10-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 soat) O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari. O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi. O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o‘rni. O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasida olib borgan siyosati. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi. O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi. O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasida olib borgan siyosati.
11-mavzu. Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. (2 soat) 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va natijalari.
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari:
– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish.
– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish.
– milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash.
– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish.
– maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish.
– milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish.
– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.