58
resurslaridan intensivroq foydalanish bilan bog‘liq korxonalar foydalarining o‘sishi bilan
tavsiflanadi.
Yer tuzishning ijtimoiy samaradorligi eng avvalo yer munosabatlarini
mustahkamlash va
rivojlantirish, yer egaliklari va yerdan foydalanishlar huquqlarini butun jamiyat manfaatlari uchun
himoya qilish bilan bog‘liq. Shu bilan yerdan milliy boyliklarning
asosiy elementi sifatida
foydalanish, odamlar hayotining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash ta’minlanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari boshqa tarmoqlar korxonalari bilan ko‘p turdagi iqtisodiy,
texnologik va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarda bo‘lganliklari, jamiyatda
bozor munosabatlarining
kuchayishi sababli, yer tuzish samaradorligini ikki tomondan - butun xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan
va ma’lum xo‘jalik uchun qarashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun baholashda xalq xo‘jaligi va
xo‘jalik (tijorat) samaradorliklari aniqlanadi. Birinchi vaziyatda yer tuzish maqsadga qaratilgan va
davlat tomonidan tartibga solinadigan mamlakatimiz yer fondini toifalar,
yer egalari va yerdan
foydalanuvchilar, ayrim yer turlari bo‘yicha taqsimlash va qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalar
iqtisodini tartibga solish bo‘yicha asbob sifatida xizmat qiladi. Bu ishlab
chiqarishni va hududni
tashkil etishdagi katta o‘zgarishlarda, shu jumladan, ommaviy tarzda yer egalari va yerdan
foydalanishlarni, ularning tizimlarini tashkil etish, yiriklashtirish (maydalashtirish) va qayta tashkil
etishlarda, mintaqalar ixtisoslashishini qayta ko‘rib chiqishda, xo‘jalik yuritishning yangi tizimlarini
joriy etishda,
kompleks meliorativ, eroziyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan
tadbirlarni amalga oshirishda sodir bo‘ladi. Bu yerda xalq xo‘jaligi samaradorligi u yoki bu davlat va
mintaqaviy
dasturlarni, yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bosh chizmasini,
viloyatlar va tumanlar yer tuzish chizmalarini, xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalarini amalga oshirish
bilan bog‘liq.
Amaliyot ko‘rsatadiki, xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalari amalga oshirilgan qishloq xo‘jalik
korxonalari bitta yillik o‘rtacha
ishchi hisobiga, yer tuzilmagan xo‘jaliklarga nisbatan 20 % ko‘p
mahsulot oladi. Shu bilan birga bu loyihalarning joriy etilishi hozircha pastligicha qolmoqda. Bu
Dostları ilə paylaş: