilgohlar, himoya devorlari, xo`jalik va madaniy hayot haqida kengroq va batafsilroq ma'lumotlar olish mumkin.
Olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijaiari qiyosiy tablil etilar ekan, qadimgi davrdagi O`rta Osiyo hududida yashagan qadimgi aholi tarixini tadqiq etish bir necha sabablarga ko`ra katta ahamiyat kasb etishi kuzatiladi. Ushbu ahamiyatli holatni quyidaglcha izoblash mumkin: birinchidan, bu davrda aholining tabiiy hududiar bo`yicha xo`jalik jihatdan tabaqalanishi sodir bo`ladiki, olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari O`rta Osiyo va Qozog`istonning asosan dehqonchilik bilan shug`ullangan janubiy hamda asosan chorvachilik bilan shug`uliangan shimoliy hududlarini ajratish va o`zaro taqqoslash imkonini beradi. Ikkinchidan, dehqonchilikka va ishlab chiqaruvchi iqtisodga erta o`tish dehqonchilik jamoalari sonining ortishini hamda ilk shaharlarning rivojlanishini belgilab berdi va demografik jihatdan ta'sir ko`rsatib ortiqcha aholining turli arxeologik madaniyatlarga va xo`jalik yuritisb tartibiga mansub bо`lgan tabaqaiarning ko`chib ketishiga turtki berdi. Uchinchidan, O`rta Osiyo hududida murakkab etno-madaniy jarayoniarning sodir bo`lishi, hozirgi zarnon o`lkamiz xalqlarining shakllanishida uzoq qadimga borib taqaluvchi mahalliy unsurlarning ustunligi qadimgi davrlar bilan bevosita bog`liqdir. To`rtinchidan, aynan mana shu aboli ilk shaharlar madaniyatini rivojlantirish jarayonida o`lkamiz hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning boshqaruvchilari bo`lib, ularning ilk dehqonchilik manzilgohlari va dastlabki shaharsozlik madaniyatining yaratuvchanligi xususiyatini ham alohida ta'kidlash maqsadga muvofiqdir.
Turli arxeologik madaniyatlar keng tarqaigan O`rta Osiyo hududida so`nggi bronza va ilk temir davrida kuzatiluvchi manzara muayyan tarixiy-madaniy jarayonlar o`ta murakkab kechganligini ko`rsatadi. Shiraol chorvadorlari madaniyati - bu bronza davrining Andronov-madaniyati bo`lib, Qozog`iston hududlarini to`la qatnrab olib g`arbda Volga orti cho`llarigacha. sharqda Minusinsk havzasigacha cho`ziladi. Chorvadorlar. madaniyatining izlari o`sha davrning ko`pgina qo`rg`onlaridan aniqlangan bo`lib, ulardan ko`p sonli bronza va sopol buyumlar, mehnat va jangovar qurollar hamda san'at asarlari topilgan. Ular qadimiyligi jihatdan Old Osiyodan keyinda turadi.
Qadimda O`rta Osiyoning shimoliy va janubiy viloyatlari aholisi bilan markaziy hududlar aholisining murakkab etnomadaniy aloqalari qirg`in rivojlanib bu aloqalar mahalliy aholi hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan boshqa o`xshash madaniyatlar taraqqiyotiga ham ta'sir o`tkazgan.
Ma`lumki, O`zbekiston qadimgi tarixining juda katta davri yozma manbalarsiz, arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan holda o`rganiladi. Qadimgi Sharq yozma manbalaridan (Hind, Ossuriya va Eron manbalari) ma'lumki, mil. avv. II ming yiilikning o`rtalari va oxirlari (bronza davri) - O`rta Osiyo, Afg`oniston, Hindiston va Eron tarixi - hind-eron qabilalari yoyilishi bilan bog`liq bо`lgan. Hind-eron qabilalari dastlab juda keng hududlarda - Volga, Ural va Janubiy Sibir oralig`idagi yerlarda yashaganlar.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O`rta Osiyoda aholi joylashuvi etnik hududlarining ajrala boshlashi mil. avv. IX-VIII asrlarga oid bo`lishi mumkin. Mil. avv. VI asrda Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholari yurtimizda yurish qilganda bu xalqlarning ajralib borish jarayoni butunlay tugagan va turli xalqlarning hududiy joylashuv chegaraiari, viloyatlarning ma'muriy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrda paydo bо`lgan.
Ming yillar davomida O`zbekiston hududlarida yashab o`tgan qabilalar va elatlarning tarixi hamda madaniyati izsiz yo`qolib ketmagan. Ushbu elatlarning ayrimlari ajdodlarimizning yirik guruhlarini tashkil etib, eng qadimgi yozma manbalarda tilga olingan, Ushbu manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O`zbekistonning dehqonchilik vohalarida so`g`diylar, baqtriyaliklar va xorazmiylar yashaganlar. O`rta Osiyo va Qozog`istoning tog`lari, dashtlari va cho`liarida yashagan saklar va massagetlar chorvador qabilalardir.
Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida yurtimiz hududlarida joylashgan turli xalqlar qadimgi sharq-eroniy tillar shevalarida gaplashganlar. Ularning etnik qiyofasi va tillari bir-biriga yaqin bо`lgan.
Shuning uchun ham so`g`dlar, baqtriylar, xorazmiylar, sak-massagetlar qarindosh xalqlar bo`lib, bir-birlarini tushunganlar. Ayniqsa, dehqonchilik bilan shug`ullanib o`troq xo`jalik yuritgan aholining moddiy va ma'naviy madaniyat bir-biriga ancha o`xshash bо`lgan.