Erkin pul mablag‘lari va boshqa moliyaviy resurslarning (kredit , dotatsiya) mavjudligi qishloq xo‘jalik korxonalarining melioratsiya ishlarini o‘tkazish, ishlab chiqarish qurilishi, hududni injenerlik jihozlash bo‘yicha imkoniyatlarini aniqlaydi. Bu vaziyat bilan ko‘pchilik hollarda yer tuzish yechimlarining, ayniqsa, loyihani hayotga tadbiq etishning birinchi yillarida hamda butun xo‘jalikning kelajakdagi rivojlanishi xarakteri aniqlanadi. Iqtisodiy sharoitlar ikki davr uchun taxlil qilinadi: yer tuzish yilida haqiqatdan mavjud bo‘lgan
va loyihaning to‘la amalga oshirilgan yili uchun hisoblangan.
2. Ijtimoiy sharoitlar Yer tuzishning asosiy maqsadi butun xalq xo‘jaligining, eng avvalo agrosanoat majmuasining
dinamik va samarali rivojlanishini tashkiliy-hududiy jihatdan ta’minlashdan iborat. Bunda qator
muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalar - mehnat unumdorligining o‘sishi, tuproq unumdorligining
qayta tiklanishi, yerlarni muhofaza qilish, yer egaliklari va yerdan foydalanishlar shakllarini
takomillashtirish masalalari qo‘yiladi. Ularni yechish yer tuzish qamrab olgan, ayniqsa qishloq
xo‘jalik korxonalari va tashkilotlari jamoalari faoliyatining ijtimoiy sharoitlarini hisobga olishni
talab etadi.
Yer tuzishda hisobga olinadigan asosiy ijtimoiy sharoitlar jumlasiga quyidagilar kiradi: * mavjud aholi yashash tizimi, aholi zichligi, uning tarkibi, migratsiya jarayonlari dinamikasi; * aholi yashash joylari soni, o‘lchamlari, joylashishi, mo‘ljallangan maqsadi va obodonlashtirilish darajasi, mazkur hududda ijtimoiy infratizimning rivojlanishi; * ishlab chiqarish markazlarining (chorvachilik fermalari, xo‘jalik hovlilari) turlari,