- 36 -
Qozog‗istonda mamlakatimiz ishbilarmonlari ishtirokida tashkil etilgan
151 korxona faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda Qozog‗iston kapitali ishtirokida
206
korxona,
shu
jumladan,
171
qo‗shma
korxona
ochilgan.
O‗zbekiston Respublikasi va Qozog‗iston Respublikasi o‗rtasidagi
hamkorlik
bo‗yicha hukumatlararo komissiya o‗zaro aloqalarni izchil rivojlantirishga xizmat
qilmoqda. Joriy yil 10-11-mart kunlari Ostona shahrida mazkur komissiyaning
15-majlisi bo‗lib o‗tdi.
2007-2016-yillarga mo‗ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasiga
muvofiq savdo, sarmoya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona, suv-energetika
va innovatsiya yo‗nalishlarida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar samarasi
o‗zaro
aloqalarga
qo‗shimcha
sur‘at
bag‗ishlamoqda.
Transport kommunikatsiyalari sohasi hamkorlikning ustuvor yo‗nalishlaridan
hisoblanadi. Mamlakatlarimizning avtomobil va temir yo‗llari o‗zaro
integratsiyalashgan. Bu muhim kommunikatsiya tarmog‗i uchinchi davlatlar
uchun ham tranzit vazifasini o‗tamoqda.
O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning ko‘pgina davlatlari bilan o‘zaro
iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Respublikamiz Jahon bozorida ham o‘z
o‘rniga ega va o‘zining eksport mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Shu bilan
birgalikda Jahon bozoridan o‘zi uchun kerakli tovar va xizmatlarni ham harid
qiladi.
Prezidentimiz say harakatlari bilan xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy
aloqalarni yaxshilash maqsadida tegishli Qonun va Farmonlar qabul qilindi.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xorijiy investorlar
uchun qulay investitsion muhit ham yaratildi. Buning natijasida,
dunyoning
- 37 -
Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH va Yevropa ittifoqi davlatlari bilan ikki
tarflama kelishuvlar imzolangan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xalqaro iqtisodiy
munosabatlar tizimiga va jahon xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashib borishga
intilmoqda. Hozirgi kunda jahondagi iqtisodiy
munosabatlarda globallashuv
jarayoni tobora kuchayib bormoqda. Bu borada Prezidentimizning « … tobora
chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta‘sir
ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani
bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur
edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O‘zbekiston
bugun
xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy – iqtisodiy bozorning ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi»
1
degan so‘zlarini esga olishimiz muhimdir.
Shuningdek, dunyoning yirik, jadal iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlari bilan
savdo – sotiq aloqalarini kengaytirish, «… eksport qilinadigan mahsulotlarimizni
tarkibini va umuman, tashqi savdo aylammasini yanada diversifikatsiya qilish
dolzarb masala bo‘lib qolmoqda»
2
.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek,
biz bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan jahon bozorida o‘z o‘rnimizni
saqlab qolish, mamlakat hududida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, xorijiy
mamlakatlar bilan mustahkam iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish
va ichki
bozorni himoya qilgan holda eksport va import operatsiyalarini yanada
rivojlantirish uchun tinmay xarakatda bo‘lishimiz, o‘qib o‘rganishimiz va
asosiysi bor kuch va e‘tiborimiz bilan yurt tinchligini saqlashimiz zarurdir.
Chunki tinchlik bo‘lgan joyda rivojlanish va o‘sish bo‘ladi.
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va
choralari. – T.: «O‘zbekiston»,2009.11 – b.
2
Karimov I.A.
Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.:
«
O‘zbekiston
»
, 2010.64-b.