18
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining
rivojlanishida kichik
biznesning о‘rni va roli alohida ahamiyatga ega bо‘lib, uning yordamida bozorni
iste’mol tovarlari bilan tо‘ldirish va hududiy monopolizmga barham berish, raqobat
muhiti
vujudga kelishi va kengayishi, ilmiy texnika natijalarini ishlab chiqarishga
joriy
etish va, eksport salohiyati yuksalishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatash jarayonlari
sodir bо‘ladi.
Kichik biznesning yana bir xususiyati nisbatan kam xarajatlar evaziga yangi ish
о‘rinlarini yaratish va shu orqali bandlik muammosini hal etishga hissa qо‘shishi
hisoblanadi.
Shu bilan birga, kichik biznes turli ijtimoiy guruhlar daromadlari
о‘rtasidagi
tafovutlarni qisqartirishga, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni
sarmoyadorlik darajasi yuqori bо‘lgan sohalarga yо‘naltirishga, iqtisodiyotning turli
sektorlari о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishga о‘z
hissasini
qо‘shadi.
Kichik biznesning ijtimoiy vazifalari ham muhim ahamiyatga ega. U ijtimoiy
jihatdan zaif aholi qatlamlari: ayollar nogironlar, nafaqaxо‘rlarni va boshqalarni ish
bilan ta’minlaydi hamda ularning mehnatidan keng foydalanadi. Yosh
mutaxassislarning ishlab chiqarish tajribasi ortishiga sharoit yaratadi. Kichik biznes
kishilarning
tadbirkorlik, ishbilarmonlik, ijodkorlik salohiyatlarini
namoyish etish
uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Unda yirik korxonalardan farqli о‘laroq, ishlab
chiqarish natijalari va ishlovchilar manfaatlari о‘rtasida bog‘liqlikda yaqqol kо‘rinib
turadi.
Dostları ilə paylaş: