- 26 -
3. O‟zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori
darajada rivojlangan davlatlari bilan amalga oshirayotgan
iqtisodiy aloqalari
.
1991-yil 31-avgust – O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy
e‘lon qilingan kuni – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko‗lamli va
dinamik integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi.
2015-yil 1-iyul holatiga ko‗ra O‗zbekiston dunyoning 130 dan ortiq
mamlakati bilan diplomatik aloqalar o‗rnatgan. O‗zbekiston 100 dan ortiq
xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo‗lib, turli xil ko‗p tomonlama hamkorlik
tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Mamlakatimizning qulay
iqtisodiy geografik
mintaqada joylashganligi, xorijiy sheriklar uchun yetarli
shart – sharoitlarning yaratilganligi va eng asosiysi Respublikamiz hududida
tinchlikning barqarorligi boshqa davlatlarni biz bilan iqtisodiy aloqalarni
yo‘lga qo‘yishga undaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek O‘zbekiston bugungi
kunda dunyoning deyarli 130 dan ortiq mamlakatlari bilan iqtisodiy ikki
tomonlama manfaatga ega bo‘lgan aloqalarni tashkil etgan.
Biz quyida
e‘tiboringizga shulardan jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan davlatlar
bilan mamlakatimiz o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni havola etamiz.
O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy aloqalarining ustuvor yo’nalishlari
Xitoyda amalgam oshirilayotgan muvaffaqiyatli iqtisodiy islohotlar,
yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va doimiy ravishda ortib borayotgan iqtisodiy
salohiyat O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni
kengaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Xitoyni O‘zbekistonning eng muhim
va istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda
65 ta yirik Xitoy kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan bo‘lib, ular ikki
mamlakat o‘rtasidagi savdo – sotiq aloqalarini rivojlanishiga katta hissa
qo‘shmoqdalar.
- 27 -
O‘zbekiston eksportining tarkibi quyidagicha: paxta tolasi, voylok, ipak,
to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur erituvchi materiallar,
xizmatlar, mexanik asbob uskunalar, mebel,
kimyoviy tolalar, gazlama, paxta
ip – kalava va boshqalar.
Xitoyda nimport qilinadigan mahsulotlar tarkibi esa quyidagicha: qora
metallar va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, kofe, choy va shirinliklar,
mexanik asbob uskunalar, poyabzal, kiyim – kechak, to‘qimachilik va trikotaj,
trikotaj polotnosi, ruda, organic kimyoviy birikmalar, kimyoviy tolalar,
plastmassa
va plastmassa mahsulotlari, xizmatlar, noorganik kimyoviy
mahsulotlar, boshqa materiallardan yasalgan mahsulotlar, turli tayyor
mahsulotlar va boshqalar.
2012 – yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi rspublika
tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 12.7%ni tashkil etgan. Ikkala mamlakat
o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi, ya‘ni eksport – 1463.1mln. dollar, import –
1894.8mln. dollarni tashkil etgan (2012 – yil yakuni bo‘yicha).
Shuningdek,
Xitoy bilan hamkorlikda, 2011 – 2020-yillarda umumiy qiymati
1mlrd. Dollarga teng ―Qulbeshkak‖, ―Xojiqazgan‖, ―Doyaxotin‖, ―Suzma‖,
―Qumli‖, ―Chegaraqum‖ kabi gaz konlarini o‘zlashtirish loyihalari ishlab
chiqilmoqda. Bu loyihalarning amalgam oshirilishi 2021- yilga borib yiliga
5mlrd. Kub metr gaz qazib chiqarish imkonini beradi.
O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi
Yaponiya O‘zbekiston Respublikasining muhim savdo-iqtisodiy hankorlaridan
biri hisoblanadi. 1992 – yildan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida iqtisodiy
hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol aloqlar o‘rnatilgan. Ikki
mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqlari
oziq-ovqat mahsulotlarini
ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tarkibiy qayta qurilishni amalga oshirish,
gummanitar va rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar
ko‘rsatishdan boshlangan.
- 28 -
O‘zbekistonning Yaponiyaga eksport qilayotgan mahsulotlarining tovar
tarkibi quyidagicha: noorganik kimyo mahsulotlari, ipak, paxta, kalava, paxtali
matolar, gilamlar, tekstil mahsulotlari, kiyim-kechak,
spool buyumlar, rangli
metallar, mexanik asbob-uskunalar.
Yaponiya esa O‘zbekistonga, o‘z navbatida, quyidagi mahsulotlarni
yetkazib beradi: organik kimyoviy birikmalar, bo‘yoqlar, foto va kino
mahsulotlari, kauchuk va rezina mahsulotlari, poligrafiya sanoati mahsulotlari,
kimyoviy tola,
oyna va oyna mahsulotlari, qora metall, mexanik asbob-
uskunalar, elektr asbob-uskunalar, audio va videotexnika, transport vositalari
va
ehtiyot qismlar, optika, foto va tibbiyot mahsulotlari, soatlar va ehtiyot
qismlar, musiqa asboblari va ehtiyot qismlar, mebel, yoritish asboblari.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo munosabatlari jadal sur‘atlar
bilan rivojlanmoqda. O‘zbekistonning eksport-import tarkibida Yaponiyaning
ulushi 2012 – yilda 0.1 va 1.3% ga teng bo‘lgan
1
.
Dostları ilə paylaş: