IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1.O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mazmun va mohiyati.
2. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
3.Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
4.O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar)
5. Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar.
6. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi.
7. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
8. O’zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari: Amir Temur – buyuk davlat arbobi. O’zbekiston – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
9. O‘zbekistonni xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini ko‘tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.
10. Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi.
11. Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi (14 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi.
*Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
3.
V. Ta’lim natijalari /Kasbiy kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba bilishi kerak:
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyatini, O‘zbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan o‘zgarishlarning ahamiyatini;
zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlari haqida tasavvurga ega bo`lishi; (bilim)
O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilishi va undanfoydalana olishi; (ko‘nikma);
O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi kompetensiyalariga ega bo‘lishi kerak. (malaka)