О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Material haqida tushuncha
Insonlar o‟z faoliyatida moddalarni ishlab chiqarish mahsuloti deb qaraydilar. Moddalar 
aslida esa materiyaning ma„lum bir barqaror massaga ega bo‟lgan bo‟lagidir. Ana shunday 
moddiy dunyoni texnikada «material» deb atash qabul qilingan. Demak, materiallar mehnat 
jarayonining mahsuli bo‟lib, undan insoniyat o‟z talablarini qondiradigan buyumlar yasashda 
foydalanadi. Materiallar ishlab chiqarishda birlamchi vosita hisoblanadi. Material bo‟lmasa 
sanoat jarayonlari ham bo‟lmaydi. Masalan, mis (material) ishlab chiqarish uchun rudalar (mis 
rudalari) qazib olinishi kerak. Rudalar avval boyitiladi, so‟ngra ulardan mis olinadi. Misdan esa 
turli xil buyumlar ishlab chiqariladi. Mis olishda ruda xom ashyo material bo‟lsa, buyum ishlab 
chiqarishda misning o‟zi xom ashyo material hisoblanadi.
Sifat jihatidan barcha xom ashyolarni ikki turga bo‟lish mumkin:
1) birlamchi xom ashyo yoki birinchi bor materialni hosil qilish uchun ishlatiladigan modda; 2) 
ikkilamchi xom ashyo, ya‟ni birlamchi materialni hosil qilish uchun tanlangan xom ashyoning 
sarflanishi natijasida hosil bo‟lgan chiqindilar. Ana shu chiqindilar ham boshqa buyumlarni 
ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‟lishi mumkin. Masalan, yog‟ochning qayta ishlanishidan 
chiqqan qirindisi mebel sanoatida ishlatiladi.
Buyumlar ishlab chiqarish uchun materiallar bilan bir qatorda yarim fabrikatlar ham 
ishlatilishi mumkin. 
Yarim fabrikat
deganda, qayta ishlangan, lekin hali tayyor buyum holiga 
keltirilmagan material tushuniladi. Buyum olish uchun yarim fabrikatni qayta ishlash yana 
davom ettirilishi kerak. Demak, bir ishlab chiqarishda tayyorlangan material (mahsulot) boshqa 
ishlab chiqarish uchun yarim fabrikat hisoblanadi.
Metallarning tarkibi va tuzilishi 
Qattiq jismlarning ichki tuzilishini Rentgen nurlari bilan yoritib o‟rganish shuni 
ko‟rsatadiki, ularning atomlari fazoda ma‟lum tartibda yoki tartibsiz joylashgan. Atomlari 
fazoda tartibli joylashgan jismlar 
kristall jismlar
deyiladi. Atomlari fazoda tartibsiz joylashgan 
jismlar esa 
amorf jismlar
deyiladi. Kristall jismlarning atomlari fazoda ma‟lum qonuniyatga 
asosan kristall panjara tuguni atrofida tebranib turadi. Fazoviy panjaraning tuzilishi va 
atomlarning unda joylashishi metallning turiga bo‟g‟liq. Metallarda quyidagi xillarda bo‟luvchi 
kristall panjaralar ko‟proq uchraydi: 
1. Hajmi markazlashgan kub panjara. Bunday kristall panjarada metall atomlarining 8 
tasi kubning uchlarida va bittasi kub markaziga joylashgan bo‟ladi. Bunday kristall panjara Fe


Cr, V, W, Mo, li va boshqa metallarga xos(1-rasm, 
a
).
2. Yoqlari markazlashgan kub panjara. Bunday panjarada metall atomlarining 8 tasi kubning 
uchlarida, 6 tasi yoqlarning markazlarida joylashgan bo‟ladi. Bunday kristall panjara Fe

,
Al, 
Cu, Ni, Co, Pb va boshqa metallarga xos (1-rasm, 
b
).
3. Geksogonal panjara. Bunday kristall panjarada metall atomlarining 12 tasi olti qirrali 
prizmaning uchlarida 2 tasi prizmaning ustki va ostki asoslari markazlarida va 3 tasi prizmaning 


o‟rta qismida joylashgan bo‟ladi. Bunday kristall panjara Zn, Mg, Ti, Be va boshqa metallarga 
xosdir(1-rasm, 
v)
.
a) b) v) 
1-rasm. Kristall panjaralarning turlari: a) hajmi markazlashgan kub panjara; b) yoqlari 
markazlashgan kub panjara; v) geksogonal panjara. 
Metallarning kristall tuzilishi haqidagi tushunchani elementar kristall katak (yacheyka) 
orqali ifodalash oson, elementar katak deganda, atom kristall tuzilishining eng kichik qismi 
tushunilib, ana shu katakni uch o‟lcham bo‟yicha ko‟p martalab qaytarilishi natijasida jismning 
fazoviy kristall panjarasi hosil bo‟ladi. Elementar kristall panjaralarning qirralari, odatda, 
a, b, c
bilan belgilanadi va bu ko‟rsatkichlar kristall davrini belgilaydi yoki qaytarilsh (uzatish) vektori
deb ham ataladi. Ana shu elementar katakchani xarakterlash uchun yana koordinatsion son, 
atomlar joylashishining zichlik koeffisienti degan tushunchalar ham kiritilgan. Kristall 
katakchaning turi koordinatsion son tushunchasi bilan ifodalanadi. Kristall panjarada eng yaqin 
bir xil masofada turgan atomlar soniga shu kristall panjaraning koordinatsion soni deb ataladi 
va u harflar bilan belgilanadi. Masalan, oddiy kub katakning koordinatsion soni 6 ga teng 
bo‟lib, K6; markazlashgan kub katakchaniki K8; yoqlari markazlashgan kub katakniki K12, 
atomlari zich joylashgan geksagonal katakniki G12 ga teng. Kub katakchalarning o‟lchamlari 
qiymati atom o‟lchamlari qiymati bilan belgilanadi, bunday o‟lchov birligi nanometer (nm) deb 
ataladi.
Kristall panjara turlari 14 ta bo‟lsa, shundan metallarda 4 ta turdagi elementar katakcha 
ya‟ni oddiy, hajmi markazlashgan, yoqlari markazlashgan kub katakchalar va geksogonal 
katakcha turlari ko‟p uchraydi.
Metallarning kristall panjara turi aniq bo‟lsa, atomlarining o‟lchamlarini hisoblash bilan 
aniqlash mumkin. Masalan, K8 kristall panjara uchun d=a
3
/2 bo‟lsa, K12 kristall panjara 
uchun esa d=a
/3 bo‟ladi.
1-jadval 
Ba‟zi metallarning elementar katakcha o‟lchamlari 
Atom katakchaning 
turi 
Metallar 
Elementar panjara qirralari o‟lchami, nm (1 nm 
= 10
-9
sm) 
K6 
Fe 
a=b=c; a=0,28606 
K8 
Cr 
a=b=c; a=0,28788 
K12 
Ni 
a=b=c; a=0,35165 
G12 
Ti

a=0,2951; c=0,4679; c/a=1,5873 
Kristall panjara xususiyatini belgilaydigan ya‟na bir muhim o‟lcham - bu har bir 
elementar katakchaga to‟g‟ri keladigan atomlar soni. Masalan, K8 kristall panjara tugunchlarida 
8 ta atom bo‟lib, bu atomlarning har biri 8 ta yana shunaqa elementar katakchaga tegishlidir 


(fazoda). Demak, har bir katakchaga bir atomgina to‟g‟ri keladi. Lekin K8 yacheykaning 
markazida turgan atom shu elementar katakchaning o‟zigagina tegishli ekanini hisobga olsak, 
har bir elementar kristall katakchaga to‟g‟ri keladigan atomlar soni 2 ga teng bo‟ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin