18.4. Randalash, o’yish, protyajkalash stanoklari va ularda ishlash Reja:
1. Randalash, o‟yish, protyajkalash stanoklari va ularda bajariladigan ishlar.
2. Randalash, o‟yish va protyajkalashda ishlatiladigan kesuvchi asboblar.
3. Randalash, o‟yish va protyajkalashda kesish jarayonining asosiy elementlari.
4. Randalash, o‟yish va protyajkalashda kesish kuchi va quvvat.
Adabiyotlar: 7, 5, 1, 3, 6, 2.
Tayanch iboralar: Dorn, dornavanie, zagatovka, nakatka, strujka, revers, dolbyak, obdirka.
1.Randalash, o’yish, protyajkalash stanoklari va ularda bajariladigan ishlar Randalash stanoklar ko‟ndalang va bo‟ylama randalash stanoklariga ajratiladi:
Ko‟ndalang randalash stanoklarikichik va o‟rtacha o‟lchamli gorizontal, vertikal va qiya
yuzalarni randalash uchun mo‟ljallangan.
Bo‟ylama randalash stanoklaricho‟yan va po‟lat zagatovkalarning (stanok staninalari, plitalar,
podshipnik korpuslari tanglik-larining) to‟g‟ri chiziqli tor va uzun yuzalarini randalash uchun
ishlatiladi.
O‟yish dastgohlariyakka ishlab chiqarish, ta„mirlash ishlari va mayda seriyalab ishlab
chiqarish sharoitida teshiklar, shponka pazlari, ariqchalar, shakldor profillar ishlash, sirtqi
yuzalar randalash uchun mo‟ljallangan.
Protyajkalash stanoklariprotyajkalar yordamida ichki va sirtqi yuzalarga ishlov berish uchun
ishlatiladi. Kesuvchi asbobning harakat yo‟nalishiga qarab, protyajkalash stanoklari gorizontal
hamda vertikal protyajkalash stanoklariga bo‟linadi. Bu stanoklardan seriyalab va kuplab ishlab
chikaroshda shakli jixatidan xilma-xil bulgan ochik teshiklarga ishlov berishda, sirtki yuzalarni
ishlashda, shuningdek aylanish jismlarga ishlov berishda foydaniladi.
2. Randalash, o’yish va protyajkalashda ishlatiladigan kesuvchi asboblar Tokarlik keskichlari kesuvchi kismining shakli qanday bulsa, randalash keskichlari kesuvchi
qismining shakli ham xuddi shunday bo‟ladi. Randalash keskichlari vasifasiga ko‟ra qo‟yidagi
xillarga bo‟lunadi:
1. Utuvchi keskichlar;
2. Tozalab randalash keskichlari;
3. Kesib tushirish keskichlari;
4. Ariqcha ochish keskichlari;
5. Yonaki keskichlari;
O‟yish keskichlari o‟z tuzilishi jihatidan olganda randalash keskichlariga qaraganda
ancha puxta bo‟lishi kerak, chunki o‟yish keskichining support keskich tutqichidan chiqib
turadigan qismi randalash keskichlarnikidan uzun bo‟ladi.
Bajariladigan ishning xaraktiriga qarab, o‟yish keskichining tegishli shakli tanlab
olinadi. O‟yish keskichining quyidagi tiplari (xillari) bo‟ladi:
1. Ariqcha o‟yish keskichi;
2. SHponka ariqchasi (pazi) o‟yish keskichi;
3. Tutqichga qo‟ndiriladigan keskich;
Protyajkalashda ishlatiladigan kesuvchi asbob protyajka deb ataladi. Protyajka ko‟p tig‟li
kesuvchi asbob bo‟lib, unda har bir navbatdagi tish o‟zidan oldingi tishdan kesib olinadigan
qatlam qalinligicha (surish S