1-ILOVA 12. MAVZU: ELEKTR YURITMA ASOSLARI. Reja: 1.Elektr dvigatellarning qizishi va sovutilishi.
2.Himoya apparatlari.
3.Qo‘lda boshqarish apparatlari.
Tayanch so‘z va iboralar: elektr yuritma, o‘ta qizish temperaturasi, rubilniklar, knopkalar, paketli (yig‘ma) uzgichlar, eruvchan saqlagichlar, avtomatik o‘chirgichlar.
2-ILOVA Baholash mezoni.
Baholash mezoni
Baho
1.
Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..
5
2.
Savollarga noto‘liq javob berish.
4
3.
Savollarga qisman javob berish
3
4.
Savollarga umuman javob bermaslik
2
3-ILOVA Umumiy tushunchalar. Ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan elektromexanik tizimga elektr yuritma deyiladi. Elektr yuritma boshqaruvchi va uzatish qurilmalaridan, dvigatelning o‘zidan va ishchi mexanizmdan iborat. Boshqaruvchi qurilma elektr yuritmaning ishini boshqaradi. Masalan, kuchlanish qiymatini va chastotasini, ishchi mexanizmi quvvatini, dvigatelning aylanish yo‘nalishini uzatish mexanizmi ishchi mexanizmning aylanish tezligini o‘zgartirib beradi. Lekin u reduktor sifatida ham tayyorlanishi mumkin. Bunda uzatish mexanizmi yordami bilan yuritmaning tezligini o‘zgartirish mumkin emas.Hozirgi vaqtda elektr yuritmalar uchta guruhga bo‘linadi: