O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


tarbiya jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə24/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

tarbiya jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda 
rahbarlikni, tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak. 
O‘quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning atrof muhitga nisbatan bo‘lgan
munosabatlarida ham namoyon bo‘ladi. Axloqiy tarbiyalanganlik o‘quvchining his tuyg‘ularida
ichki kechinmalarida ifodalanadi va xulq atvorida, o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzaga
qalqib chiqadi. O‘quvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va
mehribonlikni namoyish etish
,
o‘qituvchining sinf jamoasi bilan munosabatda to‘g‘ri va odilona muloqotini tashkil etishda
asosiy zamin bo‘ladi.
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning
ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zining shaxsiy
tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Dars jarayonida esa o‘qituvchi
o‘quvchilarni tashkilotchi va ijrochi rollarida bo‘lishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot
asosida shaxs o‘zligini tanishni o‘rganadi. O‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan, faqat
o‘rganilayotgan dars mavzusi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida o‘quvchilarni axborot ko‘lamiga
jalb etishni o‘ylamasligi kerak, balki o‘qituvchining yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni
topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o‘quvchining qiziqishini
ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi lozim.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatni
tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak.
Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim va


tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari


o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o‘qituvchi baho beruvchi rolida
namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir
ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti
quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi:

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin