O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan


Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə3/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:
1. Kasbiy bilim:
A) Nazariy bilimlar
B) Amaliy bilimlar
C) Metodik bilimlar
2. Pedagogik qobiliyat:
A) Didaktik qobiliyat
B) Akademik qobiliyat
C) Perseptiv qobiliyat
D) Suggestiv qobiliyat va h.k.
Tekishirish va o’z-o'ziii nazorat qilish uchun savollar 
1. Pedagogik mahorat nima?
2. Pedagogik mahorat faniniig predmeti nima?
3. Pedagogik mahorat fanining maqsadi va vazifasi nimadan iborat?
4. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini sanab bering?
Adabiyotlar: 
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston
taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.
3. I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O’zbekiston, 1993.
4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
5.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007.
6.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996.

PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O’QITUVCHI 
MAHORATI MASALALARI (4 SOAT) 
Reja: 
1. Sharq mutafakkirlarining asarlarida o'qituvchi-murabbiy haqida.
2. O’qituvchining kasb-mahoratini tarbiyalashning mohiyati to'g’risida chet el
olimlarining pedagogik qarashlari.


3. Hozirgi davrda o’qituvchilarniit kasb-mahoratini tarbiyalashning amaliyotdagi ahvoli.


Tayanch tushunchalar: 
O’qituvchi shaxsi, kasbiy fazilatlar, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya. 

Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali


kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Rsspublikamizda taraqqiyot va o'zgarishlarga boy hozirgi paytda
yoshlarning har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz ma'naviy
baquvvat, bilimli, o'z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalashi
kerak. Bu esa ta'lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko'lamli muammolardan biridir. Xalq
ta'limi tizimida hal qiluvchi inson - o'qituvchidir. Agar o'qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo'lsa,
o'quvchi bilim darajasi ham baland bo'ladi. O'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos
bilimlar sohibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. Pedagog xodimlar
o'zlarining kasb ko'nikmalari, muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart,
deb ta'kidlanadi «Ta'lim to'g’risida»gi Qonunda.
O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi
to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai talablar, fazilatlariga oid
qarashlar, munosabatga kirshish mahorati, muomala madaniyati Shark mutafakkirlarining
asarlarida o'z ifodasini topgan. Sharq ma'naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa
Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-
Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy,
Alisher Navoiy va boshqa ko'plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida
yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy
hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan.

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin