- 34 -
hajmini 2030-yilda 5,6-marta, meva-sabzavot mahsulotlarini
qayta ishlash
hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi»
1
.
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada
ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan
holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yish mumkin.
Buning
natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi
savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka
yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam
sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
ta‘kidlaganlaridek, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va
bu mahsulotlar eksportini yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini
yanada kengaytirish vazifasini amalgam oshirish
eksport hajmini barqarot
o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta‘sirida uning hajmi keskin kamayishi
xavfini bartaraf etish imkonini beradi
2
.
Mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdagi yana bir
muammolardan biri bu transport yo‘llari muammosidir.
Chunki mukammal
xalqaro temir yo‘llarga ega bo‘lgan davlatda xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga
qo‘yish bir muncha oson bo‘ladi. Bunga misol, O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlarning istiqboli ko‘p jihatda transport muammolari bilan
bog‘liq. Bu sohada YeI ning TRASEKA dasturi alohida e‘tiborga loyiq.
Mamlaktimiz ham bu loyihada ishtirok etmoqdava quvonarlisi bu yo‘l
mamlakatimiz hududidan o‘tadi va yevropa
va sharq mamlakatlari savdo
aloqalari respublikamiz orqali amalgam oshadi. Ya‘ni O‘zbekiston markaz
vazifasini o‘taydi.
1
Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom
ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. I.A.Karimov.
Toshkent. 16.01.2016
.
2
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: O‘zbekiston, 2010.64-b.