7-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti. (2 soat) Madaniy uyg‘onish (renessans). Mamlakat hududida sodir bo‘lgan renessanslar (IX-XII, XIV-XV asr) mohiyati. Yangi O‘zbekiston uchinchi renessans tomon tutilgan yo‘l. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi.
Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi.
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. (2 soat) Mamlakatda ilm-fan rivojining tarixiy ildizlari. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda taʼlim va tarbiyaning o‘rni va roli. “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Taʼlimning milliy modelini shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni. Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.
9-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi. (2 soat) Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. O‘zbek va qoraqalpoqlar xalqi do‘st va birodar xalqlar.