O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə22/83
tarix19.12.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#185855
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi o-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tudun
Yabg`u (bahodir) davlatdagi birinchi amaldor (vazir) vazifasida bo`lgan. (Masalan Istemi yabg`u). Ammo yabg`u taxtga merosxo`rlik qila olmas edi. Taxt merosxo`ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Tegin taxtga da'vogar shaxs bо`lgan. Shod unvoni tuman va viloyat hokimligidagi shahzodalarga berilgan. Shahzodalar bilan qondosh bo`lmasa, unday odamga shod unvoni berilmagan. Xitoy manbalarining birida shunday deyiladi: "Oliy martabalar orasida eng ulug`i Shexu (Jabg`u, Yabg`u), keyin Dele (Tegin), uchinchisi esa Silifa, to`rtinchisi Tumaofa, (qolgan) kichiqroq darajasidagi mansablarda 20 kishi band; ularning hammalari mansablari merosiydir... qo`riqchilarni esa Fuli (ya'ni bO`ri) deb ataydilar".

Tudun unvoni hukmdorning joylaridagi noibi (nazoratchisi)ga berilgan. Ular mahalliy hokimlar siyosatini, boj-soliq ishlarini nazorat qilganlar. Shod unvomdagi kishi hukradorning o`ng tomonidan joy olgan. : Chorvador turkiy aholida urug`-jamoachilik an'analari nihoyatda kuchli bo`lib, qabila va urag` jamoalarining negizi katta oilalardan iborat edi. Bunday oilalarda uy qullari ham mavjud bo`lar edi. Qullarning ko`payishi bilan tabaqalanish munosabatlari tarkib topa boshlagan. Lekin qulchilik ijtimoiy hayotga keng kirib kelmadi. Ko`pincha janglarda ayollar qul qilib olib ketilar edi. Lekin qul ayollardan og`ir ishlarda foydalanilmay, balki uy-ro'zg'or ishlarida ishlatilinar edi. Qul erkakmi, ayolmi bari bir, imkon topishi bilan qochib ketavergan. Qochgan qull ta'qib qilinmagan. Ular uchun hech kim tovon to`lamagan.
Turkiy ko`chmanchilarning asosiy qismi kambag`al chorvador va ovchilardan iborat edi. Bunday xalq ommasini bo`dun yoki qora bo`dun deb atashgan. Mamlakat bo`dunlar yashaydigan ellarga bo`lingan. Hoqonlikning markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik siyosiy-davlat tadbirlari (saltanat osoyishtaligini saqlash, davlat hududini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik munosabatlar va hakozo) bilan mashg`ul bo`lib joylardagi mahalliy ishlarga ma'lum darajada erkinlikka yo`lga qo`yilgan, Shuning uchun ham Farg`ona, So`g`d, Shosh, Tohariston, Xorazm va boshqa joylarda boshqaruv ishi asosan mahalliy sulolalar qo`lida bо`lgan. Xitoy manbalariga ko`ra So`g`dda kelib chiqishi asli yuyechjilardan bo`lmish Kan sulolasining mavqei kuchli bo`lib, So`g`d hukmdori ixshid unvoniga, tobe hokimliklar ham o`z unvonlariga ega bо`lganlar. (Masalan, Kesh hukmdori ixrid unvoniga ega bо`lgan)
Qonunchilik, ijtimoiy hayotda u yoki bu masalalarni hal etish uchun "turkiy tuzuklari" yoki "Turolari" bо`lgan. Xitoy tarixchisi shunday tuzuklardan biri So`g`ddagi ibodatxonalardan birida saqlanishini yozadi.
Qonunlarga ko`ra, eng og`ir gunoh qilgan odam urug`-aymog`i bilan yo`q qilib yuborilgan. Qolgan jazolar o`lim va turli miqdordagi tovon to`lash usullari bо`lgan. (Masalan birovni o`ldirsa, buzuqchilik qilsa, ot o`g`irlasa, o`lim jazosi, birovning mol-mulkini o`g`irlasa yoki kishiga lat yetkazsa tovon to`lagan va hakozo).
Dehqonlar mavjud suv resurslari hamda lalmikor yerlar imkoniyatlaridan- foydalanib asosan don ekinlari hamda, qovun, tarvuz, beda, uzumchilik, paxtachilik sohalaridan yuqori hosil yetishtirganlar. Mevali daraxtlardan bog`-rog`lar yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan, manba tili bilan aytganda "mevali daraxtlar savlat to`kib turgan". Chunonchi, ajnabiylarni Saraarqandning "tilla shaftolisi" lo1 qoldirgani malum.
Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg`ul edi. Dehqonchilik Shosh, Tohariston, Xorazm va boshqa joylarda boshqaruv ishi asosan mahalliy sulolalar qo`lida bо`lgan. Xitoy manbalariga ko`ra so`g`dda kelib chiqishi asli yuyechjilardan bо`lmish Kan sulolasining mavqei kuchli bo`lib, so`g`d hukmdori ixshid unvoniga, tobe hokimliklar ham o`z unvonlariga ega bо`lganlar. (Masalan, Kesh hukmdori ixrid unvoniga ega bо`lgan).
Qonunchilik, ijtimoiy hayotda u yoki bu masalalarni hal etish uchun “turkiy tuzuklari” yoki “Turolari” bо`lgan. Xitoy tarixchisi shunday tuzuklardan biri so`g`ddagi ibodatxonalardan birida saqlanishini yozadi.
Qonunlarga ko`ra, eng og`ir gunoh qilgan odam urug`-aymog`i bilan yo`q qilib yuborilgan. Qolgan jazolar o`lim va turli miqdordagi tovon to`lash usullari bо`lgan. (Masalan birovni o`ldirsa, buzuqchilik qilsa, ot o`g`irlasa, o`lim jazosi, birovning mol-mulkini o`g`irlasa yoki kishiga lat yetkazsa tovon to`lagan va hakozo).
Dehqonlar mavjud suv resurslari hamda lalmikor yerlar imkoniyatlaridan foydalanib asosan don ekinlari hamda, qovun, tarvuz, beda, uzumchilik, paxtachilik sohalaridan yuqori hosil yetishtirganlar. Mevali daraxtlardan bog`-rog`lar yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan, manba tili bilan aytganda “mevali daraxtlar savlat to`kib turgan”. Chunonchi, ajnabiylarni Saraarqandning “tilla shaftolisi” Io1 qoldirgani malum.
Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg`ul edi. Dehqonchilik va konchilikdagi taraqqiyot ko`lami va sifati o`zidan keyingi uch tarmoq-hunarmanchilik, qurilish, savdo-sotiq ravnaqi uchun katta turtki bo`ladi. Shuning uchun bu vaqtda metallsozlik, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, qurolsozlik, to`qimachilik, shishasozlik, konchilik keng rivoj topgan. Hunarmandchilik rivojiga turkiy aholi katta ta'sir ko`rsatdilar. Chunki ularda qadimdan ko`pchilik kasb-hunarlar juda rivojlangan edi. Turkiylar sarrojlik, metall qazib olish va undan qurol-yarog` yasashda ayniqsa mohir edilar. Turkiylar yasagan qurol-yarog`, zebu-ziynat buyumlari xilma-xilligi va pishiqligi bilan ajralib turgan. Konchilik faoliyati ham shu paytda ancha rivqjlangan. Oltin, temir, kumush, qo`rg`oshin, mis, margimush, tuzning bir necha xili, qimmatbaho toshlar, turli ma'danlar So`g`d, Shosh, Farg`ona, Qashg`ar, Tohariston kabi viloyatlarda qazib olishganligi manbalarda aniq ko`rsatilgan.
Turkiy hoqonlik ulkan hudud ichida zarur tinchlikni ta'minlaganligi natijasida “Buyuk ipak yo`li” samarali ishlashda davom etdi. O`lkaning asosiy savdo hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston va Vizantiya edi. Bu mamlakatlarga to`qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg`umoqlar, bir necha xil tuz, sharob, bog`dorchilik mahsulotlari, qazilma boylik va hakazolar olib borilgan. So`g`d savdogarlarining ayniqsa mavqeyi kuchli bо`lgan. Shu ma'noda Xitoylik muallifning quyidagi guvohligi e'tiborga sazovordir: “(so`g`diyonalik) erkaklar yigirma yoshga to`lishlari bilan qo`shni mamlakatga oshiqadilar va (savdo-sotiqda)qayerda (qulaylik) va manfaat bo`lsa (albatta) u yerga qadam ranjida etadilar”. O`rta Osiyoning shu davrdagi Marv, Poykant, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, Suyob kabi shaharlari savdo-sotiqning markazlari edi.
Xitoy bilan savdo munosabatlari ayniqsa rivojlanib, 627-647 yillar mobaynida Xitoyga 9 marotaba savdo elchilari yuborildi. O`rta Osiyoda shu paytda 15 taga yaqin mayda davlatlar bo`lib, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda xorazmshohlar, Choch va Iloqda bo`dun va dehqonlar, Farg`onada ixshidlar hukmronlik qilishgan. Ularning hammasi Turkiy hoqonlikka qaram bo`lsa-da, amalda yarim mustaqil edilar.
Turkiylarning dini haqida “Vey-shu” va “Suy-shu” Xitoy yilnomalarida qayd etilgan. Unda turkiylar dini, odatlari haqida shunday ma'lumotlar bor: 1) hoqon qarorgohiga Sharq tomonidan kiritilgan, bu bilan kun chiqish tarafga hurmat ma'nosi ifodalangan, ayni paytda quyoshga sig`inishni ham bildirgan. 2) har yili hoqon o`z amaldorlari bilan maxsus g`orga borib, ota-bobolari ruhiga qurbonlik keltirgan. 3) har 5-marotaba oy chiqishida va o`sha oyning o`rtasida hoqon yaqinlarini yig`ib, daryo bo`yiga borgan, osmon ruhi (tangri)ga qurbonlik keltirganlar. Qabilalar o`rtasida ham turli xudolarga e'tiqod qilish bо`lgan. Tangri (osmon ruhi) barcha qabilalar uchun yagona asosiy xudo bо`lgan. Unga doimiy qurbonliklar keltirganlar. Ular ruh abadiyligi, narigi dunyo borligiga ishonganlar. Biror kishi qazo qilsa uning yoniga boshqa kishilar, buyumlarni ham qo`shib ko`mganlar. Masalan, 576-yil Istemi-yabg`u vafot etganida u bilan birga 4 ta harbiy asir o`ldirilib ko`milgan. Muqanxon vafot etganida unga oxiratda xizmat qilish uchun 20.000 kishi o`ldirilib, birga ko`milgan. Qiyomat kunini turkiylar “Qoldirilgan kun” deb ataganlar. Turkiylar qabr toshlari, ya'ni bitiktoshlar yoniga odamlarning tosh haykalchalarini qo`yishgan. Ular “balballar” deyilgan. Bu balballar o`lgan odamning ruhiga bag`ishlangan yodgorlikdir. Shamanizm o`sha davrda turkiylarning asosiy dini bo`lib, keyinchalik ular ichida buddizm, xristianlik va boshqa dinlar ham tarqalgan. Tosh bitiklarda o`lgan odamga madhiyadan tashqari, ko`plab tarixiy hodisa va voqealar hatn qilingan. Bunday bitiklar ichida eng ma'lumlari kul tigin bitigtoshi, Bilga hoqon bitigtoshi, to`nyuquq bitiktoshi va boshqalar mashhurdir. Bular birgalikda O`rxun-Enisey yozuvlari deb ataladi. Shuningdek qog`ozga yozilib, Xitoydan topilgan 104 satrlik “Ta'birnoma” asarida ham turkiylar hayotining sahifalari yoritilgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin