O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


Simlarning ko‘ndalang kesimini tanlash



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə78/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

6. Simlarning ko‘ndalang kesimini tanlash.
Elektroenergiya iste’m olchilarni elektr bilan ta’minlashda o‘tkazgich materiallar sifatida alyumin va misdan yasalgan simlar ishlatiladi. Elektroenergiya iste‘molchilarning quvvatlari hisoblanganda, simlarning ko‘ndalang kesimi hisobga olinadi. Sanoat korxonalarida ko‘ndalang kesimi 0,5 ; 0,75; 1,0; 1,5; 2,5; 4; 6; 10; 16; 25; 35; 50 mm2 bo‘lgan simlar ishlab chiqariladi. Tanlangan simlar mexanikaviy chidamli, uzoq vaqt xizmat qilishi, kuchlanishning yo‘qolishi juda kam bo‘lishi hisobga olinadi. Simlarda kuchlanish yo‘qolishi quyidagicha hisoblanadi:
∆𝐔 = 𝐈𝐩𝐑𝐜𝐨𝐬𝛗
Bu yerda:Ip ≤ Idnp
Ikki simli tarm oqlarda qarshilik:

bu yerda: L — liniyaning uzunligi, m; q-simning ko‘ndalang qismidagi yuza mm2; 𝛄-solishtirma o‘tkazuvchanlik;

Alyuminlar uchun𝛄= 33, mis simlar uchun 𝛄 = 54.

Bir fazali tokopriyomniklarni elektr bilan ta’minlanganda elektr tarmoqlarining oxirida kuchlanish yo‘qolishi 5%dan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
4-ILOVA
Mustahkamlash uchun savollari:

  1. Elektr energiyasidan foydalanishning ahamiyati.

  2. Energiya resurslaridan foydalanish.

3.Elektr yuklama (nagruzka) va elektr energiya sarfini hisoblash.
4. Elektr ta’minoti sxemalari qanay bo‘ladi.
5-ILOVA
Davra stolining tuzilsi
Yozma davra suhbatida (1-chizma) ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta‘lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta‘lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta‘lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta‘lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar
varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta‘lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan.
1.ta`lim oluvchilar.

“Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi.


Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta’lim oluvchi bo’lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo’yiladi.

Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo’yicha o’z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o’z javobini yozib, konvert ichiga solib qo’yadi.


Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo’nalishi bo’yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.



Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo’yadi hamda yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

Konvert davra stoli bo’ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining o’ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar



Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin