birinchidan
, yuqori texnologiyali rivojlanayotgan firmalar raqobat kurashi
bо‘lishidan manfaatdor emas. Shu sababli ular bozordagi yuqori foyda keltiradigan
bо‘shliqni egallashga harakat qilib, tor darajada ixtisoslashgan mahsulot ishlab
chiqarishga intiladilar;
ikkinchidan,
firmalar yirik korxonalardan butlovchi qismlarni sotib olish
orqali ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirishga intiladilar;
uchinchidan,
kо‘pchilik firmalar ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirish
maqsadida yo bitta turdagi mahsulot ishlab chiqarishga yoki bir turdagi
texnologiyaga ixtisoslashadilar. Ular ana shu mahsulot yoki texnologiyani
iste’molchilarning talabiga moslashga harakat qilishadi. Yirik korxonalarga esa
keng istemolchilarning talabini qondirishga mos bо‘lgan standart mahsulotlarni
ishlab chiqarish xos. Kichik korxonalarning yirik korxonalardan farqi va afzalliklari
ham shundadir;
tо‘rtinchidan,
deyarli barcha kichik korxonalar mustaqillikni saqlab qolishga
intilib, tashqaridan mablag‘ jalb etmaslikka harakat qiladilar. Mutaxassislarning
fikricha, kichik firmalar mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlanib borishi
bilan mustaqillikka va о‘ziga xos bо‘lgan ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirishga
harakat qiladilar.
Yuqorida bayon etilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki,
О‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan raqobatbardoshlik darajasi
kо‘tarilishiga imkon beruvchi eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning
butun bir tarmog‘ini vujudga keltirishga imkon beruvchi qulay shart-sharoitlarni
29
yaratishdirki, bunday korxonalar yigindisi raqobatli bozor muhitini yaratishga
imkon bersin.
Demak, respublikamiz mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga alohida e’tibor qaratish, bu jarayon yangi
innovatsiyalar, tashabbuskorlikni talab etishini, shular asosidagina iqtisodiy
rivojlanishni ta’minlash mumkinligini unutmaslik kerak. Shunday ekan,
mintaqalardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
korxonalar rahbarlari fan va texnika sohasidagi eng sо‘nggi innovatsiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati
rivojlanishining makroiqtisodiy va mintaqaviy tendensiyalarini iqtisodiy tahlil etish
maqsadida kichik biznesni mintaqalarda rivojlantirishning tashkiliy-uslubiy
modelini ishlab chiqishga harakat qilamiz. Bunda makroiqtisodiy tendensiyalarning
ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy va siyosiy jihatlari hamda mintaqalar
rivojlanishining kuchli va zaif imkoniyatlari baholanadi; kelgusi rivojlanishning
xavf-xatarlari turkumlashtiriladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining strategik vazifalari sifatida: eng
muhim ustuvor yо‘nalishlar rivojini rag‘batlantirish; salohiyatlilarga qulayliklar
yaratish; tarmoq va hudud rivoji uchun zarur, ammo rentabelligi past bо‘lgan
subyektlarni qо‘llab-quvvatlash; yuqori foyda keltiradigan bо‘shliqni egallashga
ixtisoslashuv; yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashuv; iste’molchilar talabiga
moslashuv; mustaqil tadbirkorlik muhitini mustahkamlash kabilarni kо‘rishimiz
mumkin.
Bugungi kunda mintaqalarda ishlab chiqarishni texnik jihatdan muntazam
modernizatsiya qilib borish uchun samarali rag‘batlantirish tizimini yaratishimiz
zarur. Bu borada modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlarini jadallashtirish
uchun korxonalarning о‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan
yо‘naltirilayotgan sarmoyalarini uch yilga daromad (foyda) solig‘idan, о‘rnatilgan
va ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan yangi uskunalarni esa mulk
solig‘idan ozod qilish bu masalaga ijobiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin.
30
Davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash deganda, bir tomondan, davlat
tuzilmalari tomonidan kichik kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
raqobatbardoshligini rivojantirishni rag‘batlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy
sharoitlarni yaratish tushunilsa, boshqa tomondan, unga moddiy va moliyaviy
resurslar kiritish kо‘zda tutiladi. Davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash oqilona
dotatsiyalar, soliq solish, kreditlash, sug‘urtalash va investitsiyalashdagi
imtiyozli tartiblar va xokazolar shaklida namoyon bо‘lishi kerak. Bu holda, u
boqimandalikni rag‘batlantirish bо‘lmaydi va kichik korxonalar tomonidan
doimiy holat yoki raqobatbardoshlik va rentabellikni oshirishning asosiy manbai
sifatida qaralmaydi. Zamonaviy sharoitlarda davlat kо‘magining asosiy
tamoyili biznesni ma’muriy-direktiv boshqarishni asta-sekin qisqartirish va
bozor xо‘jaligini barqaror yuritish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish
bо‘lmog‘i lozim. Davlat kо‘magi tarmoqli, geografik, milliy, tarixiy
xususiyatlar va an’analar, shuningdek, xorijiy tajribani hisobga olgan holda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun
iqtisodiy va huquqiy sharoitlar, omillar yaratish sifatida namoyon bо‘lishi kerak.
Kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat
tomonidan qо‘llab-quvvatlashning eng muhim vazifalari kichik korxonalarga
teng huquqlarni ta’minlash, kichik va yirikroq korxonalar о‘rtasidagi xо‘jalik
imkoniyatlari bо‘yicha farqni imkon qadar kamaytirish, О‘zbekiston
xо‘jaligining bozor tizimini shakllantirishning bazaviy jarayonlarida kichik va
yirik kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eng maqbul nisbatini
ta’minlashdan iborat. Bu, birinchi galda raqobatli bozor musobaqasida teng
huquqlilikni, faoliyat turini erkin tanlash va mustaqillik hamda ishbilarmonlikni
namoyon etishning shakl va usullarini erkin tanlash sharoitida tadbirkorlik
faoliyatini yuritishda teng imkoniyatlar yaratish, ularning huquqlari va
javobgarligini, imkoniyatlari va tavakkalchiligini aniq belgilashdir. Bunda
ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik, siyosiy va boshqa qulay sharoitlar mavjud bо‘lsagina biznesni
muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin.
31
Kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning davlat
tomonidan qо‘llab-quvvatlanishi xо‘jalik yuritish tizimini yaratishning bozor
mexanizmlariga
asoslanib
respublikaning
joriy
va
istiqbolli
rivojlanish
bosqichlaridagi
ijtimoiy-iqtisodiy
maqsadlarga
erishish
vositasi
hamdir.
Davlatning iqtisodiyotga, shu jumladan kichik biznes taraqqiyotiga bevosita ta’sir
kо‘rsatishi davlat tomonidan shu sohaga taalluqli qonunlar yaratilishi bilan amalga
oshiriladi. "О‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik
tо‘g‘risida»,
«Mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish», «Korxonalar tо‘g‘risi»da, «Kichik va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni rag‘batlantirish» tо‘g‘risidagi qonunlar shu yо‘lda amalga
oshirilayotgan ijobiy ishlar natijasidir. Jumladan, «Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik tо‘g‘risida»gi qonunda bu faoliyat bilan, ayrim kategoriyadagi
shaxslardan tashqari barcha, jismoniy va yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin,
deyilgan. Davlat idoralari va boshqaruv muassasalarida ishlovchilar, shuningdek,
prokuratura va sud mahkamalari xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishi man etilgan. 1995 yil 21 dekabrda О‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi sessiyasida qabul kilingan «Kichik va xususiy kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish tо‘g‘risida»gi qonunda tadbirkor va
ishbilarmonlar uchun yanada kо‘proq imtiyozlar va kafolatlar berildi. Bu о‘z
navbatida kichik biznes bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va ishbilarmonlarning
ishchanligini yanada faollashtirishga, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini
oshirishga,
inflyatsiya
jarayonlarini
sekinlashtirishga,
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish va rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotning ushbu sektorini
rivojlantirishning zarur meyoriy-qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularni samarali
amalga oshirish mexanizmi shakllana boshladi va uni davlat tomonidan keng
miqyosda qо‘llab-quvvatlash tizimi vujudga keltirildi. 2000 yildan boshlab
mamlakatimizda kichik biznes rivojlanishining о‘ziga xos yangi davri boshlandi.
Bunga asos bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining «Erkin tadbirkorlik faoliyati
kafolatlari tо‘g‘risida”gi Qonuni xizmat kilgan bо‘lsa, mamlakatimiz Prezidentining
32
2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish
tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish
shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni, 2000 yilning 23
fevralida qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kichik
va о‘rta biznes korxonalari hisobotini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari
tо‘g‘risida»gi Qarori kichik biznes subyektlarining rivojlanishiga halaqit berib
kelgan asosiy «byurokratik» tо‘siqning bartaraf etilishi va bu bilan ular faoliyatining
rivojlanish imkoniyatlarining kengayishiga olib keldi. Shuningdek, iqtisodiyotni
erkinlashtirish jarayonida kichik biznes subyektlarini rivojlantirishga aniq maqsadli
yо‘naltirilgan tarzda yondashishga alohida e’tibor berila boshladi. Bunda
mamlakatimiz ichki bozorini sifatli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash borasida
ustuvor ahamiyatga ega bо‘lgan tarmoqlarda kichik va xususiy kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar va imtiyozlar tizimi
amal kila boshladi. Kichik biznes subyektlari faoliyatini moliyalashtirishning yangi
mexanizmlaridan foydalanish yо‘lga qо‘yildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish kichik va xususiy
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyati
samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, mavjud
zahiralardan tejamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq iste’moli
tovarlari ishlab chiqarib, xalq turmush farovonligini oshirish bugungi kunning
dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bugungi kunda yirik
makroiqtisodiy ahamiyatga ega va uning holati talab va taklif nisbatida aholi
moddiy iste’moli darajasida, daromad va harajatlarida, iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishida о‘z aksini topadi. Shuning uchun ham bu sohada uning salohiyatidan
foydalanish jarayonlarini о‘rganish dolzarb muammolardan biri bо‘lib bormoqda.
Kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yaqin va uzoq
kelajakdagi rivojlanishi uning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mahsulotni
ishlab chiqarishdan iste’molchigacha yetkazishda zarur bо‘ladigan barcha
33
jarayonlarda uning salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozim
bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |