O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


xo‘jaliklarning mehnat resurslari, qishloq xo‘jalik texnikasi, asosiy va aylanma fondlari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139
Yer tuzish

 
xo‘jaliklarning mehnat resurslari, qishloq xo‘jalik texnikasi, asosiy va aylanma fondlari 
bilan ta’minlanishi, ularning energiya bilan qurollanganligi; 
*
korxonalarning moliyaviy ahvoli, kreditlarni jalb etish imkoniyati, bo‘sh pul 
mablag‘larining mavjudligi.
Yer turlarining tarkibi va maydoni ko‘pchilik hollarda xo‘jaliklarning ixtisosligini, paxta, don, 
yem-xashak, boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishning mumkin bo‘lgan hajmlarini, chorvachilik 
tarmoqlarining joylashishini aniqlaydi. 
Masalan: haydalma yerlarning nisbati yuqori bo‘lsa, paxtachilik va g‘allachilik ishlab 
chiqarishlarini rivojlantirish uchun eng qulay sharoit yaratiladi; bunda birinchi navbatda e’tibor 
to‘g‘ri almashlab ekishlarni joriy etishga qaratiladi. Yaylov va pichanzorlarning katta maydonlarida 
birinchi qatorga ular yerlarini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, hududni yaylov va pichanzor 
almashishlarini, poda, otar va brigada uchastkalarini, navbat bilan mollar boqiladigan uchastkalarni, 
yozgi lagerlarni, mollar haydaladigan yo‘llarni joylashtirish bilan ichki tashkil etish chiqadi. Tabiiy 
yerlar turlarining kichik maydonlarida ozuqa yetishtirish haydalma yerlarga ko‘chadi; buning uchun 
yashil konveyer tashkil etiladi, ozuqa almashlab ekishlari, uzoq vaqt yem-xashak ekinlari 
(makkajo‘xori, ko‘p yillik o‘tlar) ekiladigan almashlab ekishga kirmaydigan uchastkalar joriy etiladi, 
haydalma yerlarda madaniy yaylovlar loyihalanadi va sh.o‘.
Yer tuzish ob’ektlari, asosan davlat tuzumi bilan o‘zaro tashkiliy, texnologik, iqtisodiy 
munosabatlar orqali u yoki bu darajada bog‘langan, har xil texnik jihozlangan, yer va 
mehnat resurslari, asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlangan, qishloq xo‘jaligi va 
boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hisoblanadi.
 
VI BOB 
YER TUZISHDA HISOBGA OLINADIGAN IQTISODIY 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin