3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Qishloq xо‘jaligi – О‘zbekiston iqtisodiyotining
muhim tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat
mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bо‘lgan
talabini qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizga yaqini agrar tarmoqda
tayyorlanadi. Qishloq xо‘jaligi respublikamizning iste’mol bozoriga oziq-ovqat
mahsulotlari va kayta ishlash sanoatiga xomashyo yetkazib berish bilan birga,
qishloq xо‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati kabi bir qator tarmoqlar
mahsulotlari uchun kafolatli bozor bо‘lib ham hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qishloq xо‘jaligini isloh qilish bо‘yicha
juda katta ishlar amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: