O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə86/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   99
UMK (2022-23)

MADANIY MEROS OB'EKTLARI 

moddiy va nomoddiy madaniy meros ob'ektlari

MAGISTR 

(lot. – boshliq, ustoz) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi

MAHALLA

“Mahalla” so‘zi arabcha „Mahallun“ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma’noni anglatadi.

MENTALITET

(nem. – aql, idrok) Jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini qamrab oladi.

MODDIY MADANIY MEROS OB'EKTLARI 

tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar

MODERNIZATSIYALASH

jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui

MULKCHILIK MUNOSABATLARI

mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar

NOMODDIY MADANIY MEROS OB'EKTLARI 

tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so'z, raqs, musiqa, tomosha san'ati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati bilan bog'liq bilimlar, tabiat va koinotga oid urf-odatlar, ko'nikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar

OLIY KENGASh

O‘zbekistonda 1990-1994 yillar mobaynida qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan oliy vakillik organi. Bu organ 1925-1989 yillar mobaynida «Oliy Sovet» deb yuritilgan. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan uning nomi «Oliy Kengash»ga o‘zgartiriladi.
Prezident (lot. praesidens – oldinda o‘tiruvchi) – Respublika boshqaruvi shaklidagi davlatlarda davlat va hukumat rahbari
Parlament (fr. parler – so‘zlashmoq, gapirmoq) – demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. Ilk bor XIII asrda Angliyada davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida vujudga kelib, keyingi asrlarda boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.
Oliy Majlis – O‘zbekiston Respublikasining Oliy Qonun chiqaruvchi organi.
Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida joriy etilgan bo‘lib, unga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palata – Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat. Ularning vakolat muddati 5 yil.


Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin