O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yer tuzish unday yoki bunday agrar o‘zgarishlarni o‘tkazishdagi yer siyosatini



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   139
Yer tuzish

Yer tuzish unday yoki bunday agrar o‘zgarishlarni o‘tkazishdagi yer siyosatini 
amalga oshirishda davlatning quroli bo‘lib xizmat qiladi. Bunda huquqiy, iqtisodiy va 
siyosiy choralardan foydalaniladi. Huquqiy choralar mos qonunchilikni yaratish yo‘li 
bilan yer munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan. Iqtisodiy choralar o‘ziga 
investitsiya siyosati, imtiyozli kreditlash, subsidiyalash, soliqqa tortish va sh.o‘. kabi 
elementlarni oladi. Siyosiy choralar, asosan, tub agrar islohotlar davrida qo‘llaniladi 
(Rossiyada, aytaylik, 1861 yildagi dehqonlar islohoti davrida, 1906-y. Stolipin islohoti, 
1917-y. yerlarni natsionalizatsiyalash davrlarida va sh.o‘.). Yer tuzish bunday vaziyatda 
davlat siyosatining asosiy qurollaridan biriga aylanadi.
 
 
 
 
Xo‘jalik (tijorat) samaradorligi, asosan, xo‘jaliklarda 
ichki yer tuzish loyihalarini va ishchi loyihalarini tuzishda 
aniqlanadi. U ko‘zlanayotgan hududni qayta tuzishning 
mehnat jamoalari (xo‘jalik, ishlab chiqarish bo‘limi, ijara 
jamoasi va sh.o‘.) ishlab chiqarish dasturlarini bajarishga, 
ishlovchilar daromadlari va korxona foydasiga ta’sirini aks 
ettiradi.
 


59 
xo‘jaliklar ixtisosliklaridagi tez o‘zgarishlar, ishlab chiqarish bo‘limlari chegaralarining turg‘un 
emasligi, yerdan foydalanishdagi ortiqchalik, joriy etilgan almashlab ekishlarning hamda gohida, yer 
qonunchiligining buzilishi bilan izohlanadi. 
Yer tuzish yechimlari xo‘jalikka aniq iqtisodiy foyda berishi kerak; loyihalardagi bor 
axborotlardan ijaraga o‘tishda va fermer xo‘jaliklarini tuzishda, yer resurslaridan oqilona 
foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish uchun maksimal foydalanish kerak.
 
Loyihaga kiritilgan barcha yechimlar asoslangan bo‘lishi kerak. Yer tuzish kompleks xarakterga 
ega bo‘lganligi uchun xo‘jaliklar faoliyatining texnik, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini 
qamrab oladi, iqtisodiy asoslash texnik-iqtisodiy, agroiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy bo‘limlardan 
iborat bo‘ladi. 
Xo‘jalikda ichki yer tuzishni texnik-iqtisodiy asoslash, asosan, loyihada tavsiya etilgan hududni 
tashkil etish bo‘yicha kenglik yechimlarini baholash va yerning texnologik xususiyatlarini (relef, 
tuproqlar mexanik tarkibi, konturlar yirikligi va boshq.) tavsiflash uchun xizmat qiladi. Bunda ilmiy 
asoslangan me’yorlardan (agregatlar harakati yo‘nalishidagi mumkin bo‘lgan nishablik, polosalar 
orasidagi uchastkaning eng katta kengligi, ishlab chiqarish bo‘limlari yer massivlarining tavsiya 
etiladigan o‘lchamlari, almashlab ekishlarning, dalalarning, ishchi (sug‘orish) uchastkalarining 
optimal maydonlari, mollarni haydashning mumkin bo‘lgan masofalari va boshq.) foydalaniladi. 
Loyihaning texnik ko‘rsatkichlari unda yer tuzishni loyihalash me’yorlariga qanday rioya 
qilinganligi, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning kenglik sharoitlarining mavjud sharoitlarga 
nisbatan qanchaga yaxshilanganligi, xo‘jalik rivojlanishining mumkin bo‘lgan yechimlarining 
qanday kamchiliklari va yutuqlari borligi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. Shu bilan birga, 
ular ijtimoiy-iqtisodiy va agroiqtisodiy xarakterdagi hisob-kitoblar (hududning ayrim qismlari tabiiy 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, xo‘jalikda ichki ixtisoslashishni asoslash, yerning sifatini 
hisobga olib, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasini aniqlash, yerlarni 
transformatsiyalash va yaxshilash bo‘yicha choralar yo‘nalishini, hajmini va navbatlarini baholash) 
hamda ishlov berish yo‘nalishi uzunligi, nishabligi, tuproqlarning mexanik tarkibi va boshqa 
sharoitlarga bog‘liq holda, dala mexanizatsiya ishlarini me’yorlash va yerdan oqilona foydalanish 
bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun axborot bazasi hisoblanadi.
Agroiqtisodiy asoslash tavsiya etilayotgan hududni tashkil etishning ishlab chiqarishni 
rivojlantirish talablariga mosligini ko‘rsatadi. Bu bo‘lim, asosan, loyihaning tashkiliy-xo‘jalik 
tomonini qamrab oladi va oxir oqibatda har xil turdagi balanslar tizimiga - ishchi kuchi, ozuqa, 
o‘g‘itlar, yashil konveyer, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqish va taqsimlashga borib 
taqaladi. Bundan tashqari, bu yerda ishlab chiqarish va uning tarmoqlarining joylashishini, 
xo‘jalikning tashkiliy-ishlab chiqarish tarkibini va almashlab ekishlarni asoslash ham o‘rin oladi. 
Loyihani asoslashda hududni tashkil etishning eng yaxshi yechimi tanlanadi, loyihada ko‘zda 
tutilgan yechimlarning mavjud holatga nisbatan samaradorligi aniqlanadi va mos qiymat 
ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish hajmining, foyda va xo‘jalikning loyihada tavsiya 
etilayotgan tadbirlar amalga oshirilganidan keyingi, ular uchun qilingan xarajatlarga solishtirilgan 
boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishini tavsiflaydi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin