1.2.1-rasm KBXT ni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning iqtisodiy
mexanizm dastaklari
aralash tadbirkorlik - bitta (yoki bir necha) yuridik shaxs (korxona) va bir
necha jismoniy shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil kilinadi;
kо‘shma tadbirkorlik - ikki yoki undan ortik yuridik shaxslar (shu jumladan
chet el korxonalari) mulkini birlashtirish yо‘li bilan tashkil kilinadi;
shartnomaviy tadbirkorlik - mulk egasi bо‘lmagan korxona raxbari (yoki
boshka mas’ul lavozimdagi xodim - menejer) tomonidan shartnoma asosida amalga
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning davlat tomonidan qо‘llab-
quvvatlashning iqtisodiy mexanizm dastaklari
Soliq imtiyozlarini berish
Baho nazoratini о‘rnatish
Boj haqi va litsenziya mexanizmini qо‘llash
Eksport kvotalarini belgilash
Davlat xaridi uchun imtiyozli shart-sharoitlarni yaratish
Imtiyozli kreditlash
Investitsiyalar kiritishning qulay muhitini yaratish
Soddalashtirilgan soliqqa tortish mexanizmini yaratish
22
oshiriladi. Bunda mulk egasi yoki uning ishonchli vakili (idorasi) tomonidan ishlab
chikarishni uyushtirish va boshkarish bо‘yicha belgilangan xukuk majburiyatlar va
javobgarlik ishga olingan tomonga, ya’ni korxona raxbari yoki boshka mas’ul
lavozimdagi xodimga yuklanadi;
korxona raxbari (yoki menejer) xuddi ishbilarmon fukaroga mos tartibda
rо‘yxatga olinadi va u kabi mas’uliyatga ega bо‘ladi.
Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes kuyidagi aloxida xususiyatlari: ishlab
chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat tarmogiga tegishliligi bilan
tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon bо‘ladi. Kichik biznesga о‘zining
mustakil mulki va xо‘jalik mustakilligiga ega bо‘lgan va о‘zining faoliyati soxasida
yukori xisoblanmagan firmalar kiradi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kichik biznes korxonalari xususiy mulk
asosida tashkil etiladi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil
11 oktabridagi “Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli bо‘lgan
korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 439-sonli
qarorida ta’kidlanishicha:
mikrofirmalar deb, mulk shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish sohasida yiliga
о‘rta hisobda 20 nafargacha, xizmat kо‘rsatish sohalarida 10 nafargacha, savdo
sohasida 5 nafargacha;
kichik korxonalar deb mulk shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish sohasida
yiliga о‘rta hisobda faoliyat yо‘nalishiga kо‘ra 50-100 kishigacha, savdo, xizmat
kо‘rsatish sohalarida 20-25 nafargacha ish bilan band xodimga ega bо‘lgan yuridik
shaxslar tushuniladi
28
.
Yuqorida bayon etilganlardan kо‘rinib turibdiki, kichik biznes korxonalari
iqtisodiyotda xо‘jalik yuritishning mutlaqo yangi shakli emas. Kichik biznes
korxonalari dastlab davlat korxonalari shaklida barcha Hamdо‘stlik davlatlari
iqtisodiyotida mavjud bо‘lgan, biroq ushbu davrlarda ularning faoliyatiga yetarlicha
e’tibor berilmagan edi.
28
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2003 йил 11 октябридаги “Кичик тадбиркорлик
(бизнес) субъектларига тегишли бўлган корхоналар ва ташкилотлар классификациясини тасдиқлаш
тўғрисида”ги 439-сонли қарори. “Халқ сўзи”, 2003 йил 12 октябрь.
23
Katta bо‘lmagan korxonalar tarkibiga odatda huquqiy jihatdan mustaqil
xо‘jaliklar, ayrim holatlarda esa yirik ishlab chiqarish birlashmalari tarkibidagi
korxonalar kiritilar edi. Korxonalarni turkumlashtirishda odatda ularda ishlovchilar
soni asosiy mezon sifatida ajratib kо‘rsatilar edi
29
. Ushbu mezonga kо‘ra 46 foizga
yaqin korxonalar katta bо‘lmagan korxonalar tarkibiga kirar edi. Bundan tashqari
korxonalarni turkumlashtirishda yalpi mahsulot hajmi kо‘rsatkichidan ham
foydalanilar edi. Endilikda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qaroriga asosan kichik korxonalarni aniqlash mezoni sifatida xalqaro amaliyotda
keng qо‘llanilayotgan rо‘yxatdagi xodimlar soni kо‘rsatkichini yagona va
belgilovchi mezon sifatida ajratib berish nazarda tutilad. Shu bilan bir vaqtda
bizning fikrimizcha fan va texnikaning yuksak taraqqiyoti sharoitida korxonaning
haqiqiy kо‘lami haqida aniq va tо‘g‘ri ma’lumot bera olmaslik hislatlari ham sodir
bо‘ladi.
Oxirgi yillarda О‘zbekistonda davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish sohasidagi yondashuvlar tubdan qayta kо‘rib chiqildi, korxonalar
kapitalida davlat ishtirokini keskin kamaytirish bо‘yicha qarorlar qabul qilindi. Ayni
vaqtda davlat mulkini baholash va keyinchalik xususiy mulk sifatida sotishni
tartibga soladigan meyoriy bazani erkinlashtirish yuzasidan ish olib borilishi
natijasida davlat mulkini investitsiya kiritish va boshqa majburiyatlar asosida sotish
uchun xorijiy va mamlakatimiz investorlari bilan tuzilgan shartnomalarning umumiy
qiymati 3-4 barobar kо‘payib, 310 million dollar hamda 57 milliard sо‘mni tashkil
etdi. Jami tushumlarning 65 foizdan ortig‘i xususiylashtirilayotgan korxonalarni
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yо‘naltirilmoqda. Natijada 2016
yilda xususiy sektorning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 57,0 foizga yetdi.
Sanoat mahsulotlarining qariyb 32,4 foizi, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining salkam
yuz foizi, chakana savdo aylanmasi esa tо‘liq holda ana shu sektor hissasiga tо‘g‘ri
kelmoqda.
29
Абдуқосимов Х. Хусусий кичик тадбиркорлик фаолиятини ривожлантиришнинг иқтисодий муаммолари. Т.:
“ТДИУ”, 1998. 26-б.
24
Statistik ma’lumotlarga kо‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qо‘llab-
quvvatlash hamda uning huquqlari va manfaatlarini himoyalash borasida amalga
oshirilgan ishlar natijasida iqtisodiyotning bu tarmog‘i tobora mustahkamlanib,
uning respublikamiz iqtisodiyotidagi о‘rni, ish bilan ta’minlash va mahsulot ishlab
chiqarishdagi salmog‘i yildan-yilga oshib bormoqda. 2016 yilda YAIMda kichik
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hissasi 56,2, 2017 yilda esa 53,3 ni tashkil
etdi. foizga yetdi. Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlari bо‘yicha mahsulot
ishlab chiqarishdagi hissasi sanoatda 32,4 foizni, qishloq hо‘jaligida 66,4 foizni,
umumiy chakana tovar aylanmasida 43,8 foizni, aholiga pullik xizmatlar
kо‘rsatishda 41,3 foizni, avtomobil transporti yuk aylanmasida 38,7 foizni,
yо‘lovchi tashish xajmida 54,9 foizni tashkil etdi.
Tahlillarimiz kо‘rsatishicha, kichik biznesning tashqi iqtisodiy faoliyati asta
sekin kengayib bormoqda. Uning umumiy eksport xajmidagi ulushi 2016 yilning 1
yanvar holatiga kо‘ra 13,6 foizni tashkil etmoqda, bu kо‘rsatkich 2005 yilga
nisbatan 6,1 foizga oshgan. Kichik korxonalarning tashqi savdo aylanmasi 1345
mln. AQSH dollariga teng bо‘ldi. Ularning asosiy eksport mahsulotlarini - qishloq
xо‘jaligi, tо‘qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnik ishlab chiqarish mahsulotlari,
halq amaliy san’ati buyumlari tashkil etmoqda. Hukumat tomonidan tadbirkorlik
subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish uchun shart-sharoitni
yaratilishi natijasida texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda qulayliklar va
imtiyozlar yaratildi.
Olib borgan tahlillarimiz respublikamizda kichik biznes faoliyatini tashkil
etish bu sohaning rivojlanishiga tо‘siq bо‘lib turgan bir qator muammo va
tо‘siqlarning ham mavjudligini kо‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |