- 22 -
2. Respublikamizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi
olib borilayotgan islohotlar
O‘zbekiston 1994 – yilning iyunidan GATT/JST da kuzatuvchi maqomiga
ega. 1994 – yil dekabr oyida O‘zbekiston hukumati tomonidan GATT/JST gat
eng huquqli a‘zo bo‘lish to‘g‘risida ariza topshirildi va 1995 – yilning yanvarida
O‘zbekistonning JST ga kirishi jarayoni bo‘yicha ishchi guruhi tashkil qilindi.
1998 – yilning sentabr oyida O‘zbekiston Tashqi savdo bo‘yicha memorandum
JST da rasmiy ravishda tanishtirildi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998 – yil 14 – dekabrdagi 520-sonli qarori bilan JST bilan
ishlovchi Vazirliklararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
JST ga a‘zo bo‘lgach, tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat tomonidan tartibga
solish, nazorat qilish va takomillashtirish maqsadida 2000 yil 26 – mayda
O‘zbekiston Respublikasining ―Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida‖gi
Qonuni
qabul qilindi. Bu qonun 31 moddadan tashkil topgan. Qonunga muvofiq:
―Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‗zbekiston Respublikasi yuridik va
jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari,
shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‗zaro foydali
iqtisodiy aloqalarni
o‗rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O‗zbekiston Respublikasida ro‗yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek,
O‗zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‗lgan va
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‗yxatga olingan
jismoniy shaxslar tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug‗ullanishga haqlidir.
- 23 -
O‗zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida
boshqacha qoida belgilanmagan bo‗lsa, tashqi
iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishlari mumkin‖
1
.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda
aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‗ladilar.
Respublikamizda
tashqi
iqtisodiy
aloqalar
bevosita
O‘zbekiston
Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar
va savdo vazirligi
tomonidan kuzatib boriladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tarkibini
takomillashtirish va erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Ushbu
islohotlarni bir necha bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin. Tahlillar ko‘rsatishicha,
islohotlarning dastlabki bosqichida tashqi savdoni tartibga solishning institutsional
va huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga
solishning xalqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qilindi,
eksportga
yo‘naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi, tashqi savdoni bosqichma –
bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha
konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu o‘z navbatida eksportga yo‘naltirilgan
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantirish omili bo‘ldi.
Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbuslari bilan
eksport qiluvchi
korxonalar uchun quyidagi imtiyozlar yaratilgan:
O‗zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga
muvofiq eksport qiluvchi
korxonalarga quyidagi soliq imtiyozlar va afzalliklar taqdim etiladi:
qo‗shimcha qiymat solig‗iga
aksiz solig‗iga
foyda solig‗iga
1
O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi Qonuni. 3 – moddasi.2000-yil. 26-may.
- 24 -
mulk solig‗iga
qo‗shimcha qiymat solig‗iga bo‗lgan imtiyozlar
O‗zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni
chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan
mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo‗yicha qo‗shilgan qiymat solig‗i
solinadi, ya‘ni eksport qilishga mo‗ljallangan tovarlar ishlab chiqarish jarayonida
moddiy manba uchun qo‗shimcha qiymat solig‗idan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: