O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


-ILOVA. 11-MAVZU :AVTOMATIKANING ELEKTR VA MAGNIT ELEMENTLARI



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə64/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

1-ILOVA.
11-MAVZU :AVTOMATIKANING ELEKTR VA MAGNIT ELEMENTLARI.
Reja:
1.Avtomatik tizimlari haqida tushuncha.
2.Datchiklar tuzilishi va ishlashi.
3.Relening turlari .
4.Magnit boishqaruvchi kontaktlar (gerkonlar).
Tayanch so‘zlar va iboralar:avtomatika, datchiklar, elektromagnit rele, vaqt relesi, magnit boshqaruvchi kontaktlar.
2-ILOVA.
Baholash mezoni.

T/r

Baholash mezoni

Baho

1.

Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..

5

2.

Savollarga noto‘liq javob berish.

4

3.

Savollarga qisman javob berish

3

4.

Savollarga umuman javob bermaslik

2

3-ILOVA.
1.Avtomatik tizimlar.
Odamzot hamma vaqt o‘z mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga intiladi. Mexanizatsiyalashda inson og‘ir va charchatadigan, ba’zan esa xavfli mehnatdan ozod bo‘ladi. Faqat bunda odam o‘ziga boshqaruvchi vazifasini qoldiradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ishlab chitsarish taraqqiyotining anchagina yuqori bosqichidir. Bu holda boshqarish va nazorat qlishni ham avtomat qurilmalar bajaradi. Inson ishlab chiqarishda avtomatik qurilmani dastlabki sozlashda, rostlashda va davriy ravishda to‘g‘irlab turishdagina qatnashadi. Odamzotni mashina va mexanizmlarni bevosita boshqarishdan ozod qilishga imkon beruvchi vositalarni va usullarni urganuvchi fan va texnika tarmog‘iga avtomatika deyiladi.
Avtomatika quyidagi tizimlarga bo‘linadi:

  1. Avtomatik nazorat tizimlari — bular har xil parametrlarni yoki ishjarayonlarini avtomatik ravishda nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.

  2. Avtomatik boshqaruv tizimlari — bu sistemalarda boshqaradigan elementga boshqaruvchi signal qo‘lda yoki avtomatik ravishdaberiladi

  3. Avtomatik rostlash tizimlari — bu tizimlarda rostlovchi parametrning berilgan qitymati avtomatik tarzda ushlab turiladi.

  4. Kuzatuvchi tizim — bu tizimda chiqish kattaligi (ma’lum aniqlik bilan) kirish kattaligini takrorlaydi.

2.Datchiklar.
Datchiklar parametrlarni o‘lchaydi va ularni elektr signallarga o‘zgartirib beradi.
Datchiklar parametrlarni o‘lchaydi va ularni elektr signallarga o‘zgartirib beradi.

1-rasm. Poteitsiometrik datchik: 1—po‘kak, 2— richag,3-qo‘zg‘aluvchan kontakt,4-potensiometr.
1. Potentsiometrik datchiklarliniya va burchak kuchirishlarini qarshilik, tok yoki kuchlanishga o‘zgartirib beradi. 1-rasmda potentsiometr yordamida suyuqlikning sathi o‘lchanadi. Suyuqlikning sathi o‘zgarganda, potentsiometrning dastasi harakatlanadi va natijada datchik ish kuchlanishini U2 o‘zgaradi. 2. Sigimli datchiklar. Kondensator sirimini aniqlash quyidagi tenglama

B o‘yicha sigimli datchiklar qoplamalari yuzasi S ni,ularning orasidagi masofa
l-ni yoki dielektrik kirituvchanlik e-ni o‘zgartirib tuzish mumkin. Masalan, sigimli datchiklar suyuqlikning sathini
(2-rasm), bosimni,uncha katta bo‘lmagan ko‘chirishlarni, namlikni, tasmalarning qalinligini o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
2-rasm. Sig‘imli datchik

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin