O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


Mehnatni ilmiy tashkil etish, o'qituvchining kun tartibi, bo'sh vaqti, talablar



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə68/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

Mehnatni ilmiy tashkil etish, o'qituvchining kun tartibi, bo'sh vaqti, talablar

Har qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni


uyushtirishga ta'sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yo'llariga bog’liq.
Demak, o'qituvchi mehnatining samarasi ham o'qituvchi o'z ishini qanday tashkil etishiga hamda
bunga ta'sir etadigan shart-sharoitlar qandayligiga bog’liq. Xar qanday mehnatni bajaruvchi
shaxs o'qituvchi ham o'z ishini tashkil etishda o'ziga ma'qul bo'ladigan, o'zi yaxshi egallagan
mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy texnika taraqqiyoti davrida
yashamoqdamiz. Demak, o'z ishimizni tashkil etishda ham fan-texnika yutuqlariga
asoslanishimiz kerak bo'ladi. Xususan, o'qituvchi ham o'z mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil
etishi lozimdir.
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni boshqarish uchun
pedagogika va psixologiya fanining eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda o'z ishini ijodiy
tashkil etib yangiliklar yaratish tushuniladi. O’qituvchi mehnati uning vakti bilan bog’liq.
Ishning muvaffaqiyati vaqtdan unumli foydalalish, o’zining imkonmntlarini to'la hisobga olish,
o'quv qa tarbiya jarayonida o'zini namoyish etish va o'zining kimligini, qanday ekanini,
nimalarga qodir ekanini tasdiqlash bilan bog’liq.
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o’zining ijodiy imkoniyatlariga
ishonish demakdir. O’qituvchi ta'lim jarayonini to'la tasavvur etishi kerak, uning mexanizmini,
qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarini yaxshi anglashi kerak.


Mehnat shaxsning bir maqsadga yo'naltirilgan ijtimoiy-foydali faoliyati bo’lib, u aqliy,


jismoiiy kuch, zo'r g’ayratni talab etadi.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish tamoyillari:
1. Rejalashtirish.
2. Tashkil etish
3. Boshqarish.
4. Nazorat qilish.
O’qituvchi mehnati - ijodiy kasblar turiga kiradi. Chunki shu mehnat orqali har
tomonlama etuk bo'lgan komil insonni tarbiyalaydi.
Pedagogik mehnat predmeti – tirik shaxs.
Pedagogik mehnat maqsadi - har tomonlama etuk bo'lgan komil insonni tarbiyalash.
Pedagogik mehnat natajasi o'quachilarning musgaqil ishlay olishi, darslarda o'z fikrini
bildira olishi, isbotlay olishi, taxlil qila olishidir.
Pedagogik mehnatning mohiyati, o’ziga xosligi shundaki:
a) ikki tomonlama ta'sir etishi;
b) faqat bir o'quvchi bilan emas, jamoa bilan ishlashi;
v) o'quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyatidir.
Mehpatni ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi 3 ta konkret belgilar namoyon bo'ladi:
1. Vaqtdan imkon qadar samarali foydalanish;
2. Mehnat va dam olish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanish,
uni tashkil etish;
8. Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda mehnat qilish uchun sog’lig’i va har
tomonlama g’amxo'rlik qilish.
Qonuniyat va tamoyillarning bajarilishi o'qituvchi mehnatining yo'nalishiga bog’liq:
1. Ish tajribasi.
2. O'rganish va tushuntirish tajribasi.
3. Ishlash uchun sharoitning yaratilishi va ish joyining jihozi.
1-yo'nalish. O’qituvchi kasbiga oidlari:

o'z ishiga, kasbiga oid chuqur bilimlarni egallash;

davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlar, qonunlarni bilish;

pedagogika, psixologiya va xususiy metodikani o'rganish;

bolalar jamoasi va shaxsi haqidagi bilimlarni o'rganish;

ilg’or tajribani o'rganish va o'z ishida tadbiq etish;

o’z ustida ishlash va o'z-o'zini tarbiyalash.
2-yo'nalish. O’z mahorat elementlarini xosil qilish:

o’z ishiga kerakli bo'lgan va pedagogik mahoratini oshirishdagi ko'nikma va
malakalarni egallash;

o'z kuchi va qobiliyatinn to'g’ri ishlata olishi;

o'z vaqtida kerakli va to'g’ri qaror qabul qilish.
3-yo'nalish:

ishlash sharoiti va jamoadagi ma'naviy holat;

jamoadagi psixologik holat;

ijodiy yondashuv;

insonparvarlik;

rag’batlantirish;

gigiena qoidalariga rioya qilish;

kunni to'g’ri tashkil etish.
4-yo’nalish. O'qituvchining o'z mehnatini ilmiy asosda tashkil etish uchun unda ma'lum
darajada pedagogik fazilatlar bo'lishi kerak:

kim bilan ishlayotganini aniq bilishi uchun ular hayoti haqida to'liq ma'lumotga ega
bo'lish;



o'z xohish va maqsadini aniq bilish;



o'z oldiga vazifa qo'ya olish;

kerakli mazmun, shakl, metodlarni tanlay olish;

har ishning holatini tahlil qila olish;

metodik qo'llanmalarni o'rganish va ularni to'play olish;

vaqtni to'g’ri taqsimlash.
Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda o'qituvchiniig kun tartibi va ish joyi muhim rol
o'ynaydi. O'qituvchi o'zi uchun eng optimal, yuqori unum beradigai kun tartibini topa olishi
kerak. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishga qo'yiladigan talablarni I. P. Radchenko, R.
Rasulova (Tashauzlik olima) tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning tavsiyasiga ko'ra pedagogik
mehnatni ilmiy tashkil etishning muhim talablari bu:

asosiy ishlarni rejalashtirish, faolligini uyushtirish;

unda qatnashayotganlarning kuchini yagona maqsadga bo'ysundirish;

rag’batlantirish;

operativ nazoratni hisobga olish.
Ishni rejalashtirishdagi asosiy masala uyushtiriladigan barcha faoliyat turlarini unda
qatnashayotgan jamoa a'zolarini umumiy pedagogik maqsadga bo'ysundirishni ko'zda tutadi,
bunda yaqin, o'rta, uzoq maqsadlarni inobatga olish ko'zda tutiladi.
Shunday qilib, o'qituvchining kun tartibi uning faoliyati va hayotini tartibga soluvchi
asbobdir. U yo'q joyda mehnat unumi ham past bo'ladi, salomatlik yo'qolib boradi. Natijada
o'qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, ish qobiliyati yo'qoladi, oqibatda sifati
kasayadi, Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o'qituvchilarning o'z mehnatini almiy tashkil etish
vazifasini hal etishga qo'yilgan qadam bo'ladi. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish
shartlaridan yana biri ish o'rnini tartibga solish va mehnat sharoitini tashkil etishdir.
O'qituvchining ish joyi ish jarayonining bir qismi bo'lib, mehnat unumining yuqori bo'lishiga
ta'sir etadi. O'qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mehnatning mazmuni va xususiyati
bilan belgalanadi.
Mehnat sharoiti tushunchasi kompleks tushuncha. Mehnatni ilmiy tashkil etish tajribasida
mehnat sharoiti deganda insonning mehnat qilayotgan joyi, konkret vaziyat ko'zda tutiladi. Yana
unga psixofiziologik, ijtimoiy, psixologik va gigienik omillar ham ta'sir etadi.
Pedagogik mehnatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko'ra bilishda va aniqlay
olishdadir. Shundagina ishni ilmiy tashkil etish mumkin bo'ladi. Bu o'qituvchi mehnatini ilmiy
tashkil etishning

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin