53
zaxiralar aniqlanadi. Taxlilda yalpi va tovar mahsulotlari, ishlab chiqarish rentabelligi, foyda,
mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari, boshqa sarflar, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va
boshqa ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yer tuzishda mehnatni tashkil etish darajasi, texnika, asosiy va
aylanma fondlar bilan ta’minlanishi katta ahamiyatga ega. Bu omilni hisobga olish uchun
xo‘jalikning butun mehnat jamoalari (ishlab chiqarish bo‘limlari, brigadalar, pudratchilar) bo‘yicha
ma’lumotlar to‘planadi. Bo‘limlar ixtisosliklari, mehnat jamoalari a’zolarining soni va malakaviy
tarkibi, bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan haydalma yer va boshqa yer turlari maydoni, biriktirilgan
texnikalar turlari, mehnatni tashkil etish shakllari (brigada, oila, ijara pudrati va sh.o‘.) belgilanadi.
Yer tuzish loyihasini ishlashning keyingi bosqichida hududni tashkil etish va xo‘jalikda mehnat
resurslaridan foydalanishni o‘zaro bog‘lash amalga oshiriladi. Yerdan foydalanishda ortiqchalikka
yo‘l qo‘ymaslik uchun almashlab ekishlarni, ozuqa olinadigan yerlarni, daraxtzorlarni ma’lum
jamoalarga biriktirish yoki ularga mulk qilib berish kerak.
Dostları ilə paylaş: