O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


-Guruhli yuritmada bitta dvigatel’ uzatish qurilmalari yordamida ko‘p mexanizmlarni harakatga keltiradi. 2-Yakka



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə70/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

1-Guruhli yuritmada bitta dvigatel’ uzatish qurilmalari yordamida ko‘p mexanizmlarni harakatga keltiradi.
2-Yakka yuritmalarda ishchi mexanizm shaxsiy dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Lekin ishchi mexanizmning elementlari uzatishlar orqali o‘sha dvigatel bilan ulanadi.
3-Ko‘p dvigatelli yuritmalarda ishchi mexanizmning har bir elementini harakatga keltirish uchun alohida dvigatellar o‘rnatilgan. Masalan, universal dastgox,larda shpindel, support va boshqa elementlar bitta dvigatel’ orqdli hapakatga keltiriladi.

1.Elektr dvigatellarning qizishi va sovutilishi.
Har qanday elektr dvigatelning ishi elektr energiyaning isroflanishi bilan o‘tadi. Isroflar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas qismlardan iborat. O‘zgarmas isroflar dvigatelning yuklanishiga bog‘liq emas — bu podshipniklarning ishqalanishga, ventilyatsiyaga, o‘zaklarga sarflanadigan isroflar. O‘zgaruvchan isroflar dvigatelning yuklanishiga bog‘liq — bu chul’gamlarning qizishiga sarflanadigan isroflar, chunki yuklanish o‘zgarganda chulg‘amlardan o‘tayotgan tok ham o‘zgaradi. Umuman, yuklanish ko‘p aygan sari dvigatelning temperaturasi ham oshadi. Dvigatelning va uning atrofidagi muhitning temperaturalari orasidagi farq o‘ta qizish temperaturasi deyiladi;
τ = t − t0
Bunda: τ — o‘ta qizish temperaturasi, t — dvigatelningtemperaturasi, t0 — muhitning temperaturasi. Hisoblashlarda atrof muhitning temperaturasi 70=40°S ga teng deb olinadi.Dvigatelning o‘ta qizish temperaturasi asosan chulgamlar uchun ishlatiladigan izolyatsiyaga bog‘liq/.Masalan, sintetik organik pardalar uchun o‘ta qizish temperaturasi 80°C ga, paxta-qog‘ozli izolyatsion materiallar uchun 65°C ga teng bo‘ladi. 1- rasmda dvigatelning ish vaqtidagi qizish egichizig‘i ko‘rsatilgan. Dvigatel ulangan paytda (t= 0) uning barcha qismlari temperaturasi muhitnikiga teng. Dastlabkivaqtda dvigateldan atrof muhitga issiqlik kam uzatiladi, chunki hamma issiqlik dvigatelni qizitish uchun sarflanadi. Egi chiziq tez yuqoriga ko‘tariladi. Dvigatel qancha ko‘p qizisa muhitga shuncha ko‘p issiklik uzatiladi va dvigatelning qizishi sekinlashadi.Ma’lum vaqtdan keyin issiklikning kelishi, uningmuhitga uzatilishiga teng bo‘lib qoladi.

1-rasm. Dvigatelning qizish egri 2-rasm. Dvigatelning har
chiziqlar hil (boshlangich) temperaturadagi qizish
egri
Dvigatel temperaturasi barqarorlashadi (t barq ) va o‘zgarmas yuklanishda to‘xtaydi. Har qanday yuklanishga o‘zining barqarorlashgan temperaturasi to‘g‘ri keladi.Yuklanish qancha ko‘p bo‘lsa, qizish egri chizig‘i shuncha yuqori bo‘ladi. Boshlangich temperaturasi qancha yuqori bo‘lsa, dvigatel shuncha tez qiziydi (2- rasm). Dvigatelning sovitilish vaqti uning ventilyatsiya usullariga va massasiga bogliq. Odatda rotor o‘qiga dvigateldan qizigan havoni so‘rib oluvchi ventilyator o‘rnatiladi. Muasil ventilyatsiyali dvigatellarda sovituvchi havo dvigatelga tashqi ventilyatordan beriladi. Bu usul faqat katta quvvatli dvigatellarda qo‘llaniladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin