O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə65/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

3.Rele turlari.
1). Elektromagnit rele.
Hozirgi vaqtda avtomatikada eng keng tarqalgan tuzilmalardan biri reledir. Relega kirish signal berilganda,chikish signali sakrash bilan o‘zgaradi. Elektromagnit neytral relening tuzilishi .2-rasmda ko‘rsatilgan.
Relening magnit tizimi o‘zak, yarmo va yakordan iborat. Chulgamdan tok o‘tganda magnit oqim hosil bo‘lib, yakorni o‘zakka tortadi. Natijada yakor’ boshqa tomoni bilan kontaktlarni bosib, ularni tutashtiradi yoki ajratadi. Kontaktlar esa har xil elektr qurilmalarni boshqaradi.
Uyurma toklarni kamaytirish uchun o‘zgaruvchan tok relesi magnit tizimli ingka po‘lat listlardan yig‘iladi. O‘zgarmas tok relesining magnit tizim qismlarini yaxlit elektrotexnik po‘latdan qilish mumkin. O‘zgaruvchan tok sekundiga 100 marta o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Shuning uchun yakor’ bir sekundda 100 marta o‘zakdan ajraladi va yana tortilishga harakat qidladi. Natijada shovqin paydo bo‘lishi mumkin. Shovqinni yo‘qotish uchun o‘zak kesimi bo‘yicha butunlay yoki kesimning ma’lum qismi bo‘yicha qalin mis simdan yasalgan dempferli o‘ramdeyiladigan o‘ram bilan tutashtiriladi.

2-rasm. Elektromagnit neytralli rele:1- o‘zak,2—yarmo, 3—yakor’, 4—chulg‘am, 5—prujina, b—kontakt
M agnit oqim shu o‘ramni kesib o‘tib, unda EYuK va tokhosil qiladi.
Bu tokning oqimi Фd va asosiy magnit oqimning Фa boshlang‘ich fazalari hosil bo‘ladi (3-rasm).
Asosiy magnit oqim noldan o‘tgan paytida dempfer o‘ramning oqimi
nolga teng bo‘lmaydi va yakorni
3-rasm. Dempferm asosiy magnit tortilgan holatda ushlab turadi. oqimlarining grafiklari.
2). Vaqt relesi
Kontaktlari ma’lum kechikish bilan tutashadigan (ajraladigan) relega vaqt relesi deyiladi. Vaqt relesining quyidagi turlari mavjud:

  1. elektromagnit vaqt relesi, ulardan kechikish vaqti soat mexanizmi yordamida hosil qilinadi;

  2. elektr pnevmatik vaqt relesi — ularda kechikishvaqti silindrdagi havo ma’lum diametrli teshikdan chiqish vaqtiga bog‘liq , teshikning diametrini o‘zgartirib relening relening kechikish vaqtini o‘zgartirish mumkin;

  3. elektr mashinali vaqt relesi — ularda kechikishvaqtgi elektr dvigatelning aylanish soniga proportsional bo‘ladi.

  4. electron vaqt relesi –ularda kechikish vaqti ko‘p incha kondensatorning zaryad va razryad vaqtiga proporsional bo‘ladi.


Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin