I. Eng qadimgi davr 2-mavzu. O`zbekiston insoniyat taraqqiyotining qadimgi o`choqlaridan biri Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Paleolit davri Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi bir necha asrlar davomida tadqiqotchilar tomonidan o`rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. Chunki "antropogenez" eng qadimgi davr tarixini o`rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli mamlakatlarda turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo`lishi haqida ilmiy ta'rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Xitoy, yunon faylasuflari mil. avv. VI-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta'riflashga uringanlar. Ko`pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan, degan fikrni ilgari surishlariga qaramay odamni xudo yaratganligi, yoki boshqa koinotdan kelib yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor.
Ingliz olimlari ota-bolaliklar o`tgan asrning 50-60-yillarida Sharqiy Afrikada (Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3.5mln. yil ilgari mavjud bо`lgan degan g`oyani ilgari surdilar. Bu turdagi odamlar fanda "Zinjantrop" ("Ishbilarmon odamlar" yoki "Gomohabilis") va "Avstralopitek" ("Janub maymuni") deb nom olgan.
Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo`lib, fanda ularni "Pitekantrop" ("Maymun- odam") deb atash rasm bо`lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln.-700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yilda Xitoy hududlaridan topiigan (D.Blek) qadimgi odam qoldiqlari ("Sinantrop" -"Xitoy odami") bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda zinjantrop, pitekantrop, sinatroplar eng qadimgi odamlar shakllanib rivqjlanishining turli tarixiy bosqichlaridir. Bu turdagi qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnal qurollarini yasab, ulardan- foydalana bilganlar. Qurol yasay bilishi, o`simlik ildizlari va mevalarni iste'mol qilishda shu qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim hayvonlarni ovlashi qadimgi odamlarni hayvonot olamidan ajratib turgan.
Bu o`rinda shuni ta'kidlash joizki, "Arxantrop"lar (qadimgi odamlar) eng qadimgi odamlardan farqlanib, ular zamonamizdan 100-50 ming yil keyin yashaganlar. Qadimgi odamlarning qazilma qoldiqlari dastavval Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilganligi sababli fanda ularni "Neandertal odami" deb nomlash qabul qilingan.
Eng qadimgi odamlar o`zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat qurollarining turlarini ko`paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada ularning turmush tarzida, jismoniy ko`rinishida o`zgarishlar bo`lib borgan. Shuningdek, miya hajmi ham o`zgarib borgan. O`rta tosh asridagi turli sabablarga ko`ra, birinchi navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga yetdi. Odamning paydo bo`lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo`lib, u dastlab toshdan oddiy tcrqmoq yasagan bo`lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.
Antropogenez jarayonida mehnatning o`zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Turli davrlarga oid moddiy madaniyatning almashishi hamda yangi asoslarda rivojlanishi moddiy manbalarning tashqi ko`rinishidan ham aniqlanadi. Ko'p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy jarayonlar - odam va lamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon mehnat ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzotning dastlabki Afrika degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropadeydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam dast avval Osiyoning tubida paydo bо`lgan degan g`oyani ilgari suradilar.
Yaqin yillarga qadar O`zbekiston hududlari eng qadimgi odan tomonidan 100 ming yillar ilgari o`zlashtirilgan deb hisoblanib kelj edi. Ko`pchilik tadqiqotchilar O`rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog`lab kelar edilar. Ammo so`nggi yillarda O`zbekiston arxeologlari tomonidan olib borih ko`pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
O`tgan asrning 80-yillarida arxeolog O`.Islomov boshchiligjd tadqiqotchilar Farg`ona vodiysidagi Selung`ur(So`x tumani) g`oi pdeolit davri makonini ochishga muvaffaq bo`ldilar. So`nggi tadqiq natijalariga qaraganda Selungur ilk paleolit davriga oid bo`lib, o`n u, madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko`plab ibtidoiy t. quroJlar topilgan. Bu qurollar ko`p hollarda Olduvoy qurollariga o`xshab ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarini yoshi 1 mln. yildanziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan ahamiyatlisi qadimgi odam jag` suyaklari, tishlari va yelka suyaklariuuj Fanda "Farg`ona odami"-"Fergantrop" deb nomlangan bu qazilma odami qoldiqlari eng qadiragi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O`rta Osiyo, xususan O`zbekistonning insoniyat paydo bo`lib rivojlangan o`choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.
Undan tashqari ko`lbuIoq makonidan (Shimoli-sharqiy O`zbekiston, Toshkent vil.) ham ko`p qatlami yodgorlik ochilgan bo`lib, uning erig pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100dan ziyod chopper, nukleus, qirg`ich va tarashlag`ich tosh qurollar topilgan.
Tadqiqotchilar Tyansban etaklaridagi Onarcha (Qirg`iziston) makonidan hamda Pomir etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston) makonlaridan ham ilk-paleolit davri qatlamlarini aniqlab bu qatlamlardan juda ko`plab tosh qurollar topganlar.
Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlarningi makonlaridagi topilmalarida sodda va qo`pol tosh qurollar ko`pchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilarining qurollari o`zining soddaligi, qo`polligi, 1 turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan bam, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan termachilik va ovchilik bilan tJrikchilik o`tkazganlar hamda tabiat oldida juda ojiz bo`lib, unda mavjud bо`lgan tayyor mahsulotlarni o`zlashtirib yashaganlar. Ular na diniy tushunchani, na hunarmandchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
O`rta paleolit (Mustye madaniyati) - qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davrga oid dastiabki yodgorlik Teshiktosh (Surxondaryo) g`or makoni 1938-yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik O`rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan o`rta paleolit davriga oid ko`plab makonlar aniqlandi va ularda tadqiqot ishiari olib borildi. Omonqo`ton (Taxtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo`tirbuloq va Zirabuloq (Zarafshon vodiysi), Qorabura (Vaxsh-vohasi), Jarqo`rg`on (Shimoliy Tojikiston), Obirahmat (Toshkent viloyati), Ko`lbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Tossor (Qirg`iziston), Og`zikichik (Tojikiston), Xo`jakent (Toshkent viloyati), Qopchig`ay (Oirg`iziston) kabi ko`plab makonlar o`rta paleolit davriga oid bo`lib, ularning jami 300 ga yaqinlashib qoladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O`rta Osiyo hududlarida O`rta Osiyo paleolit nisbiy tarzda mil. avv. 100-40 ming yilliklarni o`z ichiga oladi.
Surxon vohasidagi (Boysuntog`) Teshiktosh g`or-makoni topilmalari nafaqat O`zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. O`rta paleolit davriga mansub bu g`or-makon shimoli sharqqa qaragan bo`lib, kengligi 20 m, balandligi 9 m, chuqurligi 21 m. Tadqiqotlar natijasida g`or-makondan beshta madaniy qatlam aniqlanib, bu qatlamlardan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Undan tashqari turli hayvonlar: qoplon, yovvoyi ot, eshak, quyon va turli qushlarning suyak qoldiqlari aniqlangan. Tosh qurollar orasida qirg`ich-tarashlag`ichlar alohida o`rin egallab, ularning ba'zilari kesgich qurol vazifasida ishlatilgan bo`lishi ham mumkin.
Eng muhimi shundaki, Teshiktosh g`or-makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu bola dafn etilganda ibtidoiy dafn marosimlariga amal qilinib, jasad atrofiga tog` echkisi shoxlari qadab qo`yilgan. Shuningdek, g`or-makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o`rni va atroflaridan tog` echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan Teshiktosh odami O`rta Osiyodagi neandertal qiyofadagi qadimgi odamlarning yagona vakili bo`lib, bu hududlardan hozirgacha boshqa topilmagan.
Toshkent viloyatidagi Obirahmat makoni Tyanshan-Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori oqimidan topilgan. G'or-makon yosimon shaklda bo`lib, janubga qaragan, sahni keng, quruq va yorug`. G`orda 10 metr qalinlikdagi 21ta madaniy qatlam aniqlangan bo`lib, ushbu qatlamlar qadimgi odamlar bu yerda uzoq vaqt yasbaganlaridarj dalolat beradi. Madaniy qatlamlardan obak toshli cbaqmoq toshdatil yasalgan xilma-xi! mehnat qurollari, jumladan, nukleuslar, parrakchalar, o`tkir uchli sixchalar, qirg`ichlar va kurakchalar, uchrindidan tayyorlangan kesgichlar topilgan bo`lib, ularning umuraiy soni 30 mingdan oshadi. Shuningdek, Obirahmatdan hayvon suyaklaridan yasalgan bigizJar hamda bug`u, tog`- echkisi, to`ng`iz, jayron, arxar va boshqa hayvonlarning suyaklari, gulxan, kul, kO`mir va boshqa narsalar qoldiqlari bam topilgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda. Obirahmatda qadimgi odamlar miloddan 120-40 ming yil ilgari yashab terib-termachilik va yovvoyi hayvonlarni ovlab tirikchilik qilganlar.
Topilmalari bilan mashhur bо`lgan Qo`tirbuloq makoni Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on hududlaridan topilgan. Tadqiqotlar natijasida makondan 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Qatlamlarning qalinligi har xil bo`lib, ulardagi topilraalar ham bir xilda tarqalmagan. Bu qatlamlarda o`tkir uchli poykonlar, qirg`ichlar, teshgichlar, ikki tomoniga ishlov berilgan bargsimon qurollar va boshqa turli-tuman tosh qurollar topilgan. Sbuningdek, ko`plab yovvoyi hayvonlar - fil, bug`u, yovvoyi ot, quyon kabilarning suyaklari aniqlangan. Qo`tirbuloqda yashagan qadimgi odamlar rnevaJar va o`simlik ildizlari hamda yovvoyi hayvonlarni ovlab turmush tarzi yuritganlar.
O`rta paleolit davriga kelib qadimgi odamlar O`rta Osiyoning keng hududlariga tarqala boshlaydilar. Bu davrda, ayniqsa uning so`nggi bosqichida qadimgi odamlarning turmush tarzida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo`ladi. Qurollarning turlari ko`payadi. Ayniqsa, ovchilik bilan bog`liq bо`lgan nayzasimon o`tkir paykonlar, turli pichoqlar, qirg`ichlar, kesgichlar shular jurnlasidandir. Bu davrning ijtimoiy hayotdagi eng muhim xususiyati shundaki, bu davrda ibtidoiy to`dadan urug`chilik jamoasiga o`tila boshlandi. Hozirgi zamon odamlariga O`xsbash odamlar (kromanyon) paydo bo`lishi uchun zamin hozirlandi.
Bu shart-sharoitlarning negizida mehnat qilish bilan bevosita bog`liq mehnat qurollarining takomillashuvi va shu asosda o`sha davr kishilarining xo`jalik hayotidagi dastlabki olg`a siljishlar yotadi. Demak, bu davr ishlab chiqarish bilan bog`liq bо`lgan qurollar takomillashayotgan, nutq madaniyati o`sib borib, fikrlash nisbatan ancha oshgan, olov sun'iy tarzda yaratila boshlangan, ovchilik ancha rivojlanib, keng hududlarga tarqalgan davr edi.
O`rta paleolit davri O`rta Osiyo hududlarida tabiiy iqlirn o`ziga xos bo`lib. yozda ob-havo iliq va quruq. qishda esa sovuq va namgarchilik bo`lgan. Bu davrning o`rtalari va oxirlariga kelib shimoldan ulkan muzlikning siljib kelishi natijasida iqlim tamoman o`zgaradi. Natijada aadirngi odamlar turraush tarzida katta o`zgarishlar bo`lib o`tdi. Sovuq iqlim tufayli odamlar ko`proq g`orlarga joylasha boshlaydilar. Janubdagi lcichik tuyoqli issiqsevar hayvonlar qirilib ketib shimol bug`ulari, mamontlar, ulkan ayiqlar paydo bo`ladi. Ulkan hayvonlarning paydo bo`lishi esa o`z navbatida jamoa bo`lib ovchilik qilishning paydo bo`lishiga olib keldi.
Undan tashqari sovuq iqlim tufayli o`rta paleolit davri odamlari olovni kashf etdilar hamda sun'iy olov chiqarish va uni saqlashtri o`zlashtirdilar.g`or va ungurlarni o`zlasbtirish, o`choq yasab uning atrofida to`planish va nihoyat jamoa bo`lib ov qilish uslublarining paydo bo`lishi mintaqamizdagi qadiragi odamlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.