O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə20/83
tarix19.12.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#185855
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi o-fayllar.org

Buyuk ipak yo`li. Madaniy hayot
Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Yaqin va O`rta Sharqdagi turli o`lkalar va tarixiy-madaniy viloyatlarni bog`lab turuvchi ma'lum ma'nodagi karvon yo`llari tartibi hamda madaniy, siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy aloqalari ildizi neolit davri (mil. avv. VI-IV ming yilliklar) bilan bog`lanadi. Chunki aynan mana shu davrda O`rta Osiyoda iik dehqonchilik madaniyati paydo bo`lib yangi yerlar aholi tomonidan jadallik bilan o`zlashtirib boriladi. Bu jarayon bronza davriga kelib yanada kuchayadi.
Bu davrga kelib O`rta Osiyoda ko`p sonii qabilalar va etnik guruhlar joylashgan bo`lib, Qoraqum va Qizilqum cho`llarining ichki hududlari hamda Pomir va Oloyning yuqori mintaqalaridan tashqari barcha hududlar o`zlashtirib bo`lingan edi. Bu hududlardagi moddiy madaniyat umumiy holatda ikki guruhga-chorvachilik xo`jaligi sohiblari bo`lgan Andronovo tarixiy-madaniy jamoalari (shimoliy mintaqa) va dehqonchilik xo`jaligi yuritgan Namozgoh tarixiy madaniy jamoalariga (janubiy mintaqa) bo`linadi. Ular va ularga qo`shni bо`lgan hududlar o`rtasida turli aloqalar mavjud edi. Ushbu aloqalar chorvador va o`troq dehqoncbilik aholisi o`rtasida almashinuv-savdo munosabatlarining jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Ma'lum hududlarda tayyorlangan mahsulotlar yoki xom ashyoning boshqa bir hududlardan topilishi shu jarayondan dalolat beradi. Misol uchun, Andronovo madaniyatiga xos idishlar Marg`iyona, Baqtriya. So`g`diyona hududlaridan topilgan bo`lsa, Xorazmda tayyorlangan sopol va metall buyumlar shimoliy hududlarda ko`plab uchraydi. Zamonbobo va Gujayli yodgorliklaridan Badaxshon lojuvardidan tayyorlangan mahsulotlar topilgan.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi savdo-tranzit yo`llari bronza davridayoq paydo bo`ladi. Ko`pchilik tadqiqotlar bu yo`lni "Lojuvard yo`li" deb ataydiiar. Bronza davridagi O`rta Osiyoning savdo yo`llaridan biri Baqtriya va Marg`iyonani qadimgi Xorazm, So`g`diyona, Markaziy Qozog`iston va Ural bilan bog`langan. Mil. avv. III ming yillikda Mesopotamiyada Badaxshon lojuvardi mashhur bо`lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bronza davridagi yana bir yo'1 Badaxshondan janubi-sharqqa tomon Afg`oniston orqali O`rta Osiyoning qadimgi xalqlarini Mesopotamiyaning shaharlari-Ur, Uruk, Kish, Lagash va boshqalar bilan bog`lagan. Bronza davrining uchinchi yo`li O`rta Osiyoning janubidagi Baqtriya va Marg`iyonani Hindistondagi Xarappa va Erondagi Mohinjo Daro madaniyat markazlari bilan bog`langan. Mil. avv. II ming yillikka kelib Farg`ona va Choch hududlari ham Qadimgi Sharq bilan aloqalar o`rnatadi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko`ra bu davrda Mesopotamiya shaharlaridan chiqqan savdo yo`llari Eron va Janubiy Turkmaniston orqali Baqtriya va So`g`diyonadan o`tib Farg`onaga kelgan. Bu yo`lning bir tarmog`i Farg`onadan g`arbga Qozog`iston cho`llari orqali Ural va Volga bo`yiga ketgan. Yana bir tarmog`i esa Farg`onadan sharqqa Dovon orqali Sinszyan, Shimoliy Xitoyga ketgan.
Bronza davri yo`llarida qatnagan ot, eshak va tuya karvonlari orqali qimmatbaho toshlar, fil suyagi, metall va undan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, ba'zi hollarda mayda chorva va g`alla tashilgan. Turli hududlardan topilgan arxeologik topilmalar shu jarayonlardan dalolat beradi.
Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmiga kelib, Gretsiya va Misrdati O`rta Osiyo va Hindistonga qadar ulkan hududlarda tashkil topgan Ahraoniylar davlati ko`pgina davlatlar, xalqlar va elatlarning turli tomonlama munosabatlarida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu o`rinda ayniqsa, bu davrda paydo bо`lgan va tarixiy adabiyotlarda "Shoh yo`li" deb ataluvchi yo`lning ahamiyatini ham ta'kidlash joizdir. Bu yo`lning bir tarmog`i mil. avv. VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini hamda O`rta Yer dengizi bo`yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan bog`lagan bo`lsa, yana bir tarmog`i Erondan Baqtriya orqali So`g`diyona, Toshkent vohasi va Qozog`iston hududlaridan o`tib Oltoygacha borgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II asrlarda xalqaro ahamiyatga va aniq yo`nalishga ega bо`lgan savdo-tranzit yo`li shakllana boshlaydi. Bu yo'l XIX asrning ikkinchi yarmida (1877) nemis olimi Ferdinand Paul Vilgelm Rixtgofen tornonidan dastlabki marta "Ipak yo`li" degan nom oldi va keyinchalik butun dunyo tadqiqotchilari tomonidan "Buyuk ipak yo`li" deb e'tirof etildi.
Buyuk ipak yo`lining qisqacha tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, Xan imperiyasining U-di hukmronligi davrida (mil. avv. 140-86 yy.) mamlakatning g`arbiy hududlariga bо`lgan qiziqish kuchayadi. Xitoyliklar bu hududlarda o`sha davrda ancha xavfli bо`lgan harbiy kuchlar-xunnlar bilan to`qnashadilar. Xunnlarga qarshi kurashda ittifoqchilar topish va ular bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadida imperator U-di mil. aw. 138 yilda diplomat, sayohatchi va savdogar Chjan Syanni O`rta Osiyoga jo`natadi. Chjan Syan bir necha yil xunnlar qo`lida asirlikda bo`ladi va mil. avv. 128-126 yillarda Farg`ona (Dovon)ga keladi. Dovon hukmdorlari bilan harbiy ittifoq tuzishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan Chjan Syan ko`p qiyincbiliklardan so`ng yurtiga yetib keladi. Chjan Syan missiyasi Xitoy uchun G`arbiy o`likalarga chiqisbda muhim abamiyatga ega bo`ldi. Keyinchalik Xitoy imperatori bilan Dovon hukmdorlari o`rtasida qonli urushlar bo`lib o`tdi. Bu urushlarga asosiy sabab xitoyliklarni hayratga solgan Dovon "samoviy otlari" edi.
Mil. avv. 111-105 yillarda imperator U-di Parfiya (Xitoy manbalarida Ansi deb eslatiladi) podsholariga, Qang` hukmdorlariga, keyinroq esa Baqtriya yerlariga (Kushonlar) o`z echimlarini jo`natib ular bilan diplomatik-savdo aloqalarini o`rnatadi. Shu tariqa, mil. avv. II-I asrlarda Sharq bilan G`arbni bog`lovchi Buyuk ipak yo`liga asos solinadi. O`z davrida nihoyatda katta ahamiyatga ega bо`lgan bu yo`lning dastlabki tarmog`i Xitoydagi Sian shahridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O`rta Yer dengizigacha cho`zilgan.
Xitoyning Anosi shahriga kelib, Ipak yo`li bir necha tarmoqlarga bo`linib ketgan. Xususan bir tarmoq Anosi-Xami-Qosbg`ar orqali Qo`qonga, undan esa Toshkentga o`tgan. Bu yerdan Jizzax va Samarqand orqali Buxoroga kelgan yo'1 Urganch orqali Guryevga, u yerdan Oqsaroy orqali Qora dengiz bo`ylariga chiqqan. Yana bir tarmoq esa Dunxuan orqali Xo`tanga, undan Lohurga o`tib ketgan.
Undan tashqari, Buxoroga kelgan tarmoq ikkiga bo`lingan. Bu tarmoqning janubiy yo`nalishi Buxoro-Qarshi-G`uzor-Kesh-Termiz orqali Nishopurga o`tgan va Hirot orqali Hindistonga o`tib ketgan. Nishopurdagi tarmoqlardan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bog`dod-Palmira yo`nalishi bo`ylab O`rta Yer dengizi bo`yidagi Tir shahrigacha cho`zilgan. Umuman olganda Ipak yo`lining janubiy tarmog`i o`zgan orqali O`shga o`tib, Quva-Marg`ilon-Qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoroga o`tgan. Shimoliy yo`nalishi esa Xazar xoqonligi va Bulg`or davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan. Ipak yo`lining asosiy karvon yo`llaridan tashqari ichki savdo yo`llari ham mavjud edi.
Mil. avv. I ming yillikning oxiri-milodiy I ming yillikning boshlariga kelib Tinch okeanidan Atlantika okeaniga qadar cho`zilgan ulkan geografik hudud madaniyati yuksak rivojlangan sivilizatsiyalarning yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan davlatlar-Xitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang` davlati, Parfiya davlati, Rim saltanatining chegaralari bir-biriga tutash edi. Ushbu zabardast saltanatlar va sivilizatsiyalar markazlari insoniyat tarixidan birinchi bo`lib "Buyuk ipakyo`li" deb nomlanuvchi biryo'1 biian bog`landilar. Umumiy uzunligi
12 ming km bo`lib, Xitoydan O`rta Yer dengizining shimoliy qirg`oqlariga qadar cho`zilgan bu yo'1 orqali ko`pgina xalqlar va elatlar turli tomonlama munosabatlar o`rnatdilar. Podsholarning o`zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg`alar irrom etishlari an'anaga aylandi, Sharq bilan G`arb madaniyatining bir-biriga ta'siri kuchaydi. O'sha davrdagi ko`plab madaniy o`xshashliklar harn shu tufaylt yuzaga keldi.
Agar geografik xaritaga e'tibor beradigan bo`lsak O`rta Osiyotri qadimgi sivilizatsiyalar o`zaro aloqalar tizimining markazida joylashganligini kuzatishimiz mumkin. Aynan mana shu geografik joylashuv tufayli O`rta Osiyoda muhim etnik jarayonlar (hind-evropa, hind-eroniy, turklarning ko`chishi) bo`lib o`tishiga, madaniyatlarning o`zaro ta'sir doirasi faollashuviga keng imkoniyatlar yaratildi. Buyuk ipak yo`li bo`ylab keng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo`lib o`tdi, diplomatik shartnomalar hamda harbiy ittifoqlar tuzildi. Osiyoning ichkarisiga va Uzoq Sharqqa harfiy yozuv va dunyo dinlarining (buddaviylik, xristianlik, zardo`shtiylik, moniy, islom) yoyilishida O`rta Osiyo xalqlari ulkan hissa qo`shdilar. Buyuk Ipak yo`li faqat karvon yo`li bo`libgina qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasi tarixida o`chmas iz qoldirgan, uning har tomonlama taraqqiy etishida ulkan omil bo`lib xizmatqilganjarayondir. 1987-yilda YUNESKO BMTning butunjahon dekadasi doirasida madaniy rivojlanish bo`yicha "Buyuk ipak yo`li-muloqot yo`li" dasturini qabul qildi. Ushbu dasturda O`rta Osiyo sivilizatsiyasi tarixini har tomonlama va chuqur o`rganishga katta e'tibor qaratildi. Undan tashqari, bu dasturning asosiy maqsadi-Sharq va G`arb o`rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirib mustahkamlash, bu ulkan mintaqalarda yashayotgan ko`p sonli xalqlarning o`zaro munosabatlarini yanada yaxshilashdan iborat edi. 2000-yilga qadar mo`ljallangan ushbu dastur asosida ko`pgina ekspeditsiyalar ("Marko Polo izidan", 1987, Istambul-Pekm; "Dengiz" ekspeditsiyasi, 23.X.90y.-23.11.91; Xivada yakunlangan "Markaziy Osiyo respublikalari bo`ylab", 1991; "KO`chmanchi madaniyatlar yo`nalishi bo`ylab ekspeditsiya", iyun-avgust, 1992; "Yevropa ipak yo`li", 1995, Istanabul-Leon) ko`plab ilmiy-amaliy xalqaro anjumanlar (Samarqand, 1990; Turku, Finlandiya, 1993; Kipr, 1994; Buxoro,1996; Boku, 1998) o`tkazildi.
Buyuk ipak yo`lini o`rganish va qayta tiklashda O`zbekiston rahbariyati ham alohida e'tibor qaratmoqda. Chunonchi, respublikamiz hududlarida uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida ko`pgina tarixiy- madaniy obidalar o`rganildi. Qadimgi yo`llar va yo`nalishlar aniqlandi,! milliy-ma'naviy boyligimiz batnda an'analarimiz o`rganildi. Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro Instituti ochilgan bo`lib, uning asosiy yo`nalishlaridan biri Buyuk ipak yo`li va uning bo`ylarida joylashgan shaharlarni o`rganishdir. 1997-yilning mayida O`zbekiston ham o`z hissasini qo`shgan Mashhad-Saraxs, Saraxs-Mashhad temir yo`li ochildi. Bu bilan O`rta Osiyo mamlakatlari Fors qo`ltig`iga, Yevropa xalqlari esa O`rta Osiyoga temir yo'1 orqali chiqish imkoniyatiga ega bo`ldilar. 1998 yil Boku shahridagi Buyuk ipak yo`lini quruqlikda Yevropadan Yaponiyagacha qayta tiklash masalalariga bag`ishlangan xalqaro anjuman bo`lib o`tdi. Yevropa-Kavkaz-Osiyoni bog`laydigan ushbu transport yo`li (TRASEKA) qurilishida O`zbekiston , ham ishtirok etmoqda va bu yo'1 butun dunyo iqtisodiyotini yuksaltirishiga xizmat qilishi shubhasizdir. Antik davr O`rta Osiyo tarixida madaniy hayotning turli tomonlama taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Butun dunyo xaiqlari tarixiy-madaniy rivojlanishida bо`lgani kabi bu davr O`rta Osiyo jamiyatining ijtimoiy va ma'naviy hayotida diniy mafkura katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu davrda O`rta Osiyoning asosiy hududlarida zardushtiylik va buddaviylik dinlari ustunlik qilishiga qaramasdan ular bilan bir qator yunon dinlari, moniylik ham yoyilgan edi. Makedoniyalik Iskandar yurishlari davri va uning vorislari (Salavkiylar, Yunon-Baqtriya) davrida O`rta Osiyo hududlariga Ellinizm madaniyati kirib keldi. Yunon dinlarining keng yoyilishi Yunon-Baqtriya davriga to`g`ri kelsa, Budda dinining keng yoyilib davlat dini darajasiga ko`tarilishi Kushonlar davriga to`g`ri keladi. Kushon davri oxirlariga kelib esa Moniy dini yoyiladi. O`rta Osiyoda mil. avv. II-I asrlarga kelib yunon-makedonlar hukmronligi tugagan bo`lishiga qaramay ellinizm madaniyati moddiy va badiiy madaniyatda o`z ahamiyatini saqlab qoldi. Yellin xudolari-Gerakl, Gefest, Dionis, Afina kabilarga sig`inish kuchliligicha qolaveradi. Bu xudolar tasvirlari Kushon podsholari tangalari va haykallarda o`z aksini topgan. Undan tashqari, yunon alifbosi asosida tashkil topgan baqtriya yozuvi ham saqlanib qoldi. Kushon davri ellinizm madaniyatiga oid topilmalar O`rta Osiyoning,ko'pgina hududlaridan topib o`rganilgan.
O`rta Osiyo xalqlarining qadimgi va ilk o`rta asrlar davri ma'naviy hayotida buddaviylik muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Dunyo xalqlari orasida keng yoyilgan .bu din mil. avv. VI asrda Hindistonda paydo bo`ladi. Mil. avv. III asrga kelib podsho Ashoki davrida buddaviylik keng hududlarni o`z ichiga olgan hind podsholigi Mauryaning davlat diniga aylanadi. Keyinroq esa Baqtriya, So`g`diyona hududlariga yoyiladi. Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayqztepa kabi yodgorliklardan topilgan topilrnalar buddaviylik dastlab Shimoliy Baqtriya hududlariga yoyilganidan dalolat bersa, Xitoy yozma manbalari O`rta Osiyoning Parfiya, Baqtriya, So`g`d viloyatiarida ham buddaviylik yoyilganligini tasdiqlaydi. Antik davr oxirlarida keng tarqalgan dinlardan yana biri Moniylik dinidir. Ko`pchilik tadqiqotchilarning fikricha, bu dinning asoschisi va payg`ambari bо`lgan Moniy milodiy 216 yilda Janubiy Bobilda tug`iladi. Moniy e'tiqod faoliyatini Ardasher hukmronligi (227-241 yy.) davrida boshlaydi. Keyinroq esa Shopur I davrida Sosoniylarning markaziy shaharlaridan biri Ktesifon shahrida o`z ta'limotini targ`ib qilish huquqini oladi. Moniylik dini aholining kambag`al va o`rta tabaqalarini keng jalb etgan "kim boy bo`lsa, o`sha qashshoq bo`ladi, sadaqa so`raydi va katta g`am-alamni boshidan o`tkazadi" degan ijtimoiy shiorni ilgari surdi.
Zo`r berib tashviqot qilinishi natijasida Moniylik dini hali Moniy hayotlik vaqtidayoq nafaqat Eron, balki, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Rim, Sharqqa va O`rta Osiyo hududlariga yoyildi. Moniyning o`zi shunday ta'kidlar edi; "Mening dinim har bir davlatga va har qanday tilda tushunarli bo`ladi ya uzoq o`lkalarga yoyiladi".
Moniy ta'limoti Erondagi hukmron doiralar va zardo`shtiylik kohinlar orasida qattiq noroziliklarga sabab bо`lganligi tufayli podsho Varaxron I davrida (273-276 yy.) Motuy zindonband qilib qatl ettiriladi. Uning tarafdorlari quvg`in ostiga olinganidan so`ng, katta qismi O`rta Osiyo hududlariga ko`chib o`tadi. Bu haqda arab tarixchisi An-Nadim ma'lumotlar beradi. Keyinroq Moniylik ta'limoti O`rta Osiyoga ancha keng yoyiladi. Uning markazlari Marv, Samarqand va Chag`aniyon edi.
Yuqorida eslatib o`tganimizdek, antik davr o`lkamiz hududlaridan ko`plab ibodatxonalar ochib o`rganilgan. Asosan kushon davriga oid bо`lgan bu ibodatxonalar rejaviy tuzilishi jihatdan turlicha bo`lib, ulardagi topilmalar orasida turli kattalikdagi haykallar ko`pchilikni tashkil etadi.
Ushbu haykal va haykalchalar turli dinlarning turli-tuman xudolari, budalari va sig`inishlari bilan bog`liqdir. Bu davr O`rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotdagi eng katta yutuqlaridan biri mil. avv. Vl-II asrlarda Oromiy yozuvi asosida Xorazra, Parfiya, So`g`d keyinroq esa Kushon (Baqtriya) yozuvining ajralib chiqishidir.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin