Takrorlash ucnun savollar: 1.
Qanday materiallarni bosim bilan ishlash mumkin?
2.
Metalda rekristallanish deb nimaga aytiladi?
3.
Metallarni prokatlash deb nimaga aytiladi?
4.
Prokatlashning qanday turlarini bilasiz?
5.
Metallarni kiryalash nima? Uning qanday turlari bor?
6.
Metallarni presslash deb nimaga aytiladi?
7.
Presslashning yana qanday turlarini bilasiz?
16-Mavzu: Metallarni payvandlash. Elektr yoyi bilan payvandlash. Payvandlashning zamonoviy usullari. Materiallarni kavsharlash 16.1. Metallarni payvandlash Reja: 1. Umumiy ma‟lumot.
2. Payvandlash turlari.
3. Payvand birikmalarining va choklarining asosiy turlari.
4. Metallarning payvandlanuvchanligi.
5. Payvand choklarda uchraydigan asosiy nuqsonlar. Tayanch iboralar: payvandlash,
payvand
birikma,
payvand
chok,
metallarning
payvandlanuvchanligi.
Umumiy ma’lumot Turli konsturksion material bo‟laklarini atomlararo kuchlar ta‟sir etadigan darajada
yaqinlashtirib, yaxlit qilib biriktirish jarayoni payvandlash deyiladi.
Amalda bu maqsadlar uchun payvandlanuvchi metallning payvandlash yuzalari yo
suyuqlantiriladi, yoki yuqori plastik holga kelguncha qizdirilib, bosim ostida o‟zaro
yaqinlashtitirladi. Bunda yuzadagi mavjud oksid pardalar parchalanib, yuza g‟adur - budurligi
ezilib, atomlararo tortishish kuchlari hisobiga bog‟lanishga sharoit yaratiladi.
Metallarni payvandlashning oddiy usullari odamlarga qadimdan ma‟lum. O‟sha
zamonlarda
qoplama
bolta,
sovut
singari
turli
buyumlarni
tayorlaganlar,
lekin
payvandlanadigan joylarni qisqa vaqt ichida obdon qizdirib beradigan energiya manbalarining
yo‟qligi bu usulning rivojlanhishiga asosiy to‟siq bo‟lib keldi.
1802 yilda rus olimi B.B.Petrov ko‟mir va metall sterjenlardan elektr tokini o‟tkazganda
hosil bo‟ladigan yuqori haroratli elektr yoy hodisasini o‟rganib, yoy issiqligidan metallarni
suuqlantirishda foydalanish mumkinligini ko‟rsatdi. 1882 yilda rus ixtirochisi injener
N.N.Benordos ko‟mir elektrod bilan elektr yoy yordamida metallarni payvandlash usulini ixtiro
etdi. 1888 yilda injiner N.G.Slavyanov suyuqlanuvchan metall elektrod bilan yoy yordamida
metallarni payvandlash usulini ixtiro etdi. Shuningdek u, payvandlash generatorini hamda
payvandlashda yoy uzunligini avtomatikaviy ravishda rostlab turadigan moslama
konsttruksiyani yaratdi.
Metallarni payvandlashning jadal rivojlanishi XX asrning 30-40 yillariga to‟g‟ri keladi.
Bu yilda Ukraina FA akademigi E.O.Paton rahbarligida metallarni flyus qatlami ostida elektrik
yoy yordamida avtomatikaviy payvandlashning yangi usuli ishlab chiqildi. Bu usul xalq
xo‟jaligida 1940 yildan boshlab keng qo‟lanila boshladi.
Payvandlash yo‟li bilan metall konstruksiyalarning qalinligi 0,1 mm dan 250 mm gacha
bo‟lgan istalgan shakldagi elementlarning puxta birikmalari olinadi. Payvandlash hosil qilgan
birikmlar parchinlab birktirilga konstruksiyalardan 10-15%, quyma birikmalardan 30-40%
yengil bo‟lganligi uchun, ancha metall iqtisod qilish imkonini beradi. Payvandalshda ish vaqti,
ish kuchi tejaladi va metall konstruksiya arzonga tushadi.