32
Reaksiyalar natijasida hosil bo'lgan CaSO
4
suvda kam eruvchi birikma bo'lganligi uchun
regenerasiya jarayonida kationit donachalari orasida qattiq holatdagi kristall birikmalar hosil qiladi, bu
kationitlarning “jipslanish holati” deyiladi.
2 - rasm. N-kationitli filtr.
a – I pog'ona N-kationit filtr; b – II va III pog'ona N-kationit filtr; 1 – qayta ishlanadigan suvni
kirishi; 2 – qayta ishlanadigan suvni chiqishi; 3 – yumshatilgan suvni kirishi; 4 – yumshatilgan suvni
tushirish; 5 – filtrlangan suvni bir qismini tushirish; 6 – ketma-ket regenerasiyalash uchun
regenerasiyalovchi eritmani kiritish; 7 – oddiy regenerasiya qilishda regenerasiyalovchi eritmani
kiritish; 8 – sarf o'lchovchi shayba; 9 – suvni kirishdagi bosimini o'lchovchi manometr; 10 – suvni
chiqishdagi bosimini o'lchash uchun manometr; 11 – havo chiqaruvchi quvur; 12 – yuqori tuynuk; 13
–
pastki tuynuk; 14 – suvni qayta yuklash uchun tuynuk; 15 – kationit; 16 – yuqori qismdagi
taqismlovchi qurilma; 17 – sizdirish qurilmasi.
Bu holat filtrlarning samarali ishlashiga salbiy ta'sir qiladi. Buning oldinigi oligsh uchun H –
kationitli filtrlar ikki bosqichda regenerasiya qilinadi. Birinchi bosqichda 1% H
2
SO
4
eritmasi
regenerasiya qilinib, bunda Ca va Mg kationlarining asosiy 5-6% H
2
SO
4
eritmasi bilan to'liq
regenerasiya qilinib, ishga tushiriladi. Regenerasiya uchun HCl kislota eritmasi ham ishlatiladi. Bunda
regenerasiya natijasida zararli birikmalar hosil bo'lmaydi. Ammo HCl kislotasi, uchuvchan va o'tkir
xidli bo'lgani uchun keng qo'lamda ishlatilmaydi.