O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə41/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

2 .Ol‘chov mexanizmlari.
Har qanday asbobning asosiy baholanadigan qismi ol‘chov mexanizmi bo‘ladi.Masalan: 1).Magnitoelektrik o‘lchash mexanizmi-Kundalik amaliyotda elektr toki va kuchlanishlami texnik o‘lchash uchun ko‘p incha magnitoelektrik va elektromagnit sistemalaming strelkali asboblari ishlatiladi. Magnitoelektrik o‘lchash mexanizmining ishlashi doimiy magnit maydon bilan elektr tokining o‘zaro ta‘siriga asoslangan. Mexanizmning konstruktiv sxemalaridan biri 3- rasmda tasvirlangan. Bu mexanizm bikr mahkamlangan taqasimon doimiy magnit va shu magnit hosil qiladigan magnit maydon muhitida joylashgan qo‘zg‘aluvchi tokli ramkadan tashkil topgan (4- rasm.) Qo‘zg‘aluvchi qismda aylanma moment o‘zgarmas magnitning magnit maydoni va ramkadan o‘tadigan tokning o‘zaro ta‘siri natijasida hosil bo‘ladi. O‘lchash asbobining o‘qiga kuch ta‘sir qiladi:
F=BIlω
bunda B — magnit maydon induksiyasi, I — tok, w — ramkaga o‘ralgan chulg‘amdagi o‘ramlari soni, l — tokli o‘tkazgichning magnit maydoniga kiritilgan qismining uzunligi.
S trelka, o‘q va ramka o‘zaro bikr bog‘langan. Ramka aylanganda o‘q va strelka ham aylanadi. Ramkaning enini d deb olsak, unga ta‘sir qiluvchi aylanma moment

3-rasm.
Magnit elektrik o‘lchash mexanizmidan ko‘p incha o‘zgarmas to kattaliklarini o‘lchashda foydalaniladi. Har bir o‘lchash mexanizmini tok, kuchlanish va boshqa elektrik kattaliklarni o‘lchashda qo‘llash mumkin. Bunda uning o‘lchash sxemasi o‘zgaradi, xolos.
2).Elektro magnit va elektrodinamik o‘lchash mexanizmlari. Bu mexanizmlaming ishlash prinsipi qo‘zg‘aluvchan ferromagnit o‘zak qo‘zg‘almas chulg‘amning ichiga tortilishiga asoslangan (4-rasm). O‘chanadigan tok yoki tokka proporsional kattalik g‘altakdan o‘tib, ferromagnit o‘zakni tortishi natijasida aylanma moment hosil bo‘ladi. Ma‘lumki, magnit maydonning energiyasi shu maydonni hosil qiluvchi tokning kvadratiga proporsional:
W
Mana shu energiya hisobiga o‘zak g‘altak ichiga tortiladi.
S hu ifodaga asoslanib, o‘lchash asbobining o‘qiga ta‘sir etuvchi aylanuvchi momentni topish mumkin:

bunda: ∆a —ferromagnit o‘zakning g‘altakka tortilish burchagi, ∆L — ferromagnito‘zak g‘‘ltak ichiga
4-rasm. kirishi natijasida induktivlikning o‘zgarishi
Bu o‘lchash asboblaridan asosan o‘zgaruvchan tok kattaliklarini o‘lchashda foydalaniladi. Elektr zanjirlarida quvvat va energiyani o‘lchash uchun elektrodinamik va ol‘chov mexanizmlarining ishlash pripsipidan foydalanish mumkin. Amalda odatda elektrodinamik valtmetrlar va elektr energiyasining induksion schotchiklari ishlatiladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin