O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi pedagogik mahorat fanidan



Yüklə 458,39 Kb.
səhifə9/94
tarix01.12.2023
ölçüsü458,39 Kb.
#170950
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org

Konfutsiy o’zining pedagogik faoliyatida tajribaga alohida e'tibor berdi. Masalan, har bir
inson bir nimani biladiki, hisob qiladi. O’qituvchi to’rt narsadan – quruq foydasiz fikrlashdan,
o’z mulohazasida qat'iy turib olishdan, qaysarlik qilishdan, faqat o’z haqida o’ylashdan zinhor
saqlanishi kerak. Bu g’oyalarning birinchisi sof ko’ngil bilan munosabatda bo’lish, ikkinchisi
shaxsiyatga berilmaslik va qaysarlik qilmaslikdir.
Mark Farbiy Kvintilian (Eramizning 42 – 118 y.y.) – mashhur Rim pedagoglaridan. U
grek va Rim falsafiy va pedagogika adabiyoti bilan yaxshi tanish bo’lgan. U bolalarning
qobiliyatlariga yuksak baho beradi. Olimning fikricha, bola maktabda tarbiyalanmog’i lozim.
O’qituvchi o’zi tarbiyalayotgan har bir talabaga ehtiyotkorlik bilan va e'tibor berib muomala
qilishi kerak. Ustozning o’zi o’qimishli bo’lishi, bolalarni sevishi, o’zini yaxshi tuta bilishi,
saboq oluvchilarni bo’lar-bo’lmasga mukofatlashi yoki mas'uliyati, eng muhimi shogirdlari
uchun o’rnak bo’lishi lozim. Har bir o’qituvchi o’qitishning hamma bosqichlarini o’tishi kerak.
Chunonchi, yuqori malaka beruvchi maktab o’qituvchisi, avvalo, boshlang’ich maktabda
o’qituvchilik qilishi kerak.
Kvintilian o’qituvchilarni o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishlarini
talab etadi. U shunday deydi: «Fanda dastlabki ma'lumotdan nariga siljimaydigan, qalbi qalbaki
ishonch bilan to’lgan, faqat, o’zlarini olim deb bilgan kishilardan yomoni yo’q». Olim har bir ilm
ahllarini, shu jumladan o’qituvchilarni, doimiy ravishda o’z bilimlarini oshirib borishga da'vat
etadi. U bolalarni uyda emas, balki maktabda o’qitish g’oyasini ilgari suradi.
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) - slavyan donishmandi, insonparvar pedagog,
bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o’rin olgan. U o’zining ongli
hayotini va amaliy-pedagogik faoliyatini, yaratgan ilmiy asarlarini oddiy halq bolalarini o’qitish
va tarbiyalashga bag’ishladi.
U maktab bolani ma'rifat olamiga boshlaganida, uni hissiy bilishga so’ngra aqliy bilishga
o’rgatishi lozimligini, bunday o’qitish jarayonini hissiy idrokdan boshlash kerak, talabini ilgari
suradi. Yan Amos Kamenskiy o’z davrida ilk bor mashg’ulotlarning sinf-dars shaklida bo’lishi
zarurligini asoslab berdi. Bunda u o’qituvchining butun sinf bilan muayyan o’quv mavzusi
buyicha mashg’ulot o’tkazishni talab qildi
Ya.Komenskiy o’qituvchilar faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini yuqori baholab maktab
ishining muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchiga bog’liqligini aytadi. Olimning talab etishicha
o’qituvchi o’z ishining ustasi bo’lishi, o’qitish san'atini mukammal egallashi, tajribali


o’qituvchilar yosh muallimlarga ko’mak berishi lozim. O’qituvchi tashqi ko’rinishi jihatidan


ham o’z o’quvchilariga namuna bo’lishi kerak. Sof vijdonli, o’z kasbini sevadigan va o’z bilim
hamda mahoratini uzluksiz takomillashtirib boradigan kishilargina o’qituvchi bo’lishi mumkin.
O’qituvchi va uning professional sifatlari to'g’risidagi muammolar chet ellik olimlar
Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalossi, L.Disterverg kabilarning asarlarida o'z ifodasini
topdi. Jumladan, ulug’ chex olimi, pedagog Ya.A.Komenskiy o'qituvchiniig eng muhim
xususiyatlari qatoriga bolani ssvishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni
kiritib, ularning’ mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi.
Ushbu masalaga sal boshqacharoq yondashgan I.Pestalotsi o'qituvchiniig professional
sifatlariga baho berishdai umuman chetlashib, uning xalq ta'limi tarmog’ini takomillashtirishdagi
roli, fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to'xtalib o'tadi.
A.Disterverg o'qituvchining ta'limdagi roliga yuqori baho berib, u o'z faoliyatini bilishi,
uni sevishi, o'quvchilarini yoqtirishi lozim deb uqtiradi. O'qituvchi bolalarniig individual
xususiyatlari, qobiliyati, faoliyati uslubi to'g’risida muayyan darajada bilimga ega bo'lishi
kerakligini ham ta'kidaab o'tadi. Mutafakkir Djon Lokk o'kituvchi psixologiyasining eng muhim
jihatlari orasiga mo''tadillik, g’ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi xislatlarni kiritib, ularning
ta'limdagi roli yuzasidan mulohaza yuritadi.
G’arb mutafakkirlari g’oyalarining vorisliri sifatida L.I.Gersen, L.N.Tolstoy,
I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus mutafakkirlari mazkur muammolarga o'z
mulohazalirini bildirganlar.

Yüklə 458,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin