11 - rasm. Pо‟latning mexanik xossalariga uglerodning ta„siri.
Pо‟lat uchun zararli hisoblanuvchi azot va kislorod elementlari pо‟lat tarkibida, asosan,
oksidlar (
FeO, SiO
2
, Al
2
O
3
, Fe
4
N) shaklida uchraydi va sof holda mikronuqsonlar tо‟plangan
joyda joylashadi (darz va g‟ovaklarda). Bu elementlar pо‟latning sovuq holda mo‟rtligini
oshiradi, zarbiy qovushoqligini pasaytiradi.
Fosfor pо‟latning sovuq holatda mо‟rtligini oshiradi, plastikligi va zarbiy qovushoqligini
kamaytiradi. Yuqori sifatli pо‟latlar tarkibida fosfor miqdori 0,03 % dan oshmasligi kerak.
Marganes pо‟latga kislorod va oltingugurtning zararli ta„sirini
kamaytirish uchun
qо‟shiladi. U pо‟latning puxtaligini oshiradi; Pо‟lat tarkibida 0,8 % gacha marganes bо‟lishi
maqsadga muvofiqdir.
Кremniy ham pо‟latni kisloroddan tozalaydi, uning puxtaligini oshiradi, u ferritda tо‟liq
eriydi va alohida struktura sifatida kuzatilmaydi. Odatda, pо‟lat tarkibida 0,5 % gacha kremniy
bо‟ladi.
Uglerodli pо’latlarning turlanishi va markalanishi
Ро‟latlar ishlab chiqarish usuliga,
kimyoviy tarkibiga, qо‟llanilish sohasiga,
qaytarilganlik darajasiga va strukturasiga kо‟ra turlanadi.
Dostları ilə paylaş: