61
Yer resurslaridan foydalanish hamma vaqt tarkib topgan va rivojlanayotgan yer munosabatlari,
hududning tuzilish shakllari, yerlarni muhofaza qilish va ularning mahsuldorligini oshirish usullari
asosida amalga oshiriladi.
Natijada mamlakatda, viloyatlarda, ma’muriy tumanlarda, xo‘jaliklarda
har bir davrning o‘ziga xos yerdan foydalanish tizimi shakllanadi. Xalq xo‘jaligi
rivojlangan sari
hududni tashkil etish murakkablashib boradi, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish esa yanayam
og‘ir oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun yer tuzish ilmiy asosda nafaqat joriy, kechiktirib
bo‘lmaydigan, balki, kelajak masalalarini ham ularning mazmunini
mos tarzda ishlab chiqib,
yechishga qaratilgan.
Yerdan samarali foydalanishni va uni muhofaza qilishni umummilliy boylik sifatida tashkil
etish, yer islohotini amalga oshirishda butun yer fondini yaqin va uzoq kelajak uchun,
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish bilan, yuqoridan pastgacha qamrab oladigan yer tuzishning butun bir
davlat tizimi zarur. Bunday tizim mamlakatimizda
asosan yaratilgan; u yer tuzish yechimlarining
ilmiy asoslanganligini xalq xo‘jaligi, ayrim tarmoqlar, korxonalar va tashkilotlar, shaxsiy yer egalari
va yerdan foydalanuvchilar darajasida ta’minlashga qodir.
Harakatdagi yer tuzish tizimi yer resurslarini taqsimlash,
ulardan foydalanish, ularni qayta
tiklash va muhofaza qilishni bashoratlash, rejalashtirish va loyihalashni o‘z
ichiga oladi; yaqin
yillarda yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha texnik harakatlarni hamda ularning
strategik maqsadlari va ularga erishish yo‘llarini aniqlaydi. Uning ob’ektlari quyidagilar bo‘lishi
mumkin: butun mamlakat,
respublika, viloyatlar va mintaqalar; mamlakatimiz yer fondining yer
toifalari, yer turlari; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan - shirkat, fermer va boshqa
xo‘jaliklar yer egaliklari va yerdan foydalanishlari.
Dostları ilə paylaş: