O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


soni, o‘lchamlari va joylashishi, dehqonchilikda va chorvachilikda ishlab chiqarish



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   139
Yer tuzish

soni, o‘lchamlari va joylashishi, dehqonchilikda va chorvachilikda ishlab chiqarish 
jarayonlarining mexanizatsiyalashtirilish darajasi; 
*
 
korxonalarda qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish, uni 
tashkil etish shakllari hamda yerni biriktirish usullari (mulk qilib, ijaraga va sh.o‘.); 
*
 
yo‘l tarmog‘ining ahvoli, aholiga transport xizmatini ko‘rsatish darajasi; 
*
 
suv manbaalarining mavjudligi, u bilan aholi yashash joylarini, ishlab chiqarish 
markazlarini, dalalarni va yaylovlarni ta’minlashni tashkil etish; 
*
 
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni, uni kengaytirish va jamoa ishlab chiqarishi bilan 
operatsiyalash imkoniyatini rivojlantirish, qishloq aholisi turmush tarzini yaxshilash. 
O‘zbekistonda mavjud qishloq aholi tizimi bir xil emas. Masalan, Quyi Amudaryo mintaqasi 
uchun mayda qishloqlar xarakterli bo‘lsa, boshqa mintaqalarda qishloqlar ancha yirik. 
XX asrdan boshlab aholining qishloq joylardan shaharlarga ko‘chishi davom etmoqda yoki bu 
shaharga ko‘chish migratsiyasi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jalik korxonalarining 
mehnat resurslari bilan ta’minlanishiga, mehnatni tashkil etish tarziga sezilarli darajada ta’sir etdi. 
Yer tuzishda bu omilni hisobga olish juda ahamiyatli. 


54 
Amaliyot ko‘rsatadiki, yer maydoni birligiga aholi zichligi va qishloqlar soni katta bo‘lgan 
xo‘jaliklar ko‘p mahsulot yetishtiradi, mehnatni ko‘p talab qiladigan ekinlarni yetishtirish 
uchun, ayniqsa ish qistov davrlarda, yaxshi sharoitlarga ega bo‘ladi, yerdan intensivroq 
foydalaniladi. 
Aholi tarqoq joylashgan, mehnat resurslari yetishmaydigan korxonalarda asosiy e’tiborni fermer 
va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etishga, mehnatni tashkil etishning yangi shakllarini joriy etishga
oilaviy pudratga, ijaraga, mehnat unumdorligini oshirishga, qishloqlarda yashovchilarni 
mustahkamlash uchun ular qanday miqdorda bo‘lishidan qat’iy nazar sharoitlar yaratishga qaratish 
kerak. Barcha vaziyatlarda qishloq oilalarini, asosan, ayrim uy hayvonlari va shaxsiy transport 
vositalari uchun hovlida imoratlari va tomorqa uchastkalari bor, obodonlashtirilgan uylar bilan 
ta’minlashga harakat qilinishi kerak.
Shu maqsadda yer tuzishda mavjud tomorqa yerlari fondidan foydalanish o‘rganiladi, 
imkoniyatlar aniqlanadi, tomorqa yer egaligini, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligini tashkil etishda 
tartib o‘rnatiladi, har xil yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tashkil etish, shaxsiy tomorqa 
xo‘jaliklarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratiladi. 
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tarixiy tarkib topgan qishloq aholi tizimi murakkab masala 
hisoblanadi, uni yechish uchun vaqt va resurslar talab etiladi; shuning uchun aniq choralarni 
ishlashda xo‘jaliklarning, qishloq tumanlarining hududiy sharoitlari, qishloq hayot tarzining 
xususiyatlari, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, unga tabiiy, 
iqtisodiy omillarning, odatlar va an’analarning ta’siri hisobga olinadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin