IQTISODIYOTNI BARQARORLASHTIRISH
|
tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish
|
ISHLAB CHIQARISH
|
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
|
JAMIYAT
|
insonlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzum.
|
JAMOAT NAZORATI
|
a) qabul qilingan qonunlar va qonun hujjatlari ijrosi;
b) hokimiyat qonunlari qanday qabul qilinishi va ijro etilishi;
v) qonun va boshqa qonun hujjatlarining tayorlanish jarayoni;
g) davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarning faoliyatlari;
d) davlatning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik vakillari va jamoat tashkilotlarining nazorati
|
JAHON SIYOSATI
|
umumsayoraviymohiyatiga ega bo‘lgan, jahon hamjamiyati taqdiri va istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat.
|
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH
|
jinoiy xatti-harakatlarning ijtimoiy xavfliligi va turiga qarab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning har biri alohida, o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasidan kelib chiqqan holda, idoraviy usul va vositalar orqali kurashishga qaratilgan faoliyat
|
JO’QORG’I KENGES
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi parlamenti
|
KOMPETENTSIYA
|
bilim, ko‘nikma, malaka, qadriyat, boshqa shaxsiy sifatlar, ijobiy natijalarni faoliyatda ko`rinishi
|
KONFESSIYA
|
(lot. – tan olish, e’tirof etish) diniy ishonch, e’tiqod; shu bilan birga mazhab mazmuniga ega tushuncha.
|
|