4-Mavzu: Uglerodli po’latlar
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar;
2.
Uglerod va doimiy qo’shimchalarning po’lat xossalariga ta’siri;
3.
Uglerodli po’latlarning turlanishi va markalanishi;
4.
Avtomatbop po’latlar.
Tayanch iboralar:
uglerodli po‟lat, konstruksion po‟latlar, asbobsozlik po‟lati,
avtomatbop po‟latlar.
Umumiy ma’lumotlar
Uglerodli po‟latlar spetsifik xossalariga ko‟ra mashina va mexanizm detallari uchun
asosiy material hisoblanadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan po‟latlar kimyoviy tarkibi jihatidan birmuncha murakkab
qotishma bo‟lib, ularda temir bilan ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham, jumladan, Mn,
Si, P, S, O, N, H, ba‟zida qisman Cr, Ni, Cu va boshqalar bo‟ladi. Uglerodli po‟latlarda doim
mavjud bo‟ladigan elementlar miqdori ma‟lum foizdan, masalan, Mn
0,7%, Si
0,5%, P
0,05%, S
0,05% dan oshmasligi kerak.
Po‟latlar tarkibidagi H
2
, N
2
va O
2
miqdori ishlab chiqarish usuliga qarab turlicha bo‟ladi,
lekin ularning miqdori 0,0002 – 0,1% dan oshmasligi lozim. Po‟latdagi erkin gazlar bo‟shliqlar,
temir va boshqa elementlarda eriganlari esa qattiq eritmalar yoki turli kimyoviy birikmalar
(gidridlar, nitridlar, oksidlar) hosil qilishi mumkin. Shuning uchun ular po‟latning xossasini
yomonlashtiradi. Po‟latda bu gazlarning miqdori oz bo‟lgani maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: