57
Xo‘jalikda ichki yer tuzishda birinchi navbatda quyidagilar zarur:
*
xo‘jalik yerlarining bioiqlimiy salohiyatini va uning ishlab chiqarish resurslari bilan
ta’minlanishini baholash; unda qanday mahsulotni va qanday hajmda ishlab chiqarish foydali
ekanligini aniqlash;
* bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy dasturni tuzish, u resurslar
bo‘yicha balanslangan bo‘ladi, kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni, talab etiladigan
hajmdagi foydani olishni, tuproq unumdorligini to‘htovsiz oshirib borishni va ishlab
chiqarishning maksimal iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi;
* xo‘jalik xududini qabul qilingan ishlab chiqarish dasturini hisobga olgan holda oqilona
tashkil etish.
Yangi yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tashkil etish va
mavjudlarini qayta tashkil
etish bo‘yicha tadbirlarni rejalash va amalga oshirish, yerlardan oqilona foydalanishni tashkil etish
va ularni muhofaza qilish uchun har bir ma’muriy tumanda yer tuzish chizmalari ishlanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida va fermer xo‘jaliklarida yer tuzish jarayonida kelajak uchun joriy
va tezkor rejalashtirish materiallariga aniqlik kiritilishi mumkin. Bu yer tuzishda aniqligi katta
tuproq, tuproq-eroziya,
geobotanika, yo‘l, irrigatsiya va melioratsiya izlanishlarini, ishchi
loyihalashda esa - boshqa injenerlik qidiruv va izlanishlarini o‘tkazish bilan bog‘liq. Bunda har bir
yer uchastkasining o‘ziga xos xususiyatlarini - uning shakli, maydoni, xo‘jalik markazidan uzoqligi,
texnologik xususiyatlari (ishlov berish yo‘nalishi
uzunligi, to‘siqlar mavjudligi, madaniy texnik
axvoli) hisobga olinadi.
Xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalarida
mavjud axborotlar brigadalarda, ijara jamoalarida,
shirkatlarda ishlab chiqarish o‘z-o‘zini ta’minlashi bo‘yicha topshiriqlarni ishlash uchun ham
foydalanilishi mumkin. Buning uchun yer solig‘i, yer uchun ijara haqi, qishloq xo‘jalik ekinlarining
hosildorligi, o‘g‘itlarni solish me’yorlari, yonilg‘i sarfi va boshqalar bo‘linmalarga
biriktirilgan
uchastkalar sifatini hisobga olib, tabaqalashtiriladi. Ishlab chiqarishni,
mehnatni va yerdan
foydalanishni moslab tashkil etish ko‘p jihatdan qabul qilinadigan yer tuzish yechimlari
samaradorligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: